Zabur 109
109
109–SANO
Dovud sanosi.
1Egamiz aytmoqda Rabbimga#109:1 Rabbim — ibroniycha matnda adon. Bu oʻrinda adon soʻzi Xudo tanlagan shohga ishora qiladi. Mazkur sanoda Dovud oʻzining avlodi va kelajak shoh haqida bashorat qilgan. Oʻsha shoh ruhoniy ham boʻladi va Xudoning oʻng tomonida oʻtirib, abadiy hukmronlik qiladi (shu sanoning 4–oyatiga va 2 Shohlar 7:16, 23:2-5 ga qarang).:
“Dushmanlaringni oyoqlaring ostiga poyandoz qilmagunimcha,
Sen Mening oʻng tomonimda#109:1 Mening oʻng tomonim — oʻng tomon muruvvat va baraka oʻrni deb hisoblangan. oʻtirgin.”
2Ey Rabbim! Egamiz Sening hukmronligingni
Quddusdan#109:2 Quddus — ibroniycha matnda Sion. 2:6 izohiga qarang. boshlab kengaytirar!
Dushmanlaring oʻrtasida Sen hukmronlik qil!
3Sen jang qiladigan kunda
Jangchilaring oʻz xohishi bilan maydonga chiqadi.
Erta tong yosh yigitlaring
Shabnam kabi atrofingda toʻplanadi,
Ular muqaddas ulugʻvorlikka burkangan#109:3 Erta tong yosh yigitlaring…Ular muqaddas ulugʻvorlikka burkangan — yoki Siz muqaddas ulugʻvorlikka burkangansiz, sizning kuch–qudratingiz tonggi shabnamga oʻxshab har kuni yangilanib turadi. Ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Bachadondan, sahardan sizda yoshligingiz shabnami bor yoki …yigitlaringizning shabnami bor..
4Egamiz ont ichgan, qarorini oʻzgartirmas:
“Sen Maliksidiq singari,
To abad ruhoniysan.”#109:4 “Sen Maliksidiq singari, To abad ruhoniysan” — Dovud nasli, Maliksidiq singari, ham shoh, ham ruhoniy boʻladi (Ibtido 14:18-20 ga qarang). Horun va uning nasliga berilgan martabaga qaraganda, bu ruhoniylik martabasi yuksak edi (Ibroniylar 7:1-28 ga qarang).
5Ey Xudo, Rabbim oʻng tomoningda oʻtirar,
Gʻazablangan kunda shohlarni ezib tashlar.
6U xalqlarni hukm etib, jasadlarini uyum qilar,
Butun yer yuzidagi hukmdorlarni ezib tashlar.
7Yoʻl boʻyidagi irmoqdan suv ichar,
Kuchga toʻlib, gʻolib boʻlib turar.
Currently Selected:
Zabur 109: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: