Zabur 40
40
40–SANO
1Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi.
2Baxtlidir bechorani oʻylaydiganlar,
Kulfatda qolganlarida Egamiz ularni qutqaradi.
3Egamiz ularni himoya qiladi, hayotini asraydi,
Ular yurtdagi baxtlilardan hisoblanadi,
Egamiz ularni dushmanlari ixtiyoriga topshirmaydi.
4Toʻshakka mixlanib qolsa,
Egamiz parvarish qiladi,
Xastaligiga Egamiz shifo beradi.
5Shunday iltijo qildim Senga:
“Ey Egam, shafqat qil menga,
Gunoh qildim Senga, shifo bergin.”
6Dushmanlarim yovuz niyat ila shunday deydi:
“Qachon oʻlar ekan u, nomi ham qachon oʻcharkan?”
7Ular meni koʻrgani kelganda,
Yolgʻon–yashiq gaplarni gapiradi.
Yuraklarida esa fisqu fasod tugib,
Tashqariga chiqadi–da,
Hamma joyda yoyib yuradi.
8Mendan nafratlanganlarning hammasi
Menga zarar berishni reja qilishadi,
Birlashib, men haqimda pichir–pichir qilishadi:
9“Ogʻir xastalikka chalingan u,
Toʻshagidan qaytib tura olmaydi.”
10Hatto nonimni yegan yaqin, ishongan doʻstim,
Menga qarshi bosh koʻtargan.
11Sen esa, ey Egam, menga rahm qil,
Meni oyoqqa turgʻaz.
Qilmishlariga yarasha dushmanlarimga qaytaray.
12Dushmanlarim ustimdan gʻolib kelmasa,
Mendan mamnun boʻlganingni bilaman.
13Toʻgʻriligim uchun meni saqlaysan,
Huzuringda to abad meni oʻtqazasan.
14Olqishlar boʻlsin abadulabad
Isroil xalqining Xudosi — Egamizga!
Omin! Omin!
Currently Selected:
Zabur 40: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020