Sahroda 13
13
13–BOB
Aygʻoqchilar
1Shundan soʻng xalq Xazeroʻtdan yoʻlga chiqib, Poron choʻliga#13:1 Poron choʻli — 10:12 ning ikkinchi izohiga qarang. kelib qarorgoh qurdi. 2Egamiz Musoga dedi: 3“Men Isroil xalqiga berayotgan Kanʼon yurtiga aygʻoqchilar yubor. Har bir qabiladan bittadan yoʻlboshchini joʻnat.”
4Muso, Egamizning amriga muvofiq, qabila yoʻlboshchilarini Poron choʻlidan Kanʼon yurtiga joʻnatdi. 5Ularning ismi quyidagichadir:
Ruben qabilasidan — Zakkur oʻgʻli Shammuva.
6Shimoʻn qabilasidan — Xoʻri oʻgʻli Shofot.
7Yahudo qabilasidan — Yafunax oʻgʻli Xolib.
8Issaxor qabilasidan — Yusuf oʻgʻli Yixal.
9Efrayim qabilasidan — Nun oʻgʻli Xoʻsheya#13:9 Xoʻsheya — shu bobning 17–oyatiga qarang..
10Benyamin qabilasidan — Rofu oʻgʻli Palti.
11Zabulun qabilasidan — Soʻdi oʻgʻli Gaddiyol.
12Yusuf qabilasidan, yaʼni Manashe qabilasidan — Susix oʻgʻli Gaddi.
13Dan qabilasidan — Gamali oʻgʻli Omiyol.
14Osher qabilasidan — Mikoyil oʻgʻli Satur.
15Naftali qabilasidan — Vofsi oʻgʻli Naxbi.
16Gad qabilasidan — Moxi oʻgʻli Guval.
17Muso Kanʼon yurtiga aygʻoqchilikka yuborgan odamlarning ismi ana shulardir. Muso Nun oʻgʻli Xoʻsheyaning ismini oʻzgartirib, uni Yoshua deb atadi#13:17 …Xoʻsheyaning ismini oʻzgartirib, uni Yoshua deb atadi — ibroniychadagi Xoʻsheya ismining maʼnosi u qutqaradi, Yoshua ismining maʼnosi esa Egamiz qutqaradi..
18Muso ularni Kanʼon yurtiga aygʻoqchilikka yuborar ekan, shunday dedi: “Shimolga qarab yuringlar, Nagav choʻlini#13:18 Nagav choʻli — hozirgi Isroilning janubida, Oʻlik dengizning janubi–gʻarbida joylashgan yerlar. aylanib chiqqaningizdan keyin, choʻldan shimolda joylashgan qirli yerlarni ham koʻrib chiqinglar. 19U yerlar qanday joy, u yerda yashayotgan xalq kuchlimi yoki zaifmi, koʻpmi yoki ozmi, 20yurti yaxshimi yoki yomonmi, shaharlari devor bilan oʻralganmi yoki yoʻqmi, 21yerlari unumdormi yoki kamhosilmi, daraxtlari bormi yoki yoʻqmi, bilib kelinglar. Oʻsha yurtning mevalaridan olib kelishning ilojini qilinglar.” Uzum mavsumi endi boshlangan edi.
22Shunday qilib, aygʻoqchilar shimolga qarab ketishdi. Zin choʻlidan boshlab, Levo–Xomat#13:22 Levo–Xomat — yoki Xomat dovoni. yaqinidagi Rexob shahrigacha boʻlgan hamma joylarni koʻzdan kechirib chiqishdi. 23Dastavval ular Nagav choʻlini kesib oʻtib, Xevron shahriga#13:23 Xevron shahri — Quddusdan qariyb 32 kilometr janubi–gʻarbda joylashgan. borishgandi. Oʻsha yerda Onoq avlodidan kelib chiqqan#13:23 …Onoq avlodidan kelib chiqqan… — Onoq avlodi Isroil xalqidan avval Kanʼonda yashagan, ular gavdasi ulkan, kuchli jangchilari bilan mashhur boʻlgan xalq edi (shu bobning 33-34–oyatlariga va Qonunlar 1:28, 2:10-11, 20-21, 9:1-2 ga qarang). Oximan, Sheshay va Talmay urugʻlari yashashardi. Xevron Misrdagi Zoʻvan shahridan yetti yil oldin qurilgan edi. 24U yerdan aygʻoqchilar Eshkoʻl soyligiga borib, bir bosh uzumni shoxi bilan qirqib olishgandi. Bu bosh uzumni ikki kishi xodaga osib koʻtarib ketgandi. Bundan tashqari, ular anor va anjirlardan ham olishgandi. 25Aygʻoqchilar soylikdan bir bosh uzum qirqib olganlari uchun oʻsha soylikka Eshkoʻl#13:25 Eshkoʻl — ibroniychadagi maʼnosi bir bosh uzum. deb nom berildi.
26Nihoyat, ular yurtni koʻrib chiqib, qirqinchi kuni qaytishdi. 27Poron choʻlidagi Kadeshga#13:27 Kadesh — Kadesh–Barna nomi bilan ham maʼlum boʻlib, hozirgi Aqaba qoʻltigʻining shimoliy qirgʻogʻidan qariyb 145 kilometr shimoli–gʻarbda joylashgan voha. — Muso, Horun va butun Isroil jamoasi oldiga kelishdi. Ularga koʻrgan–bilganlarini aytib, oʻsha yurtning mevalarini koʻrsatishdi. 28Ular Musoga shunday deb aytishdi:
— Siz bizni yuborgan yurtga bordik, u yerda chindan ham sut va asal oqib yotibdi#13:28 …sut va asal oqib yotibdi — nihoyatda hosildor yerni bildiruvchi ibora. Moʻl–koʻl sut — mol uchun koʻm–koʻk yaylovlarning koʻpligini bildiradi. Asal — xurmodan olinadigan quyuq, shirin murabboga ishora boʻlishi mumkin. Murabboning moʻlligi yaxshi hosil beradigan yerni bildiradi.. Mana bu mevalar oʻsha yerdan. 29Lekin u yerning xalqlari kuchli, shaharlari mustahkam va nihoyatda ulkan ekan. Biz u yerda hatto Onoq avlodini#13:29 Onoq avlodi — shu bobning 23–oyatiga berilgan ikkinchi izohga qarang. ham koʻrdik! 30Omolek xalqi — Nagav choʻlida, Xet, Yobus va Amor xalqlari — qirlarda, Kanʼon xalqi esa Oʻrta yer dengizi qirgʻoqlarida va Iordan daryosi boʻylarida istiqomat qilishar ekan.
31Xolib Musoning roʻparasida turgan xalqni tinchlantirib:
— Boʻla qolinglar, oʻsha yurtga hujum qilib, uni egallab olaylik. Oʻsha yurtni bosib olishga albatta kuchimiz yetadi, — dedi.
32Lekin Xolib bilan birga borganlar:
— U xalqqa bas kela olarmidik?! Ular bizdan kuchliroq–ku! — deyishdi.
33Shunday qilib, ular oʻzlari koʻrib kelgan yurt toʻgʻrisida Isroil xalqi orasida boʻlmagʻur mish–mishlar tarqata boshlashdi: “Biz koʻrib kelgan yurt u yerda yashashga boradiganlarni yutib yuborar ekan. Oʻsha yurtdagi hamma odamlar dev qomat ekan. 34Biz u yerda hatto ulkan pahlavonlar#13:34 ulkan pahlavonlar — ibroniycha matnda nefilim. Bu soʻz haybatli va kuchli odamlarga nisbatan ishlatilgan (Ibtido 6:4 ga va oʻsha oyatning birinchi izohiga qarang). urugʻidan boʻlgan Onoq avlodini koʻrdik. Ularning oldida oʻzimizni xuddi chigirtkaday his qildik. Ha, ularning nazarida ham biz chigirtkaday edik.”
Currently Selected:
Sahroda 13: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: