YouVersion Logo
Search Icon

Naximiyo 8

8
8–BOB
Ezra xalqqa Tavrotni oʻqib beradi
1 Yettinchi oyda#7:73 Yettinchi oy — 8:2 izohiga qarang. Isroil xalqi oʻz shaharlarida oʻrnashib olgandan keyin, 8:1 butun xalq Suv darvozasi oldidagi maydonda toʻplandi. Ular tafsirchi Ezraga: “Isroil xalqiga Muso orqali Egamiz bergan Tavrotni olib keling”, deb aytdilar. 2Shunday qilib, yettinchi oyning#8:2 yettinchi oy — ibroniy kalendarining Tishri oyi nazarda tutilgan (Tishri oyi Itanim oyi deb ham ataladi). Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan sentabrning oʻrtasidan boshlanadi. Naximiyo shoh Artaxshas bilan gaplashganiga yetti oy boʻlgandi (2:1 ga va oʻsha oyatning izohlariga qarang). birinchi kunida ruhoniy Ezra Tavrotni jamoa oldiga olib keldi. Erkagu ayol, esini tanigan hamma odam shu yerda edi. 3Ezra Suv darvozasining oldidagi maydonda sahardan peshingacha jamoaga Tavrotni oʻqib berdi. Jamiki xalq diqqat bilan quloq solib tingladi. 4Tafsirchi Ezra yigʻin uchun tayyorlangan baland yogʻoch supa ustida turardi. Uning oʻng tomonida Mattitiyo, Shama, Onoyoh, Uriyo, Xilqiyo, Masiyo va chap tomonida Podiyo, Mishail, Malkiyo, Xashum, Xashbaddanax, Zakariyo, Mashullom turar edilar.
5Ezra baland supa ustida turgani uchun jamiki xalq uni koʻrib turar edi. U butun xalqning koʻzi oldida Tavrot kitobini ochdi. Ezra kitobni ochganda, butun xalq oʻrnidan turdi. 6Soʻngra Ezra ulugʻvor Xudo — Egamizni olqishladi, jamiki xalq qoʻllarini koʻtarib, “Omin, Omin”, dedi. Soʻng xalq ikki bukilib, Egamizga taʼzim qildi.
7Xalq joyida turar ekan, levilar — Yeshuva, Banix, Sharaviyo, Yomin, Oqquv, Shabbatay, Xoʻdiyo, Masiyo, Kilit, Ozariyo, Yoʻzabad, Xanon va Paliyo xalqqa Tavrotni tushuntirar edilar. 8Ular Xudoning Tavrot kitobidan oʻqib, oʻqiganlarini tarjima qilib berardilar#8:8 …tarjima qilib berardilar… — Tavrot kitobi ibroniy tilida yozilgan edi, ammo Bobilga surgun qilingan yahudiylarning aksariyati ona tilini unutib, oramiy tilida soʻzlashardilar. Oramiy tili Bobil yurtining tili edi., Tavrotning mazmunini tushuntirardilar, shuning uchun xalq oʻqilganlarni tushundi.
9Butun xalq Tavrot soʻzlarini eshitganlarida yigʻladi. Lekin hokim Naximiyo#8:9 Naximiyo — 1:1 ning birinchi izohiga qarang., ruhoniy va tafsirchi boʻlgan Ezra, shuningdek, xalqqa Tavrotni tushuntirgan levilar butun jamoaga aytdilar: “Bugungi kun Egangiz Xudoga bagʻishlangan muqaddas kundir, shuning uchun qaygʻurmanglar, yigʻlamanglar.” 10Keyin Ezra#8:10 Ezra — yoki Naximiyo. Ibroniycha matnda u. xalqqa dedi: “Endi uylaringizga qaytib boringlar, yogʻli taomlar yeb, shirin sharob ichinglar. Hech narsa tayyorlamaganlarga taomlaringizdan beringlar. Bugungi kun Rabbimizga bagʻishlangan muqaddas kundir. Bugun qaygʻurmanglar, axir, Egamiz tufayli topgan sevinchingiz najot qoʻrgʻoningizdir.” 11Levilar ham jamiki xalqqa: “Xotirjam boʻlinglar, qaygʻuga botmanglar, chunki bu kun muqaddasdir”, deb tasalli berdilar. 12Jamiki xalq Tavrotdan eshitgan soʻzlarini anglab tushunganlari uchun yeb–ichgani, taom ulashib, katta xursandchilik qilgani uylariga ketishdi.
Chayla bayrami
13Ertasi kuni jamiki xalqning urugʻboshilari, ruhoniylar va levilar Tavrot soʻzlarini oʻrganish uchun tafsirchi Ezraning huzuriga kelishdi. 14Ular Tavrotni oʻrganib, Muso orqali Egamiz bergan Chayla bayrami haqidagi amrni topdilar. Bu amrga koʻra#8:14 Bu amrga koʻra… — Levilar 23:33-43 ga qarang., Isroil xalqi yettinchi oyda#8:14 yettinchi oy — 8:2 izohiga qarang. nishonlanadigan Chayla bayrami kunlarida chaylalarda yashashlari kerakligini bildilar. 15Bundan tashqari, Quddusda va Isroil xalqining hamma shaharlarida quyidagilar eʼlon qilinishi kerakligini ham bilib oldilar: “Tavrotda yozilgan koʻrsatmalarga muvofiq, qirlarga chiqinglar, chaylalar yasash uchun zaytun daraxti, mirta butasi#8:15 mirta butasi — doim yashil, xushboʻy oʻsimlik., palma daraxtining va boshqa daraxtlarning shox–shabbalaridan olib kelinglar.” 16Shunday qilib, xalq borib, shox–shabbalar olib keldi va oʻzlari uchun chaylalar yasashdi. Ular chaylalarni uylarining tomlarida#8:16 …uylarining tomlarida… — u zamonlarda uylarning tomi tekis boʻlib, odamlar tomga chiqib dam olishardi., hovlilarida, Xudoning uyi hovlisida, Suv darvozasi yonidagi maydonda, Efrayim darvozasi yonidagi maydonda yasadilar. 17Surgundan qaytgan hamma odamlar chaylalar yasab, oʻsha chaylalarda yashadilar. Nun oʻgʻli Yoshua davridan beri Isroil xalqi bunday bayramni nishonlamagan edi. Hamma gʻoyat xursand edi. 18Ezra har kuni — bayramning birinchi kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan oʻqib berdi. Tavrotda talab qilinganiday, ular yetti kun bayramni nishonladilar, sakkizinchi kuni muqaddas yigʻin boʻldi.

Currently Selected:

Naximiyo 8: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in