YouVersion Logo
Search Icon

Zabur 57

57
57–SANO
1Ijrochilar rahbariga. “Xarob etma” kuyiga aytiladigan Dovud qoʻshigʻi.
2Ey hukmdorlar! Nahot siz adolatli qaror chiqarasiz?!
Nahot sizlar toʻgʻrilik ila xalqlarni hukm qilasiz?!
3Yoʻq, axir, yuraklaringiz adolatsizlikka toʻla–ku!
Yer yuzida qoʻllaringiz zoʻravonlikni taqsimlaydi–ku!
4Fosiqlar onasining qornidayoq adashadi,
Yolgʻonchilar tugʻilishdanoq yoʻldan ozadi.
5Ularning zahri ilonning zahriga oʻxshaydi.
Kar ilonday quloq solishni ular istamaydi.
6Ilon oʻynatuvchining kuyini ular eshitmaydi,
Uning mahorat bilan chalgan kuyiga beparvo.
7Sindir ularning tishlarini, ey Xudo,
Sugʻurib ol sherlarning qoziq tishlarini, ey Egam!
8Ular oqar suvday yoʻq boʻlib ketsin,
Ularning oʻqlari nishonga tegmaydigan boʻlsin.
9Balchiqqa botib ketgan shilliq qurtday boʻlsin,
Onasi qornidan oʻlik tugʻilib,
Hech qachon quyosh koʻrmagan chaqaloqday boʻlsin.
10Yonayotgan tikan qozonni tez qizdirganday
Fosiqni shunchalik tez supurib yoʻq qilgin.
11Fosiqdan oʻch olinganda, solih sevinadi,
Ularning qonida solih oyoqlarini yuvadi.
12Odamlar aytar: “Shubhasiz, solihga mukofot bordir,
Yer yuzida hukm qiluvchi Xudo albatta bordir.”

Currently Selected:

Zabur 57: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in