Sahroda 5
5
5–BOB
Qarorgohni bulgʻaydigan odamlar
1Musoga Egamiz aytdi: 2“Isroil xalqiga buyur. Ular teri kasalligiga#5:2 teri kasalligi — bu ibora ibroniychada har xil teri kasalliklariga nisbatan ishlatilgan soʻzning tarjimasidir. Odatda bu ibora moxov kasalligiga ishora deb tushuniladi. Teri kasalliklaridan birortasiga yoʻliqqan kishi harom hisoblanar edi. Xasta odam kasalligini boshqalarga yuqtirmasligi va ularni harom qilmasligi uchun, boshqalardan ajratib qoʻyilar edi (Levilar 13:45-46 ga qarang). chalinganlarni, jinsiy aʼzosidan ajralma chiqqanlarni, murdalarga tegib harom boʻlganlarni qarorgohdan chiqarib yuborishsin. 3Erkagini ham, ayolini ham qarorgohdan tashqariga chiqarib yuborishsin. Ularning dastidan qarorgoh harom boʻlmasin. Axir, Men xalqim orasida yashayman.”
4Isroil xalqi Egamizning Musoga bergan amrini ado etib, oʻshanaqa odamlarni qarorgohdan chiqarib yubordi.
Tovon toʻlash haqida qonun
5-6Muso orqali Isroil xalqiga Egamiz quyidagi qonunlarni berdi: Egamizga xiyonat qilgan, birodariga firib bergan har qanday erkak yoki ayol aybdor hisoblansin. 7Bunday odam qilgan gunohini tan olsin. Jabr chekkan tomonga keltirgan zarari uchun tovon toʻlasin, buning ustiga, tovonning beshdan bir qismini ham qoʻshib bersin. 8Bordi–yu, jabr chekkan odam vafot etgan boʻlsa va uning yaqin qarindoshi boʻlmasa, zararni qoplash uchun toʻlanadigan tovon Egamizga bagʻishlanib, ruhoniyga berilsin. Aybdor tomon tovon bilan birga bir qoʻchqorni olib kelsin. Ruhoniy qoʻchqorni qurbonlik qilib, aybdor tomonni gunohdan poklasin.
9Isroil xalqi Egamizga atab, ruhoniyga olib kelgan har qanday ehson ruhoniyniki hisoblansin. 10Ruhoniy qabul qilib olgan hamma ehsonlar ruhoniyning oʻziga tegishli boʻlsin.
Rashk qilgan erlar masalasi
11-12Muso orqali Isroil xalqiga Egamiz quyidagi qonunlarni berdi: agar birontasining xotini yomon yoʻlga kirib, eriga xiyonat qilsa, 13begona erkak bilan yotib oʻzini bulgʻasa–yu, uni hech kim tutib olmasa, bunga biror guvoh boʻlmagani uchun erining bundan xabari boʻlmasa, 14keyinchalik eri xotinidan shubhalana boshlasa, xotini oʻzini bulgʻamagan taqdirda ham, eri undan shubhalanib, rashk qilsa, 15er xotinini ruhoniy huzuriga yetaklab borsin. Xotini uchun toʻrt kosa#5:15 toʻrt kosa — ibroniycha matnda efaning oʻndan bir qismi, taxminan 2 litrga toʻgʻri keladi. arpa unini nazr qilib olib borsin. Arpa uniga zaytun moyi yoki xushboʻy tutatqi qoʻshilmasin. Bu nazr ayol aybdor yoki aybdor emasligini bilish uchun keltirilayotgan rashk nazridir.
16Ruhoniy ayolni yetaklab, Egamiz huzuriga olib kirsin. 17Soʻng muqaddas suvni sopol idishga quysin–da, Muqaddas chodirning ichidagi yerdan tuproq olib, suvga qoʻshsin. 18Ayolni ruhoniy Egamiz huzuriga olib kirgandan soʻng, ayolning sochini yoysin. Uning qoʻliga rashk uchun keltiriladigan don nazrini tutqizib qoʻysin. Ruhoniyning oʻzi esa qoʻlida laʼnat keltiradigan achchiq suvni ushlab tursin. 19Ruhoniy ayolga qasam ichtirib, unga shunday soʻzlarni aytsin: “Agar sen begona erkak bilan yotmagan boʻlsang, bulgʻanmagan, eringga xiyonat qilmagan boʻlsang, mana shu laʼnat keltiradigan achchiq suv senga hech qanday zarar yetkazmasin. 20Agar eringga xiyonat qilib, bulgʻangan boʻlsang, eringdan boshqa odam bilan yotgan boʻlsang, 21odamlar kimnidir laʼnatlaganda, Egam sening nomingni laʼnatga qoʻshib aytadigan qilsin. Egam seni bola tugʻa olmaydigan qilib qoʻysin#5:21 …seni bola tugʻa olmaydigan qilib qoʻysin — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi …sonlaringni quritsin, qorningni shishirsin. Koʻp olimlarning sharhlashicha, bu ibroniycha iboraning maʼnosi — bolang tushib qolsin yoki bolang oʻlik tugʻilsin degani (shu bobning 22, 27–oyatlarida ham bor).. 22Oʻsha laʼnat keltiradigan suv ichingga kirganda, seni tugʻa olmaydigan qilib qoʻysin.”
Shunda ayol: “Omin, omin”, deb aytsin.
23Soʻng ruhoniy laʼnat soʻzlarini qogʻozga yozib, uni achchiq suvda yuvsin. 24Toki ayol oʻsha suvni ichganda, laʼnat uning tanasiga kirib azob bersin. 25Ruhoniy ayolning qoʻlidan rashk uchun keltirilgan don nazrini olib, bu nazrni Egamizga bagʻishlaganini koʻrsatish uchun yuqoriga koʻtarsin, soʻng qurbongohga olib borsin. 26Don nazrining bir hovuchini qurbongoh ustida kuydirsin. U bunday qilganda hamma un Xudoga tegishli ekanini bildiradi. Keyin ayolga achchiq suvdan ichirsin. 27Agar ayol eriga xiyonat qilib bulgʻangan boʻlsa, laʼnat keltiruvchi achchiq suv uning ichiga kirgach, qattiq azob beradi. Ayol bola tugʻa olmaydigan boʻlib qoladi. Oʻsha ayol oʻz xalqi orasida laʼnati boʻladi. 28Agar ayol bulgʻanmagan, pok boʻlsa, hech qanday zarar koʻrmaydi, bundan keyin ham farzand koʻrishga qodir boʻladi. 29Rashk haqidagi qonun ana shulardan iboratdir.
Xullas, xotin eriga vafo qilmay, yomon yoʻlga kirib bulgʻanganda 30yoki eri xotinini rashk qilib, undan shubhalana boshlaganda, er xotinini Egamizning huzuriga boshlab kelsin. Ruhoniy esa yuqoridagi qonunga binoan ish tutsin. 31Oʻshanda er gunohdan forigʻ boʻladi, ayol esa qilgan gunohi uchun jazosini tortadi.
Currently Selected:
Sahroda 5: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: