YouVersion Logo
Search Icon

Sahroda 33

33
33–BOB
Misrdan Moʻabga boʻlgan safar
1-2Muso Egamizning amriga koʻra, safar davomida qarorgoh qurilgan joylarning nomlarini birma–bir roʻyxat qilib yozgan edi. Muso va Horun boshchiligida Misrdan qabila–qabila boʻlib chiqqan Isroil xalqining toʻxtagan joylari quyidagilardir:
3Birinchi oyning#33:3 Birinchi oy — 20:1 ning birinchi izohiga qarang. oʻn beshinchi kunida, Fisih ziyofatining ertasiga Isroil xalqi Ramzes shahrini tark etdi. Ular jamiki Misr xalqining koʻzi oldida shaxdam qadam bilan Misrdan chiqib ketishdi. 4Shu vaqtda Misrliklar Egamiz nobud qilgan hamma toʻngʻich oʻgʻillarini dafn qilayotgan edilar. Egamiz shu yoʻsinda Misr xudolarini mahkum etgan edi.
5Shunday qilib, Isroil xalqi Ramzesni tark etib, Suxotda qarorgoh qurdi.
6Soʻng Suxotdan ketib, sahroning chetidagi Etxamda qarorgoh qurdi.
7Ular Etxamdan chiqib, orqaga — Baal–Zafoʻnning sharqidagi Piy–Xaxiroʻtga yoʻl olib, Migdol yonida qarorgoh qurishdi.
8Piy–Xaxiroʻtdan ham chiqib, Qizil dengizdan#33:8 Qizil dengiz — ibroniycha matnda dengiz. Bu oyatdagi mana shu nom ostida hozirgi Suets qoʻltigʻi (yaʼni Qizil dengizning shimoli–gʻarbidagi qoʻltiq) yoki Suets qoʻltigʻi va Oʻrta yer dengizi oraligʻida joylashgan koʻllardan biri nazarda tutilgan. Chiqish 14:10-31 dagi hodisalarning tafsilotiga koʻra, bu dengiz kattaligidan Isroil xalqiga toʻsiq boʻlgan, chuqurligidan Misr lashkari choʻkib ketgan. oʻtishdi–da, sahro tomon yoʻl olishdi. Etxam sahrosini uch kun kezganlaridan keyin, Maroda qarorgoh qurishdi.
9Keyin Marodan ketib, Ilimda qarorgoh qurishdi. Ilimda oʻn ikkita buloq va yetmishta xurmo daraxti bor edi.
10Ular Ilimdan keyin, Qizil dengiz#33:10 Qizil dengiz — ibroniycha matnda Yom–Suf, maʼnosi Qamish dengizi. Bu oyatdagi mana shu nom hozirgi Suets qoʻltigʻiga (yaʼni Qizil dengizning shimoli–gʻarbidagi qoʻltiqqa) ishora qiladi (shu bobning 11–oyatida ham bor). boʻyida qarorgoh qurishdi.
11Keyin Qizil dengiz boʻyidan ketib, Sin sahrosida#33:11 Sin sahrosi — Sinay yarim orolidagi bu sahroning aynan qayerda joylashgani maʼlum emas. qarorgoh qurishdi.
12Sin sahrosidan ketib, Dofkaxda qarorgoh qurishdi.
13Dofkaxdan ketib, Elishda qarorgoh qurishdi.
14Elishdan ketib, Rafidimda qarorgoh qurishdi. Lekin u yerda ichimlik suvi yoʻq edi#33:14 …Rafidimda…ichimlik suvi yoʻq edi — Chiqish 17:1-7 ga qarang..
15Rafidimdan ketib, Sinay sahrosida qarorgoh qurishdi.
16Sinay sahrosidan ketib, Xivrut–Xattavoda qarorgoh qurishdi.
17Xivrut–Xattavodan ketib, Xazeroʻtda qarorgoh qurishdi.
18Xazeroʻtdan ketib, Ritmada qarorgoh qurishdi.
19Ritmadan ketib, Rimmon–Parazda qarorgoh qurishdi.
20Rimmon–Parazdan ketib, Libnada qarorgoh qurishdi.
21Libnadan ketib, Rissada qarorgoh qurishdi.
22Rissadan ketib, Kaxeletaxda qarorgoh qurishdi.
23Kaxeletaxdan ketib, Shafer togʻida qarorgoh qurishdi.
24Shafer togʻidan ketib, Xaradaxda qarorgoh qurishdi.
25Xaradaxdan ketib, Makxiloʻtda qarorgoh qurishdi.
26Makxiloʻtdan ketib, Taxatda qarorgoh qurishdi.
27Taxatdan ketib, Terahda qarorgoh qurishdi.
28Terahdan ketib, Mitkada qarorgoh qurishdi.
29Mitkadan ketib, Xashmonaxda qarorgoh qurishdi.
30Xashmonaxdan ketib, Mosaroʻtda qarorgoh qurishdi.
31Mosaroʻtdan ketib, Baniyaqonda qarorgoh qurishdi.
32Baniyaqondan ketib, Xor–Xagigadda qarorgoh qurishdi.
33Xor–Xagigaddan ketib, Yotbotoda qarorgoh qurishdi.
34Yotbotodan ketib, Avroʻnda qarorgoh qurishdi.
35Avroʻndan ketib, Ezyoʻn–Geberda qarorgoh qurishdi.
36Ezyoʻn–Geberdan ketib, Zin choʻlidagi Kadeshda qarorgoh qurishdi.
37Kadeshdan ketib, Edom yurtining chegarasidagi Xoʻr togʻida qarorgoh qurishdi. 38Ruhoniy Horun Egamizning amri bilan Xoʻr togʻiga chiqib, oʻsha yerda vafot etdi. Bu voqea Isroil xalqi Misrdan chiqqaniga qirq yil boʻlganda, beshinchi oyning#33:38 beshinchi oy — ibroniy kalendarining Av oyi nazarda tutilgan. Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan iyulning oʻrtasidan boshlanadi. birinchi kunida sodir boʻldi. 39Horun Xoʻr togʻida vafot etganda 123 yoshda edi.
40Kanʼonlik Arod shohi shu paytda: “Isroil xalqi kelyapti” degan xabarni eshitdi. U Kanʼondagi Nagav choʻlida#33:40 Nagav choʻli — 13:18 izohiga qarang. yashardi.
41Isroil xalqi Xoʻr togʻidan ketib, Zalmoʻnoda qarorgoh qurdi.
42Ular Zalmoʻnodan ketib, Punonda qarorgoh qurishdi.
43Punondan ketib, Oboʻtda qarorgoh qurishdi.
44Oboʻtdan ketib, Moʻab hududidagi Ivay–Aborimda qarorgoh qurishdi.
45Ivay–Aborimdan#33:45 Ivay–Aborim — ibroniycha matnda bu nomning boshqa varianti Iyim. ketib, Dibon–Gadda qarorgoh qurishdi.
46Dibon–Gaddan ketib, Elmon–Diblatayimda qarorgoh qurishdi.
47Elmon–Diblatayimdan ketib, Navo togʻining yonidagi Aborim togʻlarida#33:47 Aborim togʻlari — 27:12 izohiga qarang. qarorgoh qurishdi.
48Aborim togʻlaridan ketib, Moʻab tekisligida, Yerixo shahrining roʻparasidagi Iordan daryosi boʻyida qarorgoh qurishdi. 49Ular Moʻab tekisligida Iordan boʻylab, Bayt–Yashimoʻtdan tortib, Ovil–Shitimgacha qarorgoh qurishdi.
Iordan daryosidan oʻtishdan oldin berilgan koʻrsatmalar
50Moʻab tekisligida, Yerixo shahrining roʻparasidagi Iordan daryosi boʻyida Egamiz Musoga shunday dedi:
51— Isroil xalqiga ayt: “Sizlar Iordan daryosining narigi tomoniga oʻtib, Kanʼon yurtiga borganlaringizdan keyin 52u yerning aholisini haydab chiqaringlar. Ularning hamma tosh va quyma butlarini yoʻq qilinglar, jamiki sajdagohlarini buzib tashlanglar. 53Oʻsha yurtga egalik qilinglar, u yerda oʻrnashib olinglar, chunki Men oʻsha yurtni sizlarga berganman. 54Yerlarni urugʻlaringiz orasida qurʼa boʻyicha#33:54 …qurʼa boʻyicha… — 26:55 izohiga qarang. boʻlib beringlar. Katta uruqqa kattaroq ulush, kichik uruqqa kichikroq ulush beringlar. Qurʼa boʻyicha kimga qayer chiqsa, oʻsha yer oʻsha urugʻning ulushi boʻlib qoladi. Shu yoʻsinda yerlarni qabilalar orasida boʻlib beringlar. 55Agar sizlar oʻsha yurtning aholisini haydab chiqarmasangiz, ularning qolgan–qutganlari sizlar uchun koʻzga kirgan zirapchaday, biqinga sanchilgan tikanday boʻladi. Ular sizlarni yashab turgan yurtingizda siqadi. 56Shunda Men ularning boshiga nima solmoqchi boʻlgan boʻlsam, sizning boshingizga solaman.”

Currently Selected:

Sahroda 33: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in