Noxum 2
2
2–BOB
1-2Dushmanlar Isroil yurtini xarob qilgan,
Uzumzorlarini payhon etgan.
Biroq Egamiz tiklar Yoqub naslining ulugʻvorligini,
Ha, Isroil xalqining buyukligini.
Bosqinchi senga hujum qildi, ey Naynavo!#2:1-2 Naynavo — Nineviya nomi bilan ham maʼlum.
Qani boʻl, qoʻriqla qoʻrgʻonlaringni,
Yoʻldan uzma sen koʻzingni.
Yigʻib olgin bor kuchingni,
Jangga bogʻla belingni.
3Dushman sipohlarining qalqoni qizil,
Jangchilarining kiyimi alvon,
Jang kuni aravalari olovday chaqnar,
Behisob nayzalari bosh uzra tebranib turar.
4Shahar ichida aravalar quturib yelar,
Maydonlarni kesib u yoqdan–bu yoqqa oʻtar,
Mashʼalalarga oʻxshab yonib turar,
Yashin tezligi bilan uchar.
5Naynavo shohi amr berar lashkarboshilariga,
Olgʻa bosib qoqinar ular yoʻlda.
Qalqonlari panohida#2:5 Qalqonlari panohida… — bu oʻrindagi ibroniycha soʻz sipohlarning qalqonlarini yoki maxsus qurilmani bildiradi. Shaharga hujum qilgan sipohlar koʻchiriladigan bunday qurilma yordamida yoki qalqonlari bilan oʻzlarini shahar devorlari ustidagi himoyachilardan asrar edilar. Ular shaharni bosib olish uchun shahar devorlarini teshardilar yoki devorga qiyalatib tuproq uyardilar. bosqinchilar
Shahar devoriga yopirilar.
6Daryo toʻgʻonlarini#2:6 Daryo toʻgʻonlari — shahar ichidan oqib oʻtadigan suvni nazorat qilib, uni boshqarish uchun ishlatiladigan, shahar tashqarisida joylashgan toʻgʻonlar nazarda tutilgan. Bosqinchilar mana shu toʻgʻonlarni buzib, shahar devorlariga ziyon keltirgan boʻlishlari mumkin. Yoki Noxum majoziy maʼnoda bosqinchilarni Xudo tomonidan yuborilgan kuchli selga oʻxshatayotgan boʻlishi mumkin (1:8 ga qarang). ular buzib tashlar,
Saroy ivib, qulay–qulay deb turibdi.
7Shahar ahlini surgun qilishga qaror qilindi,
Choʻrilari oʻz koʻksiga urib,
Musichaday nola qilmoqda.
8Naynavo darz ketgan hovuzga#2:8 hovuz — Naynavo shahri shoh bogʻlariga suv yetkazib beradigan hovuzlari bilan mashhur edi. Matndagi kinoya bilan muallif shahar aholisini darz ketgan hovuzdan oqib ketadigan suvlarga oʻxshatadi, chunki odamlar oʻzlarini qutqarish uchun Naynavodan qochib ketadi. oʻxshaydi,
Yoriqlaridan suv oqib ketganday,
Uning aholisi qochib ketyapti,
Ortidan “Toʻxtanglar!
Toʻxtanglar!” degan qichqiriqlar eshitilar,
Lekin hech kim ortiga qaytmas.
9Bosqinchilar baqirar:
“Talon–taroj qiling kumushu oltinni!
Bitmas–tuganmasdir Naynavoning xazinasi!
Serobdir uning qimmatbaho narsasi!”
10Ship–shiydam, vayron, talqon boʻldi Naynavo!
Qoʻrquvdan yuraklar orqaga tortib ketdi,
Tizzalar qaltiradi, badanni titroq bosdi,
Boʻzday oqardi hammaning yuzi!
11Nima boʻldi Naynavo shahriga?!
Oʻxshar edi–ku u sherning uyasiga.
Ha, oʻxshar edi Naynavo sher bolalarini boqqan bir inga.
Sher va ona sher izgʻigan paytda,
Bolalari xatarsiz edi u yerda!
12Sher oʻz bolalari uchun
Yetarlicha oʻlja tilka–pora qilgan,
U ona sher uchun ham ovini boʻgʻizlagan,
Murda bilan toʻldirgan oʻz inlarini,
Oʻlja bilan — uyalarini.
13Sarvari Olam shunday aytmoqda: “Men senga qarshiman, ey Naynavo! Jang aravalaringni tutatib yondiraman. Yosh sherlaring qilichdan halok boʻladi. Sen endi yer yuzida talonchilik qilmaysan. Oʻlponchilaringning ovozi oʻchadi.”
Currently Selected:
Noxum 2: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020