Zabur 47
47
47–SANO
1Koʻrax naslining#47:1 Koʻrax nasli — 41:1 ning birinchi izohiga qarang. sanosi. Qoʻshiq.
2Egamiz buyukdir!
Egamiz Oʻz shahrida,
Ha, Oʻzining muqaddas togʻida#47:2 Oʻzining muqaddas togʻi — Quddusdagi Sion togʻiga ishora. 47:3 ning ikkinchi izohiga qarang.
Madhiyalarga loyiqdir!
3Xudoning muqaddas togʻi yuksak va goʻzaldir,
Butun yer yuziga shodlik olib keladir!
Buyuk Shohning shahridagi,
Uning shimolidagi#47:3 Buyuk Shohning shahridagi, Uning shimolidagi… — yoki Buyuk Shohning shahri boʻlgan, Zofunning buyuk choʻqqilariga oʻxshagan…. Ibroniy tilida odatda Zofun soʻzi “shimol” maʼnosini ifodalab, Sion togʻi Quddus shahrining shimoliy qismida joylashganiga ishora qilayotgan boʻlishi mumkin. Ammo Zofun Isroildan shimolda, Finikiyada joylashgan bir togʻning ham nomidir. Bu hududda yashagan xalqlarning eʼtiqodi va tasavvuriga koʻra, xudolar aynan shu togʻda yigʻilishardi. Baʼzi olimlarning fikri boʻyicha, sano ijodkori bu yerda oʻzining, Xudo Sion togʻida yashaydi, degan ishonchini taʼkidlash uchun bu parchada Zofun togʻiga ishora qilyapti. Sion togʻi!#47:3 Sion togʻi — Quddusdagi Maʼbad qurilgan tepalik Sion togʻi deb atalgan. Eski Ahddagi sheʼriy parchalarda va paygʻambarlar bitiklarida Sion soʻzi koʻpincha Quddus shahriga yoki Xudoning xalqiga nisbatan ishlatilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi SION soʻziga qarang.
4Xudo Quddusning qoʻrgʻoni ichida turadi,
Uning qalʼasi boʻlib, Oʻzini namoyon etgan.
5Shohlar toʻplandilar,
Birgalashib Sion togʻiga qarshi yurdilar.
6Uni koʻrdilar–u, shoshib qoldilar,
Vahimaga tushib, qochib qoldilar.
7Tugʻayotgan xotin tortganday dard
Oʻsha yerda ularni titroq bosdi.
8Sharqdan shamol esib,
Tarshish#47:8 Tarshish — hozirgi Ispaniyaning hududida joylashgan bu bandargoh shahar oʻzining katta va haybatli kemalari bilan mashhur edi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi BANDARGOH soʻziga qarang. kemalarini parchalaganday,
Sen ularni qirib tashlading.
9Xudo nima qilganini biz eshitdik.
Nima eshitgan boʻlsak, endi oʻshani
Xudoyimiz, Sarvari Olamning shahrida koʻrdik.
Bu shaharni Xudo to abad saqlar.
10Ey Xudo, Maʼbading ichida
Sodiq sevging haqida oʻylaymiz.
11Ey Xudo, madhing ham dongʻing kabi,
Yerning toʻrt tomoniga yoyilgan,
Oʻng qoʻling adolat ila toʻlib–toshgan.
12Sening hukmlaringdan
Sion togʻi shod boʻlsin,
Yahudo shaharlari sevinsin!
13Ey Isroil xalqi,
Quddus#47:13 Quddus — ibroniycha matnda Sion. 2:6 izohiga qarang. tevaragida yuring.
Atrofida aylanib,
Uning minoralarini sanab chiqing.
14Sionning istehkomlariga eʼtibor bering,
Uning qoʻrgʻonlariga qarang!
Bularni koʻrib, kelgusi avlodlarga hikoya qiling:
15“Xudo oʻsha istehkomlarga oʻxshaydi.
U to abad bizning Xudoyimizdir,
U to abad bizning yoʻlboshchimiz boʻladi.”
Currently Selected:
Zabur 47: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020