Zabur 56
56
56–SANO
  1Ijrochilar rahbariga. Dovudning Shouldan qochib yurgan paytda gʻorda yashirinib qutulganidan keyin#56:1  …gʻorda yashirinib qutulganidan keyin… — 1 Shohlar 24:1-22 ga qarang. aytgan qoʻshigʻi. “Xarob etma” kuyiga aytiladi.
  2Ey Xudo, rahm qilgin menga, rahm qil,
Mening jonim Senda panoh topadi.
Halokatli ofatlar oʻtib ketguncha
Men qanotlaring soyasida panoh topaman.
  3Yolvoraman Xudoyi Taologa,
Men uchun qasos oluvchi Xudoga#56:3  …Men uchun qasos oluvchi Xudoga — yoki …Hayotim uchun Oʻz maqsadini amalga oshiradigan Xudoga yoxud …Menga ezgulik qiladigan Xudoga..
  4Samodan najot yuborib, U meni qutqaradi,
Meni toptaydiganlarni sharmanda qiladi.
Xudo Oʻz sevgiyu sadoqatini yuboradi.
  5Men odamxoʻr sherlar#56:5  sherlar — sano ijodkorining dushmanlariga ishora qilayotgan koʻchma maʼnodagi soʻz. orasida yotgandayman.
Ularning tishlari nayzayu oʻq kabidir,
Ularning tillari keskir qilichdaydir.
  6Ey Xudo, falakdan ham yuqorida yuksalaver!
Shuhrating butun zamin uzra yoyilsin.
  7Dushmanlarim oyoqlarimga tuzoq qoʻygan,
Qaygʻu–kulfatdan ruhim choʻkkan.
Ular soʻqmoqlarimda chuqur qazidi,
Oʻzlari qazigan chuqurga oʻzlari quladi.
  8Ey Xudo, yuragim Senga sodiq,
Ha, yuragim Senga sodiqdir!
Seni kuylab, qoʻshiq aytaman.
  9Uygʻongin, ey jonim!
Uygʻon, ey arfa, lira!
Tongni ham men uygʻotaman!
  10Ey Rabbiy, xalqlar orasida Senga shukrona aytaman,
Ellar orasida Senga hamdu sano kuylayman.
  11Sodiq sevging samolarday yuksakdir,
Sadoqating bulutlarga choʻzilgandir.
  12Ey Xudo, falakdan ham yuqorida yuksalaver!
Shuhrating butun zamin uzra yoyilsin.
      Currently Selected:
Zabur 56: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

