YouVersion Logo
Search Icon

Sahroda 31

31
31–BOB
Isroil xalqi Midiyon xalqi bilan jang qiladi
1Egamiz Musoga dedi:
2— Isroil xalqi uchun Midiyonlardan qasos ol#31:2 Isroil xalqi uchun Midiyonlardan qasos ol — 25:1-18 oyatlarga va 25:6 izohiga qarang.. Oʻshandan soʻng sen olamdan koʻz yumasan.
3Shundan keyin Muso xalqqa aytdi:
— Odamlaringizning bir qismini qurollantiringlar. Ular Midiyon xalqi bilan jang qilib, ulardan Egamizning qasosini olishsin. 4Har bir Isroil qabilasidan mingtadan odamni urushga joʻnatinglar.
5Har bir Isroil qabilasidan mingtadan odam tanlab olindi, jami oʻn ikki ming odam qurollanib jangga shay boʻldi. 6Muso ularni va ular bilan birga Elazar oʻgʻli ruhoniy Finxazni urushga joʻnatdi. Finxaz oʻzi bilan muqaddas ashyolarni#31:6 muqaddas ashyolar — Urim va Tummim, ruhoniyning liboslari va Ahd sandigʻi nazarda tutilgan boʻlishi mumkin (Chiqish 28:15 ning ikkinchi izohiga qarang). Finxaz jang paytida shu ashyolardan foydalanib, Xudodan yoʻl–yoʻriq va madad soʻragan boʻlishi mumkin. va karnaylarni olib ketdi. Bu karnaylar xatardan darak berish uchun chalinardi.
7Egamiz Musoga amr qilganday, Isroil sipohlari Midiyonlar bilan jang qilishdi. Ular Midiyon xalqining butun erkak zotini qirib tashlashdi. 8Midiyon xalqining beshala shohini — Evi, Raxem, Zur, Xur, Rabani ham boshqalar qatori oʻldirib yuborishdi. Bavoʻr oʻgʻli Balomni ham qilichdan oʻtkazishdi#31:8 …Balomni ham qilichdan oʻtkazishdi — Moʻab va Midiyon xalqlari bilan qilgan hamkorligi uchun Balom Isroil xalqining dushmani hisoblangan edi (25:1-5, 16-18, 31:16 ga va Qonunlar 23:4-5 ga qarang).. 9Midiyon xalqining ayollariyu bolalarini asir qilib, jamiki podalarini, suruvlarini va mol–mulkini oʻlja qilib olishdi. 10Midiyon xalqi istiqomat qilgan hamma shaharu qarorgohlarga oʻt qoʻyishdi. 11Olgan hamma oʻljalarini — odamidan tortib, moligacha 12qarorgohga — Muso, ruhoniy Elazar va Isroil jamoasi huzuriga olib kelishdi. Qarorgoh Moʻab tekisligida, Yerixo shahri roʻparasidagi Iordan daryosi boʻyida joylashgan edi.
13Muso, ruhoniy Elazar va jamoaning hamma yoʻlboshchilari ularni kutib olish uchun qarorgohdan tashqariga chiqishdi. 14Muso urushdan qaytib kelgan mingboshi va yuzboshilardan qattiq gʻazablandi.
15— Nimaga hamma ayollarni tirik qoldirdingiz? — deb soʻradi ulardan Muso. 16— Balomning maslahati bilan Piyor togʻida#31:16 …Piyor togʻida… — 25:1-9 ga qarang. Isroil xalqini Egamizga xiyonat qilishga undagan shular–ku! Oʻshalarning dastidan Egamizning jamoasi orasida oʻlat paydo boʻlgan edi! 17Qani, boʻlinglar, hamma oʻgʻil bolalarni va er koʻrgan ayollarni oʻldiringlar. 18Faqat er koʻrmagan qizlarni oʻzingiz uchun tirik qoldiringlar. 19Soʻng yetti kun davomida qarorgohdan tashqarida boʻlinglar. Qaysi biringiz odam oʻldirgan yoki jasadga qoʻl tekkizgan boʻlsangiz, uchinchi va yettinchi kunlari poklaninglar. Sizlar bilan birga asirlar ham poklanishsin. 20Hamma kiyimlarni, barcha charm va yogʻoch buyumlarni, echki junidan toʻqilgan hamma narsalarni poklanglar.
21Ruhoniy Elazar urushga borgan sipohlarga dedi:
— Musoga Egamiz amr etgan qonun shundan iborat: 22oltin, kumush, bronza, temir, qalay va qoʻrgʻoshinni, 23xullas, olovda yonmaydigan hamma narsani olovdan oʻtkazib poklanglar. Bundan tashqari, poklanish suvi#31:23 poklanish suvi — 19:9 ga qarang. bilan ham poklanglar. Olovda yonadigan buyumlarni esa suvning oʻzi bilan poklanglar. 24Yettinchi kuni kiyimlaringizni yuvinglar. Shunda pok boʻlasizlar. Keyin qarorgohga kirsangiz boʻladi.
Oʻljalarning taqsimlanishi
25Egamiz yana Musoga aytdi:
26— Sen, ruhoniy Elazar va jamoaning urugʻboshilari asir olingan odamlarni, oʻlja qilingan hayvonlarni hisoblab chiqinglar. 27Asiru oʻljalarni teng ikki qismga boʻlib, bir qismini urushga borgan sipohlarga, ikkinchi qismini butun jamoaga beringlar. 28Urushga borgan sipohlar ulushidan Men — Egangiz uchun ulush ajratinglar. Asirlar, mol, eshak, qoʻy va echkilarning har besh yuztasidan bittasini Menga ulush qilib beringlar. 29Sipohlardan olingan bu ulushni Menga qilingan nazr sifatida ruhoniy Elazarga beringlar. 30Xalqqa tegishli boʻlgan oʻljaning ikkinchi qismidan Muqaddas chodirim uchun masʼul boʻlgan levilarga ulush beringlar. Asirlar, mol, eshak, qoʻy va echkilarning har elliktasidan bittasi levilarga berilsin.
31Muso bilan ruhoniy Elazar Egamizning Musoga bergan amrini ado etishdi.
32Sipohlar qoʻlga kiritgan narsalardan tashqari oʻlja qilib olgan mol–hol va ayollarning umumiy soni quyidagicha edi:
qoʻy–echkilar — 675.000 ta,
33mollar — 72.000 ta,
34eshaklar — 61.000 ta,
35er koʻrmagan qizlar — 32.000 ta.
36Oʻljaning urushga borgan sipohlarga tegishli qismi quyidagicha edi:
qoʻy–echkilar — 337.500 ta, 37shulardan 675 ta qoʻy–echki Egamizning ulushidir,
38mollar — 36.000 ta, shulardan 72 tasi Egamizning ulushidir,
39eshaklar — 30.500 ta, shulardan 61 tasi Egamizning ulushidir,
40er koʻrmagan qizlar — 16.000 ta, shulardan 32 nafari Egamizning ulushidir.
41Egamiz Musoga amr qilganday, Muso Egamizga ajratilgan ulushni nazr sifatida ruhoniy Elazarga berdi.
42Muso Isroil xalqi uchun sipohlarning oʻljasidan ajratib olgan qism quyidagilardan iborat edi:
43qoʻy–echkilar — 337.500 ta,
44mollar — 36.000 ta,
45eshaklar — 30.500 ta,
46er koʻrmagan qizlar — 16.000 ta.
47Isroil xalqi ulush qilib olgan odamu hayvonlarning har elliktasidan bittasini Muso Egamizning Muqaddas chodiri uchun masʼul boʻlgan levilarga berdi. Egamiz Musoga nimani amr qilgan boʻlsa, Muso shuni qildi.
48Shundan soʻng mingboshi va yuzboshilar Musoning huzuriga kelishdi. 49Ular Musoga:
— Biz, qullaringiz, qoʻlimiz ostidagi sipohlarni sanab chiqdik, — deyishdi, — bironta odamimizni yoʻqotmabmiz. 50Oʻzimizni Egamiz hukmidan himoya qilish uchun#31:50 Oʻzimizni Egamiz hukmidan himoya qilish uchun… — qadimgi Isroilda odamlarni sanash xavfli hisoblanar edi (1 Shohlar 24–bobga qarang), chunki butun odamzod Xudoga tegishli, deb hisoblangan hamda sanash egalik maʼnosini bildirgan. Bundan tashqari, odamlarni sanash Xudoga ishonmaslikni ham bildirishi mumkin. Odamlarni sanash lashkarning soniga inonish va soxta xavfsizlik hissini vujudga keltirishi mumkin edi. Odamlarni sanash hukmga olib kelishi mumkin boʻlgani uchun, mana shu parchada yoʻlboshchilar Xudoga nazrlar keltirib, oʻzlarining Xudoga boʻlgan qoʻrquvlarini namoyon etganlar. Shu yoʻl bilan ular oʻzlarini himoya qilganlar., biz topgan oltin buyumlarimizni — bilaguzuklar, muhr uzuklar, sirgʻalar va zebigardonlarimizni Egamizga nazr qilib olib keldik.
51Muso bilan ruhoniy Elazar ular olib kelgan hamma oltin zeb–ziynatlarni olishdi. 52Mingboshi va yuzboshilar Egamizga nazr qilgan oltinning umumiy ogʻirligi oʻn ikki pudga yaqin#31:52 oʻn ikki pudga yaqin — ibroniycha matnda 16.750 shaqal, taxminan 190 kiloga toʻgʻri keladi. chiqdi. 53Oddiy sipohlar esa qoʻlga kiritgan oʻljalarni oʻzlariga qoldirgan edilar. 54Isroil xalqini Egamiz doim esida tutishi uchun Muso bilan ruhoniy Elazar mingboshi va yuzboshilardan olgan oltin buyumlarni Uchrashuv chodiriga olib kelishdi.

Currently Selected:

Sahroda 31: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in