Zabur 22
22
22–SANO
Dovud sanosi.
1Egam mening choʻponimdir,
Men muhtojlik koʻrmasman aslo.
2Yam–yashil yaylovlarda U menga orom beradi,
Sokin irmoqlar boʻyida U meni yetaklaydi.
3U menga qayta kuch baxsh etadi.
Oʻzining nomi haqi–hurmati
Meni toʻgʻri yoʻlga boshlaydi.
4Ey Egam!
Hatto zulmat vodiysida#22:4 zulmat vodiysi — yoki oʻlim vodiysi zulmati. yursam ham,
Xavf–xatardan qoʻrqmayman,
Axir, Sen men bilan birgasan.
Sening choʻpon tayogʻing#22:4 tayoq — yovvoyi hayvonlarni haydab yuborish uchun ishlatilgan.,
Xiviching#22:4 Xivich — qoʻylarga yoʻl koʻrsatish, ularni boshqarish va xavfli joylardan qutqarish uchun ishlatilgan. meni himoya qiladi.
5Dushmanlarimning koʻz oʻngida
Men uchun dasturxon tuzaysan.
Boshimga moy surtib,
Sen meni hurmat bilan kutib olasan.
Kosamni lazzatli neʼmatlarga lim–lim toʻldirasan.
6Umrim boʻyi Sening mehr–shafqating izimdan yuradi,
Ey Egam, Sening uying to abad mening maskanim boʻladi.
Currently Selected:
Zabur 22: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: