YouVersion Logo
Search Icon

Zabur 1

1
1–SANO
1Shunday insonlar saodatlidir:
Ular fosiqlar maslahatiga yurmaydi,
Gunohkorlar yoʻlida ular turmaydi,
Mazaxchilar orasida oʻtirmaydi.
2Ha, ular Egamizning qonunidan zavq oladi,
Tunu kun taʼlimotining magʻzini chaqadi.
3Unday insonlar oqar suv boʻyiga oʻtqazilgan
Daraxtlarga oʻxshaydi.
Ular oʻz mavsumida mevasini beradi,
Barglari aslo qurimaydi.
Ular neki qilsa, muvaffaqiyatga erishadi.
4Fosiqlar esa bunday emaslar,
Shamolda toʻzgʻib ketadigan somonga oʻxshaydi.
5Hukmda fosiqlar oqlana olmaydi,
Solihlar jamoasidan gunohkorlar joy ololmaydi.
6Egamiz solihning yoʻlini qoʻriqlaydi,
Fosiqning yoʻli halokatga yetaklaydi.

Currently Selected:

Zabur 1: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in