Zabur 107
107
107–SANO
1Dovud sanosi. Qoʻshiq.
2Ey Xudo, yuragim Senga sodiq,
Jonim boricha Seni kuylab, qoʻshiq aytaman.
3Uygʻon, ey arfa, lira!
Tongni ham men uygʻotaman!
4Ey Egam, xalqlar orasida Senga shukrona aytaman,
Ellar orasida Senga hamdu sano kuylayman.
5Sodiq sevging samolardan ham yuksakdir,
Sadoqating bulutlardan ham balanddir.
6Ey Xudo, falakdan ham yuqorida yuksalaver!
Shuhrating butun zamin uzra yoyilsin.
7Oʻng qoʻling ila gʻalaba ato qilgin,
Iltijoimga javob bergin,
Suyukli bandalaring najot topsin.
8Ey Xudo, Oʻz muqaddas makoningdan vaʼda bergansan#107:8 …Oʻz muqaddas makoningdan vaʼda bergansan… — yoki …Sen muqaddassan, vaʼda bergansan….:
“Shodlanib Shakamni#107:8 Shakam — Quddusdan qariyb 50 kilometr shimolda, Isroil tepaliklarida joylashgan shahar. boʻlib tashlayman,
Suxot vodiysini#107:8 Suxot vodiysi — Iordan daryosining sharq tomonida joylashgan. taqsimlab beraman.
9Gilad Menikidir, Manashe#107:9 Gilad…Manashe… — Gilad oʻlkasi Iordan daryosining sharq tomonida joylashgan. Manashe Isroil xalqining qabilalaridan biri boʻlib, bu qabilaning hududi Iordan daryosining sharq va gʻarb tomonida joylashgan edi. Menikidir,
Efrayim dubulgʻamdir, Yahudo#107:9 …Efrayim…Yahudo… — Isroil xalqining ikkita yetakchi qabilasi. Efrayim Isroilning shimolida, Yahudo janub tomonida joylashgan edi. Ikkala qabila ramziy maʼnoda butun Isroil xalqini ifoda etadi. saltanat hassamdir.
10Moʻab Mening qoʻlyuvgichimdir,
Edom uzra chorigʻimni otaman#107:10 …chorigʻimni otaman… — qadimgi Isroilda kimdir yerdan bir qismini mulk qilib olishga daʼvogarlik qilganda chorigʻini otgan, shu ramziy xatti–harakat odat boʻlib qolgan.,
Filistlar#107:10 Moʻab…Edom…Filistlar… — Isroilning sharq, janub va gʻarbidagi qoʻshni xalqlar boʻlib, ular Isroilga dushman edilar. Moʻab yurti Oʻlik dengizning sharqida, Edom yurti Oʻlik dengizning janubida joylashgan edi. Filistlar Oʻrta yer dengizi boʻyida yashagan. uzra zafar ila hayqiraman.”
11Ey Xudo, qaniydi mustahkam shaharga#107:11 mustahkam shahar — Edom yurtining poytaxti Sela nazarda tutilgan boʻlishi mumkin. meni olib borsalar,
Edomga meni boshlab borsalar.
12Axir, bizni Oʻzing rad etding–ku!
Endi lashkarimizga yoʻlboshchilik qilmayapsan–ku!
13Dushmandan qutqarib, bizga yordam ber,
Insonning yordami butunlay behuda.
14Ey Xudo, Sen bilan biz gʻolib boʻlamiz,
Dushmanlarimizni Sen yanchib tashlaysan.
Currently Selected:
Zabur 107: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: