Sahroda 4
4
4–BOB
Levi qabilasidan boʻlgan Qohot urugʻining burchlari
1Muso bilan Horunga Egamiz yana dedi: 2“Endi Levi qabilasidan boʻlgan Qohot avlodini urugʻi va xonadoni boʻyicha sanab chiq. 3Uchrashuv chodirida xizmat qilishga yaroqli, oʻttiz yoshdan ellik yoshgacha boʻlganlarni sana. 4Qohot urugʻining xizmati Uchrashuv chodirining eng muqaddas ashyolari bilan bogʻliq boʻladi.
5Yoʻlga chiqqaningizda, Horun va uning oʻgʻillari Chodirga kirib, Ahd sandigʻini toʻsib turadigan ichki pardani yechishsin. Oʻsha parda bilan Sandiqni#4:5 Sandiq — ibroniycha matnda Guvohlik sandigʻi, Ahd sandigʻining yana bir nomi. Ibroniycha matndagi iboraning guvohlik soʻzi oʻnta amr yozilgan ikkita tosh lavhaga ishora qiladi. Ikkala tosh lavha Sandiqning ichida saqlanib, Xudo va Uning xalqi oʻrtasida tuzilgan ahdning dalili, yaʼni toshga bitilgan guvohlik boʻlib xizmat qilardi. yopishsin. 6Soʻng uning ustidan yumshoq teridan#4:6 yumshoq teri — yuqori sifatli, oshlangan teri nazarda tutilgan boʻlishi mumkin. qilingan yopinchiq tashlashsin. Yopinchiq ustidan esa sidirgʻa koʻk choyshab tashlashsin. Soʻng xodalarni joy–joyiga oʻrnatishsin. 7Keyin muqaddas nonlar#4:7 muqaddas nonlar — bu nonlar Egamizning Muqaddas chodirda zohir boʻlishini aks ettiruvchi timsol boʻlib, Xudo Isroil xalqining qudrati va taʼminlovchisi ekanligidan darak berib turgan. Nonlar Chodirdagi maxsus xontaxtaga qoʻyilib, har Shabbat kuni yangi pishirilgan nonlar bilan almashtirib turilgan (Levilar 24:5-9 ga qarang). qoʻyiladigan xontaxtaga koʻk choyshab toʻshashsin. Xontaxtaga lagan, piyola, sharob nazr qilish uchun kosa va koʻzalar qoʻyishsin. Xontaxta ustida muqaddas nonlar doimo tursin. 8Bu narsalarning ustidan qirmizi choyshab tashlashsin. Keyin yumshoq teridan qilingan yopinchiq bilan yopib, xodalarni joy–joyiga oʻrnatishsin. 9Soʻng koʻk choyshab bilan chiroqpoyani, uning moychiroqlarini, qisqichlarini, patnislarini va zaytun moyi solingan hamma idishlarini yopib qoʻyishsin. 10Soʻng bularning ustidan yumshoq teridan qilingan yopinchiq bilan yopib, zambilga solishsin. 11Oltin qurbongoh ustiga koʻk choyshab tashlab, uning ustini yumshoq teridan qilingan yopinchiq bilan yopishsin va xodalarni joy–joyiga oʻrnatishsin. 12Keyin Muqaddas xonada ishlatiladigan buyumlarni olib, koʻk choyshab ustiga qoʻyishsin. Soʻng ustini yumshoq teridan qilingan yopinchiq bilan yopib, zambilga solishsin. 13Bronza qurbongohni kuldan tozalab, uni safsar rangdagi choyshab bilan yopishsin. 14Soʻng qurbongohda ishlatilgan hamma buyumlarni — olovkurak, sanchqi, kurak, togʻorachalarni qurbongoh ustiga qoʻyishsin. Yumshoq teridan qilingan yopinchiq bilan qurbongohni yopib, xodalarni joy–joyiga oʻrnatishsin. 15Horun va uning oʻgʻillari Muqaddas chodirdagi jihozlarni va buyumlarni yopib boʻlganlaridan keyin, yoʻlga chiqish vaqti boʻlganda, Qohot urugʻi bu ashyolarni koʻtarib borsin. Lekin ular bu muqaddas ashyolarga qoʻl tekkizmasin, aks holda, ular oʻladilar. Demak, Qohot urugʻi Uchrashuv chodiridagi ashyolarni koʻtarib boradi.
16Ruhoniy Horun oʻgʻli Elazar chiroqpoya uchun zaytun moyi, xushboʻy tutatqi, kundalik don nazri va muqaddas qiladigan moyga#4:16 muqaddas qiladigan moy — zaytun moyi va ziravorlarning maxsus aralashmasidan tayyorlanib, faqat ruhoniylar tomonidan diniy marosimlarni ado etish uchun ishlatilgan (Chiqish 30:22-33 ga qarang). masʼul boʻladi. Xullas, butun Muqaddas chodir va u yerdagi hamma narsalar, muqaddas jihozlar va buyumlar Elazar nazorati ostida boʻladi.”
17Egamiz Muso bilan Horunga yana dedi: 18“Levi qabilasi orasidan Qohot urugʻining qirilib ketishiga yoʻl qoʻymanglar. 19-20Qohot urugʻidan boʻlgan har bir odamga xizmat vaqtida nima qilishini va nimani koʻtarib borishini Horun va uning oʻgʻillari aytishsin. Muqaddas ashyolarga bir lahza boʻlsa ham qaragani Qohot urugʻi Chodirga kirmasligi kerak. Shunda Qohot urugʻidagi erkaklar eng muqaddas ashyolarga yaqin kelganlarida, oʻlmay tirik qolishadi.”
Levi qabilasidan boʻlgan Gershon urugʻining burchlari
21Soʻng Musoga Egamiz shunday dedi: 22“Gershon avlodini ham urugʻi va xonadoni boʻyicha sanab chiq. 23Uchrashuv chodirida xizmat qilishga yaroqli, oʻttiz yoshdan ellik yoshgacha boʻlganlarini sana. 24Gershon urugʻining xizmati va koʻtaradigan yuklari quyidagilardan iborat boʻladi:
25Ular Muqaddas chodirning ichki qavatini, Chodirning qoplamasi va yumshoq teridan qilingan tashqi qoplamani, Chodirga kiraverishdagi pardani, 26Chodir bilan qurbongoh atrofini toʻsib turadigan pardalarni, hovliga kiraverishdagi pardani va unga tegishli arqonlar va hamma buyumlarni koʻtarib borishlari lozim.
Bu ashyolar bilan aloqador ishlarning hammasini Gershon urugʻi bajarsin. 27Horun va uning oʻgʻillari Gershon urugʻining xizmatini, tashiydigan yuklarini va bajaradigan vazifalarini toʻliq nazorat qilib turishsin. Gershon urugʻi ularning aytganlarini qilib, aytgan yuklarni koʻtarishsin.
28Gershon urugʻining Uchrashuv chodirida qiladigan xizmati mana shulardan iboratdir. Ular ruhoniy Horun oʻgʻli Itamarning nazorati ostida xizmat qilishadi.
Levi qabilasidan boʻlgan Marori urugʻining burchlari
29Endi Marori avlodini urugʻi va xonadoni boʻyicha sanab chiq. 30Uchrashuv chodirida xizmat qilishga yaroqli oʻttiz yoshdan ellik yoshgacha boʻlganlarini sana. 31Ularning Uchrashuv chodiridagi vazifasi quyidagi ashyolarni koʻtarib yurishdan iborat boʻladi: Chodirning romlarini, tambalarini, ustunlar va ustun tagliklarini, 32hovlining atrofidagi ustunlar va ustun tagliklarini, qoziq va arqonlarini, ularga tegishli hamma buyumlarni. Qaysi odam qaysi narsani koʻtarib borishini aniq belgilanglar. 33Marori urugʻining Uchrashuv chodirida qiladigan ishlari mana shulardan iboratdir. Ular ruhoniy Horun oʻgʻli Itamarning nazorati ostida xizmat qilishadi.”
Levi qabilasi sanab chiqiladi
34Muso, Horun va jamoaning yoʻlboshchilari Qohot avlodini urugʻi va xonadoni boʻyicha sanab chiqishdi. 35Uchrashuv chodirida xizmat qilishga yaroqli, oʻttiz yoshdan ellik yoshgacha boʻlgan erkaklarning soni 362750 ta chiqdi. 37Qohot urugʻining Uchrashuv chodirida xizmat qiladiganlari ana shular edi. Muso orqali Egamiz bergan amrga koʻra, Muso bilan Horun ularni sanadi.
38Gershon avlodi ham urugʻi va xonadoni boʻyicha sanab chiqildi. 39Uchrashuv chodirida xizmat qilishga yaroqli oʻttiz yoshdan ellik yoshgacha erkaklarning soni 402630 ta chiqdi. 41Gershon urugʻining Uchrashuv chodirida xizmat qiladiganlari ana shular edi. Egamizning amriga koʻra, Muso bilan Horun ularni sanadi.
42Marori avlodi ham urugʻi va xonadoni boʻyicha sanab chiqildi. 43Uchrashuv chodirida xizmat qilishga yaroqli oʻttiz yoshdan ellik yoshgacha erkaklarning soni 443200 ta chiqdi. 45Marori urugʻi ana shular edi. Muso orqali Egamiz bergan amrga koʻra, Muso bilan Horun ularni sanadi.
46Shunday qilib, Muso, Horun va Isroil yoʻlboshchilari Levi qabilasini urugʻi va xonadoni boʻyicha sanab chiqishdi. 47Uchrashuv chodirida xizmat qilishga va Chodir ashyolarini koʻtarishga yaroqli, oʻttiz yoshdan ellik yoshgacha boʻlgan erkaklarning 48umumiy soni 8580 ta chiqdi. 49Ular Muso orqali Egamiz bergan amrga koʻra, har bir odamga qiladigan ishlarini va koʻtarib boradigan buyumlarini taqsimlab berishdi. Musoga Egamiz amr etganday, hamma odam roʻyxatga olindi.
Currently Selected:
Sahroda 4: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020