Sahroda 3
3
3–BOB
Ruhoniy Horunning oʻgʻillari
1Egamiz Sinay togʻida Muso bilan soʻzlashganda, Muso va Horunning nasli quyidagilardan iborat edi: 2Horunning toʻrtta oʻgʻli bor edi: Nadov, Abihu, Elazar va Itamar. Nadov toʻngʻich oʻgʻil edi. 3Muso Horunning bu oʻgʻillariga moy surtib, ularni ruhoniylikka tayinlagan edi. 4Lekin Nadov bilan Abihu Sinay sahrosida Egamiz amr etmagan olovni Uning huzuriga olib kelganlari uchun oʻsha yerda nobud boʻlgan edilar#3:4 …Nadov bilan Abihu…nobud boʻlgan edilar — Levilar 10:1-2 ga qarang.. Ikkovi ham befarzand edi. Shuning uchun faqat Elazar bilan Itamar otalari Horun hayotligida ruhoniy boʻlib xizmat qilgan edilar.
Levi qabilasi ruhoniylik xizmatiga tayinlanadi
5Musoga Egamiz shunday amr berdi: 6“Levi qabilasini ruhoniy Horun huzuriga boshlab kel. Ular Horunga yordam berishsin. 7Levilar Uchrashuv chodirida Horunga va butun Isroil jamoasiga xizmat qilib, Chodirga oid boʻlgan barcha yumushlarni bajarishsin. 8Ular Muqaddas chodirda Isroil xalqi uchun xizmat qilishar ekan, Chodirdagi hamma ashyolar uchun masʼul boʻlishsin. 9Levilarni Horun va uning oʻgʻillari ixtiyoriga ber. Isroil xalqining bu qabilasi toʻliq ularning ixtiyorida boʻlishi shart. 10Horun va uning oʻgʻillarini ruhoniylik xizmatiga tayinla. Ruhoniylik vazifasini bajargan har qanday boshqa odamning jazosi oʻlimdir.”
11Musoga Egamiz yana dedi: 12“Men levilarni Isroil xalqining onadan tugʻilgan barcha toʻngʻich oʻgʻillari oʻrnida qabul qilganman. Levilar Menikidir. 13Zotan, hamma toʻngʻich oʻgʻillar Menga tegishli. Men Misrliklarning hamma toʻngʻich oʻgʻillarini nobud qilgan kunim Isroil xalqining barcha toʻngʻichlarini — odamidan tortib hayvoniga qadar Oʻzim uchun ajratib olganman#3:13 …Isroil xalqining barcha toʻngʻichlarini…Oʻzim uchun ajratib olganman — Chiqish 13:1-2, 11-16 ga qarang.. Ularning hammasi Meniki boʻlishi shart. Zotan, Men Egangizman.”
Levi qabilasi roʻyxatga olinadi
14Musoga Egamiz Sinay sahrosida yana aytdi: 15“Levi qabilasini urugʻi va xonadonlari boʻyicha sanab chiq. Bir oylik oʻgʻil bolalardan tortib, katta yoshdagi erkaklargacha sanab chiq.” 16Egamizning amri boʻyicha Muso ularni sanab chiqdi.
17Levining uchta oʻgʻli boʻlib, ismlari Gershon, Qohot va Marori edi.
18Gershonning Lubnax va Shimax degan oʻgʻillari boʻlib, har qaysisidan bittadan urugʻ kelib chiqdi.
19Qohotning Imrom, Izxor, Xevron va Uziyol degan oʻgʻillari boʻlib, ularning har biridan ham bittadan urugʻ kelib chiqdi.
20Marorining Maxli va Mushi degan oʻgʻillari boʻlib, ularning har biridan ham bittadan urugʻ kelib chiqdi.
Levi urugʻlarining ota xonadoni boʻyicha roʻyxatga olinganlari ana shular edi.
21Gershondan Lubnax va Shimax urugʻlari kelib chiqdi. 22Gershon urugʻiga qarashli bir oylik oʻgʻil bolalardan tortib, katta yoshdagi erkaklargacha sanalganda, 7500 ta chiqdi. 23Gershon urugʻi chodirlarini Muqaddas chodirning orqa tomonida, gʻarbda oʻrnashtirishlari kerak edi. 24Gershon urugʻining oqsoqoli Loyol oʻgʻli Eliasaf edi. 25Gershon urugʻi Chodirning quyidagi ashyolari uchun masʼul edi: Chodirning ichki qavati va qoplamalari, Chodirga kiraverishdagi parda, 26Chodir bilan qurbongoh atrofini toʻsib turadigan pardalar, hovliga kiraverishdagi parda va uning arqonlari. Chodirning bu ashyolari bilan bogʻliq boʻlgan barcha xizmat Gershon urugʻi zimmasida edi.
27Qohotdan Imrom, Izxor, Xevron va Uziyol urugʻlari kelib chiqdi. 28Ularga qarashli bir oylik oʻgʻil bolalardan tortib, katta yoshdagi erkaklargacha sanalganda, 8600#3:28 8600 — ibroniycha matndan. Qadimiy yunoncha tarjimaning baʼzi qoʻlyozmalarida 8300 (ibroniychada 8600 va 8300 ning yozilishi nihoyatda oʻxshashdir). 8300 ga shu bobning 22–oyatidagi va 34–oyatidagi sonlarni qoʻshganda, 39–oyatdagi son, yaʼni 22.000 soni kelib chiqadi. 39–oyatdagi son aniq son boʻlmay, balki taxminiy son boʻlishi ham mumkin. ta chiqdi. Qohot urugʻi Muqaddas chodir#3:28 Muqaddas chodir — bu oyatda aynan Muqaddas xona va Eng muqaddas xona nazarda tutilgan (shu bobning 32–oyatida ham bor). uchun masʼul edi. 29Qohot urugʻi Muqaddas chodirning janub tomonida chodir qurishi kerak edi. 30Qohot urugʻi oqsoqoli Uziyol oʻgʻli Elizofon edi. 31Ular Chodirdagi quyidagi ashyolar uchun masʼul edilar: Sandiq, xontaxta, chiroqpoya, qurbongohlar, xizmat paytida ishlatiladigan Muqaddas chodir buyumlari va ichki pardasi. Chodirdagi bu ashyolar bilan bogʻliq boʻlgan barcha xizmat Qohot urugʻi zimmasida edi. 32Levi oqsoqollari ustidan ruhoniy Horun oʻgʻli Elazar boshchilik qilardi. Muqaddas chodir uchun masʼul boʻlganlar Elazarning nazorati ostida edilar.
33Maroridan Maxli va Mushi urugʻlari kelib chiqdi. 34Marori urugʻining bir oylik oʻgʻil bolalaridan tortib, katta yoshdagi erkaklarigacha sanalganda, 6200 ta chiqdi. 35Marori urugʻi oqsoqoli Abuhayil oʻgʻli Zuriyol edi. Ular Muqaddas chodirning shimol tomoniga chodirlarini oʻrnatishlari kerak edi. 36-37Ular Chodirdagi quyidagi ashyolar uchun masʼul edilar: Chodirning romlari, tambalari, ustunlar va ustun tagliklari, ularga oid barcha buyumlar, hovlining atrofidagi ustunlar va ustun tagliklari, qoziq va arqonlari, ularga tegishli hamma buyumlar. Chodirdagi bu ashyolar bilan bogʻliq boʻlgan barcha xizmat Marori urugʻi zimmasida edi.
38Muso, Horun va uning oʻgʻillari oʻz chodirlarini sharq tomonda — Muqaddas chodirning oldida#3:38 …Muqaddas chodirning oldida… — ibroniycha matnda …Muqaddas chodir, Uchrashuv chodirining oldida…. Muqaddas chodir yana Uchrashuv chodiri deb ham aytiladi. oʻrnatishlari kerak edi. Ular Isroil xalqining vakillari sifatida Muqaddas chodirdagi xizmat uchun masʼul edilar. Ulardan boshqa birontasi Chodirga yaqin kelsa, oʻsha odamning jazosi oʻlim edi.
39Muso va Horun, Egamizning amriga koʻra, Levi qabilasining bir oylik oʻgʻil bolalaridan tortib, katta yoshdagi erkaklarigacha hammani urugʻlari boʻyicha sanab chiqqanlarida, ularning umumiy soni 22.000 ta chiqdi.
Levi qabilasi toʻngʻich oʻgʻillarning oʻrnini bosadi
40Egamiz shundan keyin Musoga yana aytdi: “Isroil xalqining bir oylik va undan yuqori yoshdagi hamma toʻngʻich oʻgʻillarini sanab chiq. Ularning ismlarini roʻyxat qilib yoz. 41Isroil xalqining hamma toʻngʻich oʻgʻillari oʻrniga Men Levi qabilasini qabul qilaman. Isroil xalqining chorvasida birinchi tugʻilgan hayvonlari oʻrniga esa levilarning chorvasini olaman. Men Egangizman.”
42Muso Egamizning amrini bajardi. Isroil xalqining hamma toʻngʻich oʻgʻillarini sanab chiqdi. 43Bir oylik va undan yuqori yoshdagi hamma toʻngʻich oʻgʻil birma–bir sanalganda, 22.273 ta chiqdi.
44Musoga Egamiz aytdi: 45“Isroil xalqining hamma toʻngʻich oʻgʻillari oʻrniga levilarni Menga bagʻishla, Isroil xalqining chorvasi oʻrniga esa levilarning chorvasini Menga bagʻishla. Levilar Meniki boʻladi. Men Egangizman. 46Isroilning toʻngʻich oʻgʻillari levilardan 273 ta ortiq. Isroil xalqi ana shu ortiqchasi evaziga tovon toʻlashi kerak. 47Har bir ortiqcha odam evaziga besh boʻlakdan kumush ol. Har bir kumush boʻlakning ogʻirligi ikki yarim misqol boʻlsin#3:47 …besh boʻlakdan kumush ol. Har bir kumush boʻlakning ogʻirligi ikki yarim misqol boʻlsin — ibroniycha matnda …besh shaqaldan ol. Har bir shaqalning ogʻirligi Muqaddas chodirda ishlatiladigan shaqalning ogʻirligiga teng kelib, 20 gera boʻlsin. 20 gera taxminan 11 grammga toʻgʻri keladi, demak, har bir ortiq odam evaziga berilgan kumush taxminan 55 grammga toʻgʻri keladi.. 48Oʻsha kumushni Horun va uning oʻgʻillariga ber.”
49-50Muso ortiq chiqqan Isroil toʻngʻich oʻgʻillaridan 1365 ta kumush boʻlakni yigʻib oldi#3:49-50 …1365 ta kumush boʻlakni yigʻib oldi — ibroniycha matnda …1365 ta kumush shaqalni yigʻib oldi. Har bir shaqalning ogʻirligi Muqaddas chodirda ishlatiladigan shaqalning ogʻirligiga teng edi. Muqaddas chodirda ishlatilgan standart shaqal taxminan 11 grammga toʻgʻri keladi, demak, yigʻib olingan kumushning umumiy ogʻirligi taxminan 15 kiloga toʻgʻri keladi.. 51Muso Egamizning amriga koʻra, yigʻib olgan tovon pulini Horun va uning oʻgʻillariga berdi.
Currently Selected:
Sahroda 3: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: