YouVersion Logo
Search Icon

Zabur 2

2
2–SANO
1Nega quturadi xalqlar?!
Nega behuda fitna qilar elatlar?!
2Zamin shohlari Egamizga
Va U tanlagan shohga qarshi saf tortadilar.
Hukmdorlar fitna qoʻzgʻab, shunday deydilar:
3“Sindiraylik ular solgan kishanlarni,
Olib tashlaylik boʻynimizdan sirtmoqlarni.”
4Samoda hukmron boʻlgan Rabbiy esa
Ularni masxaralab, ustidan kuladi.
5Rabbiy gʻazab bilan ularni ogoh etadi,
Qahrini sochib, vahimaga solib aytadi:
6“Men Sionga#2:6 Sion — Eski Ahddagi sheʼriy parchalarda va paygʻambarlar bitiklarida Sion soʻzi koʻpincha Quddus shahriga yoki Xudoning xalqiga nisbatan ishlatilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi SION soʻziga qarang., Oʻzimning muqaddas tepaligimga
Oʻz shohimni joylashtirdim.”
7Egamizning soʻzlarini shoh eʼlon qilmoqda:
“Egamiz menga shunday dedi:
«Sen Mening oʻgʻlimsan,
Bugun Men senga ota boʻldim#2:7 …Sen mening oʻgʻlimsan, Bugun Men senga ota boʻldim — qadimgi paytlarda baʼzan shohanshoh va uning qoʻli ostidagi boshqa bir shoh orasidagi munosabat ota–oʻgʻil munosabatiday tasvirlangan. Ushbu oyatda Dovud naslidan boʻlgan, toj kiydirilgan yangi shoh Xudoning oʻgʻli deb aytilgan. Shohanshoh Xudo esa bu oyatda oʻsha shohning otasi sifatida tasvirlangan. 2 Shohlar 7:8-16, Zabur 88:20-30 ga qarang..
8Tila, xalqlarni senga mulk qilib beraman,
Yerning toʻrt tomoni seniki boʻladi.
9Temir xivchin ila ularni urib ezasan#2:9 …ularni urib ezasan… — ibroniycha matndan. Qadimiy yunoncha tarjimada …ularni boshqarasan….,
Sopol koʻzani sindirganday ularni parchalaysan.»”
10Ey shohlar! Endi aql bilan ish qiling.
Ey zamin hukmdorlari! Ogoh boʻling.
11Qoʻrquv ila Egamizga sajda qiling!
Vahima ila tavba qiling!#2:11 Vahima ila tavba qiling! — yoki Titrab, shod boʻling!
12Uning oʻgʻliga#2:12 Uning oʻgʻli — shu sanoning 7–oyatiga va oʻsha oyatning izohiga qarang. taʼzim qiling,
Boʻlmasa U gʻazablanadi,
Yoʻlingizda yoʻq boʻlib ketasiz,
Uning gʻazabi tez alanga oladi.
Naqadar baxtlidir Unda panoh topganlar!

Currently Selected:

Zabur 2: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in