Zabur 20
20
20–SANO
1Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi.
2Ey Egam! Sening qudrating tufayli shoh quvonadi,
Sen bergan zafarlardan u naqadar lazzatlanar!
3Koʻnglidagi istaklarini roʻyobga chiqarding,
Uning tilaklarini rad qilmading.
4Ulugʻ barakani unga ato qilding,
Uning boshiga sof oltin toj kiygizding.
5Sendan umr soʻraganda, umr berding,
Uzoq hamda boqiy umr baxsh etding.
6Shohning shuhrati Sen bergan zafarlar tufayli ulugʻdir,
Unga dabdaba, ulugʻvorlik ato qilgan Sensan.
7Sen to abad unga baraka berasan,
Unga juda yaqin boʻlib,
Uni shodlikka toʻldirasan.
8Egamizga shohimiz umid bogʻlaydi,
Xudoyi Taoloning sodiq sevgisi tufayli
U hech qachon qoqilmaydi.
9Ey shohimiz, qoʻling barcha dushmanlaringni magʻlub qiladi,
Ha, oʻng qoʻling sendan nafratlanganlarni magʻlub qiladi.
10Sen zohir boʻlganing zamon
Qizigan tandirday ularni yondirasan.
Egamiz Oʻz gʻazabi bilan ularni yutib yuboradi,
Alanga ularni yondirib tashlaydi.
11Ey shohimiz, ularning naslini
Yer yuzidan qirib tashlaysan,
Zurriyotini insoniyat orasidan yoʻqotasan.
12Dushmanlaring senga qarshi yomonlikni reja qilsalar,
Ular senga qarshi fitna qoʻzgʻasalar,
Hech narsaga erisha olmaydilar.
13Kamoningdan ularga oʻqlar otasan,
Ortiga qochishga majbur qilasan.
14Oʻz qudrating tufayli yuksalaver, ey Egam,
Qudratingni kuylab, hamdu sano aytamiz.
Currently Selected:
Zabur 20: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

:
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020