Zabur 19
19
19–SANO
1Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi.
2Kulfatda qolganingda, Egamiz senga javob bersin,
Bobomiz Yoqubning Xudosi seni tinch–omon saqlasin.
3Muqaddas maskanidan U senga madad yuborsin,
Quddusdan#19:3 Quddus — ibroniycha matnda Sion. 2:6 izohiga qarang. U senga tayanch boʻlsin.
4U sening hamma nazrlaringni yodda tutsin,
Kuydirilgan qurbonliklaringni qabul etsin.
5Koʻngling istaganini Egamiz senga inʼom qilsin,
Hamma rejalaringni roʻyobga chiqarsin.
6Shunda biz zafaringni sevinch ila kuylaymiz,
Xudoyimiz nomi bilan bayroqlar oʻrnatamiz,
Hamma iltijolaringni Egamiz roʻyobga chiqarsin.
7Bilaman, Egamiz Oʻzi tanlagan shohga najot beradi,
Egamiz muqaddas samosidan unga javob beradi,
Egamiz oʻng qoʻli bilan unga buyuk gʻalaba ato qiladi.
8Baʼzilar jang aravalariga ishonadi,
Baʼzilar otlari bilan maqtanadi,
Biz esa Egamiz Xudoga ishonamiz.
9Ular holsizlanib yiqiladilar,
Biz esa kuchayib qad rostlaymiz.
10Ey Egam, shohimizga ato qilgin gʻalaba,
Iltijo qilganimizda, javob bergin bizga#19:10 Ey Egam…javob bergin bizga — yoki Ey Egam, ato qilgin gʻalaba. Ey Shohimiz, iltijo qilganimizda, javob bergin bizga..
Currently Selected:
Zabur 19: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020