YouVersion Logo
Search Icon

Zabur 23

23
23–SANO
Dovud sanosi.
1Egamiznikidir zamin, undagi butun borliq,
Olamu unda yashovchi jamiki jonzot.
2U olamni oʻrnatgan dengizlar uzra,
Mustahkam qilgan uni ummonlar uzra#23:2 U olamni oʻrnatgan…ummonlar uzra — qadimda Isroil xalqining tasavvuriga koʻra, yer tep–tekis boʻlib, yer ostida buyuk dengiz bor edi, dengiz tubida oʻrnatilgan ulkan ustunlar yerni ushlab turardi. Bu ustunlar dengiz tubidagi poydevorga tayanardi..
3Kim turishi mumkin Egamizning muqaddas makonida?
Kim chiqishi mumkin Uning tepaligiga?#23:3 Uning tepaligi — Quddusdagi Sion togʻiga ishora. 47:3 ning ikkinchi izohiga qarang.
4Qoʻli halol, qalbi toza insonlar,
Soxta narsalarga koʻngil qoʻymaganlar,
Yolgʻondakam ont ichmaganlar.
5Egamiz ularga baraka beradi,
Najotkor Xudo ularni oqlaydi.
6Egamizga yuz burgan jamoa oʻshandaydir.
Ha, Xudoga intilgan Yoqub nasli#23:6 …Xudoga intilgan Yoqub nasli… — yoki …Yoqubning Xudosiga intilgan odamlar…. shundaydir.
7Qaddingizni rostlang, ey darvozalar!
Ochilinglar, ey azaliy eshiklar!
Toki kira qolsin ulugʻvor Shoh!
8U ulugʻvor Shoh kim ekan?
Janglarda gʻolib boʻlgan,
Kuchli, qudratli Egamiz Shohdir!
9Qaddingizni rostlang, ey darvozalar!
Ochilinglar, ey azaliy eshiklar!
Toki kira qolsin ulugʻvor Shoh!
10U ulugʻvor Shoh kim ekan?
Sarvari Olamning Oʻzi ulugʻvor Shohdir.

Currently Selected:

Zabur 23: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in