Zabur 43
43
43–SANO
1Ijrochilar rahbariga. Koʻrax naslining#43:1 Koʻrax nasli — 41:1 ning birinchi izohiga qarang. qasidasi#43:1 qasida — 31–sanoning izohiga qarang..
2Ey Xudo, oʻz quloqlarimiz ila eshitganmiz.
Qadimda, ota–bobolarimiz davrida
Qilgan ishlaringni ular bizga aytgan edi.
3Oʻz qoʻling ila quvding begona xalqlarni,
Ularning yurtiga oʻtqazding otalarimizni.
Kulfatga solding begona xalqlarni,
Ozod qilding Sen otalarimizni#43:3 …Ozod qilding Sen otalarimizni — yoki …Sen otalarimizni gullatib–yashnatding yoxud …Sen begona xalqlarni quvib yubording..
4Ular yurtni qilich ila olmadilar,
Oʻz qoʻllari bilan gʻalabaga erishmadilar.
Ular Sening oʻng qoʻling, qudrating,
Sening yuz nuring ila gʻolib boʻldilar.
Zero, Sen ulardan mamnun boʻlganding.
5Sen Shohimsan, Xudoyimsan,
Amr ber, Yoqub nasli gʻolib boʻlsin.
6Sen tufayli dushmanlarimizni yiqitamiz,
Noming ila gʻanimlarimizni ezamiz.
7Ishonib qolmasman men oʻz yoyimga,
Qilichim gʻalaba keltirmas menga.
8Gʻanimlarimiz ustidan bizni gʻolib qilding,
Bizdan nafratlanganlarni sharmanda qilding.
9Ey Xudo, kun boʻyi Sen tufayli maqtandik,
To abad Senga shukronalar aytamiz.
10Endi esa bizni rad qilib, sharmanda qilding,
Lashkarlarimizni boshlab bormayapsan.
11Bizni dushmanlarimiz oldida chekintirding,
Gʻanimlarimiz bizni talon–taroj qildi.
12Bizni qoʻylar kabi yemishga berding,
Xalqlar orasiga bizni yoyib yubording.
13Xalqingni qora chaqaga sotib yubording,
Ularni sotishdan hech naf koʻrmading.
14Qoʻshni xalqlar bizni masxara qiladi,
Sen yoʻl qoʻyib berding.
Atrofimizdagilar bizni haqoratlaydi,
Kulishlariga imkon berding.
15Xalqlar orasida kulgi qilding bizni,
Xalqlar bizni masxaralab, chayqaydi boshini.
16Har doim xijolat boʻlib yuraman,
Sharmandalik yuzimni qoplagan.
17Eshitganimiz masxarayu haqorat!
Koʻrganimiz qasoskor dushman!
18Garchi Seni unutmagan boʻlsak–da,
Garchi ahdingga xiyonat qilmasak–da,
Bu koʻrgiliklar boshimizga tushdi.
19Biz Seni hech qachon tark etmadik,
Sening yoʻllaringdan hech qachon toymadik.
20Ammo chiyaboʻrilar makoniga bizni tashlading,
Zimziyo zulmatga bizni uloqtirding.
21Ey Xudoyimiz, axir, Sening nomingni unutsak,
Qoʻllarimizni begona xudolarga ochsak,
22Ey Xudo, Sen buni bilmasmiding?!
Axir, Sen yurakdagi sirlarni bilasan–ku!
23Sen tufayli har kuni oʻlimga duch kelamiz,
Boʻgʻizlanadigan qoʻyday boʻlib qolganmiz.
24Tursang–chi, nega uxlayotgandaysan, yo Rabbiy?!
Qani, boʻl, bizni to abad rad etmagin.
25Nega bizdan yuz oʻgirasan?!
Boshimizga tushgan kulfatu zulmni unutasan?!
26Biz agʻnatilganmiz tuproqqa,
Tanamiz yopishib qolgandir yerga.
27Qani, kel, bizga madad ber,
Sodiq sevging haqi bizni qutqar.
Currently Selected:
Zabur 43: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020