Zabur 3
3
3–SANO
1Oʻgʻli Absalomdan qochib ketgandan keyin#3:1 Oʻgʻli Absalomdan qochib ketgandan keyin… — 2 Shohlar 15:13-17:22 ga qarang. Dovudning aytgan sanosi.
2Ey Egam! Gʻanimlarim naqadar koʻpdir!
Menga qarshi qoʻzgʻalganlar qanchalar koʻpdir!
3Koʻplar men haqimda:
“Xudodan unga najot yoʻq”, deb aytadilar.
4Ey Egam, Mening qalqonimsan!
Shuhratim Sensan!
Sen boshimni yuksaltirasan.
5Egamizdan madad soʻrab qilaman faryod,
Muqaddas tepaligidan#3:5 Muqaddas tepaligi — Quddusdagi Sion togʻiga ishora. 47:3 ning ikkinchi izohiga qarang. U menga beradi javob.
6Egamiz meni himoya etgani uchun
Yotib uxlab, yana uygʻonaman.
7Har tomondan meni qurshab turgan
Oʻn minglarcha gʻanimlarimdan qoʻrqmasman.
8Qoʻzgʻalgin, ey Egam!
Najot ber, ey Xudoyim!
Hamma gʻanimlarimning yuzlariga urasan,
Qabihlarning tishlarini sindirasan.
9Ey Egam! Najot Sendan keladi!
Barakalaring xalqingga kelsin!
Currently Selected:
Zabur 3: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020