Sahroda 27
27
27–BOB
Zalofxodning qizlari
1-2Bir kuni Zalofxodning qizlari Uchrashuv chodiri kiraverishiga kelishdi. Zalofxod Xaferning oʻgʻli, Giladning nevarasi, Moxirning evarasi, Yusuf oʻgʻli Manashening chevarasi edi. Xullas, Zalofxod Manashe urugʻidan edi. Zalofxod qizlarining ismlari Maxlo, Nuvah, Xoʻglax, Milxo va Tirza edi. Ular Muso, ruhoniy Elazar, yoʻlboshchilar va butun jamoaning oldida turib shunday deyishdi:
3— Otamiz sahroda vafot etdi. U Egamizga qarshi yigʻilgan Koʻraxning toʻdasiga sherik boʻlmagan, oʻz gunohi tufayli olamdan oʻtdi. Otamizning oʻgʻli yoʻq. 4Oʻgʻli boʻlmagani uchun otamizning nomi urugʻi orasidan oʻchib ketishi kerakmi? Bizga ham amakilarimiz qatori yerni mulk qilib beringlar.
5Muso ularning talabini Egamizga aytdi. 6Egamiz shunday javob qaytardi:
7— Zalofxodning qizlari haq gapni aytishyapti. Ularga albatta amakilari qatori yerni mulk qilib beringlar. Otasining ulushi qizlariga berilsin. 8Isroil xalqiga ham shunday deb uqtir. Agar biror kishi vafot etsa–yu, oʻgʻli boʻlmasa, uning mulki qiziga qolsin. 9Agar qizi ham boʻlmasa, u odamning mulki aka–ukalariga qolsin. 10Bordi–yu, marhumning aka–ukalari ham boʻlmasa, uning mulki amakilariga qolsin. 11Agar marhumning amakilari ham boʻlmasa, uning mulki urugʻidagi eng yaqin qarindoshiga qolsin. Oʻsha qarindoshi merosxoʻr boʻlsin. Sen orqali, Men, Egangiz, bergan bu amr Isroil xalqi uchun qonun boʻlib qaror topsin.
Yoshua Musoning vorisi qilib tanlanadi
12Egamiz yana Musoga dedi:
— Aborim tizmasidagi#27:12 Aborim tizmasi — Oʻlik dengizning shimoliy qirgʻogʻidan sharqda joylashgan. anavi toqqa chiqib, Men Isroil xalqiga beradigan yurtga qara. 13Oʻsha yurtni koʻrganingdan keyin, akang Horun singari olamdan oʻtasan#27:13 Oʻsha yurtni koʻrganingdan keyin…olamdan oʻtasan — Qonunlar 34:1-8 ga qarang.. 14Chunki jamoa Zin choʻlida Mendan noliganda, sizlar ikkovingiz Mening amrimga qarshi isyon qilgan edingizlar. Mariva suvlari boʻyida jamoaning koʻzi oldida Mening muqaddasligimni namoyon qilmadingizlar#27:14 Mariva suvlari boʻyida…muqaddasligimni namoyon qilmadingizlar — 20:1-13 ga qarang.. (Oʻsha Mariva suvlari#27:14 Oʻsha Mariva suvlari — Rafidim yonidagi Mariva emas, balki boshqa joydir (Chiqish 17:1-7 ga qarang). Zin choʻlidagi Kadesh yaqinidadir.)
15Muso Egamizga dedi:
16— Ey Egam, odamzod ruhlarining Xudosi, jamoa ustidan bir odamni tayinla. 17U xalqni janglarga boshlab borsin, toki Sening jamoang choʻponsiz qoʻyday boʻlib qolmasin.
18Shunda Egamiz Musoga:
— Nun oʻgʻli Yoshuani yoningga ol, — dedi. — Unda Mening Ruhim bor#27:18 Unda Mening Ruhim bor — ibroniycha matnda Unda bir ruh bor. Bu oʻrinda ruh soʻzi Xudoning Ruhiga ishora qilgan boʻlishi mumkin. Eski Ahdda Xudoning Ruhi maxsus vazifani bajargan insonlarga, jumladan, yoʻlboshchilarga berilgan edi. Biroq ruh soʻzi yoʻlboshchilik vazifasi uchun zarur boʻlgan layoqat va qobiliyatni bildirgan boʻlishi ham mumkin. Qobiliyatlar Xudodan berilgan inʼom boʻlgani uchun ikkala variantning ham maʼnosi bir–biriga yaqin.. Yoshuaga qoʻlingni qoʻy#27:18 Yoshuaga qoʻlingni qoʻy — bu harakat Musoning yoʻlboshchilik vazifasi Yoshuaga topshirilishining ramzi edi.. 19Keyin uni ruhoniy Elazarning va butun jamoaning oldida turgʻizib, xalq yoʻlboshchisi etib tayinla. 20Butun Isroil jamoasi unga itoat qilishi uchun Yoshuaga oʻz salohiyatingdan ber. 21Yoshua hamma ishni Elazar bilan bamaslahat qilsin. Elazar Urim orqali Yoshua uchun Mening irodamni bilib bersin#27:21 Elazar Urim orqali…irodamni bilib bersin — ayrim hollarda ruhoniylar Xudoning xohishini bilish uchun Urim va Tummim degan muqaddas narsalardan foydalanishardi. Bu oyatda faqat Urim tilga olingan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun Chiqish 28:15 ning ikkinchi izohiga qarang.. Yoshua va butun Isroil jamoasi hamma vaziyatda shunga qarab ish tutsin.
22Egamiz amr etganday, Muso Yoshuani ruhoniy Elazar va butun jamoaning oldida tik turgʻizib qoʻydi. 23Soʻng Egamizning Musoga bergan amriga muvofiq, qoʻlini Yoshuaga qoʻyib, Isroil xalqining yoʻlboshchisi qilib tayinladi.
Currently Selected:
Sahroda 27: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: