Zabur 4
4
4–SANO
1Ijrochilar rahbariga. Torli asboblar joʻrligida aytiladigan Dovud sanosi.
2Ey mening odil Xudoyim!
Iltijo qilganimda javob ber!
Kulfatda qolganimda meni ozod qilding.
Menga shafqat qilib, ibodatimni eshit.
3Ey insonlar, qachongacha shaʼnimni yerga urasiz?!
Qachongacha puch soʻzlarga koʻngil bogʻlaysiz?!
Qachongacha yolgʻonlarni izlab yurasiz?!#4:3 Ey insonlar, qachongacha…yolgʻonlarni izlab yurasiz?! — yoki Ey insonlar, qachongacha mening ulugʻvor Xudoyimni kamsitasiz?! Qachongacha arzimas narsalarga koʻngil qoʻyasiz?! Soxta xudolarni izlab yurasiz?!
4Unutmangki, Egamiz Oʻzi uchun tanlaydi taqvodorni,
Iltijo qilganimda, Egamiz eshitadi meni.
5Hatto gʻazablanganingizda ham gunoh qilmang#4:5 Hatto gʻazablanganingizda ham gunoh qilmang… — yoki Qoʻrquvdan titrang, gunoh qilmang….,
Tunda yotganingizda oʻylang, sukut saqlang.
6Munosib qurbonliklar keltiring,
Umidingizni Egamizga bogʻlang.
7Koʻp odamlar aytadi:
“Yaxshi zamonlarni kim bizga koʻrsatadi?!” deb.
Ey Egam, jamoling bizga nurlarini sochsin!
8Don va sharobi moʻl boʻlganlar quvonadi,
Sen yuragimga undan ham koʻproq shodlik berding.
9Yotganimda xotirjam uxlayman,
Ey Egam, yolgʻiz Sen meni omon saqlaysan.
Currently Selected:
Zabur 4: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: