Noxum 1
1
1–BOB
1Naynavo shahri#1:1 Naynavo shahri — Ossuriyaning poytaxti. Bu shahar Nineviya nomi bilan ham maʼlum. haqida bashorat. Bu kitobda Elqoʻshlik#1:1 Elqoʻsh — Yahudo yurtidagi bir qishloq boʻlishi mumkin. Noxumga kelgan vahiy bayon qilingan.
Egamizning Naynavoga boʻlgan gʻazabi
2Egamiz rashkchi#1:2 rashkchi — Chiqish 34:13-14 ga qarang., qasoskor Xudodir,
Egamiz qasoskor, dargʻazabdir.
Gʻanimlaridan Egamiz qasos olar,
Dushmanlaridan gʻazablanib yurar.
3Egamizning jahli tez chiqmas,
Uning kuchi buyukdir,
Aybdorni Egamiz aslo oqlamas!
Yurgan yoʻli quyunu boʻron boʻlar.
Oyogʻi ostidan changday koʻtarilar
Qora bulutlar.
4U dengizga doʻq urib, uni quritar,
Barcha daryolarni qaqratib yuborar.
Bashan va Karmil yaylovlari xazon boʻladi,
Lubnon#1:4 Bashan va Karmil…Lubnon… — bu yerlar oʻzlarining yam–yashil yaylovlari, gullari va daraxtlari bilan mashhur edi. gullari soʻlib qoladi.
5Uning oldida silkinar togʻlar,
Parchalanib ketar adiru qirlar.
Huzurida zamin tebranar,
Butun jahon va undagi mavjudot qaltirar.
6Uning qahriga kim bardosh bergay?!
Alangali gʻazabidan kim omon qolgay?!
Uning gʻazabi olovday yoyilar,
Uning oldida qoyalar chilparchin boʻlar.
7Egamiz yaxshidir,
Kulfat kunida qoʻrgʻondir U,
Xudoda panoh topganlarni saqlaydi U.
8Toshqin sel bilan Naynavoni vayron qilar,
Yovlarining payiga tushib, zulmatga haydar.
9Ey Naynavo, nechun Egamizga qarshi fitna uyushtirasan?!
Axir, U bir urib seni qirib tashlaydi,
Ikkinchi urishiga hojat boʻlmaydi.
10Chirmashgan tikanu quruq xas–choʻp kabi
Sizlar ham, ey mayxoʻrlar, yondirib tashlanasiz!
11Ey Naynavo, qabih shoh sendan chiqdi,
Egamizga qarshi u fitna–fasod qildi.
12Egamiz esa shunday aytur:
“Ossuriyaliklar#1:12 Ossuriya — qadimgi qudratli shohlik. Uning poytaxti Naynavo shahri hozirgi Iroqning shimolida joylashgan edi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi OSSURIYA soʻziga qarang. kuchli va behisob boʻlsalar–da,
Ular qirilib, yoʻq boʻladilar.
Ey xalqim, boshingga kulfat soldim!
Endi bunday kulfat solmayman zinhor!
13Seni Ossuriya boʻyinturugʻidan ozod qilaman,
Kishanlaringni#1:13 …Ossuriya boʻyinturugʻi…Kishanlaring… — Ossuriyaning Yahudo yurti ustidan boʻlgan siyosiy hukmronligiga ishora. Yahudo yuz yildan ortiq davr mobaynida Ossuriya shohiga oʻlpon toʻlagan. uzib tashlayman.”
14Sen haqingda, ey Ossuriya, Egamiz shunday amr etar:
“Sening noming dunyodan oʻchar.
Yoʻq qilaman xudolaring uyidagi quyma va oʻyma butlarni,
Yaramas xulq–atvoring uchun hozirlayman qabringni.”
Naynavo qulaydi
15Qarang! Xushxabar keltiruvchi kimsa,
Togʻlar osha shoshib keladi bu yoqqa.
Tinchlikni eʼlon qiladi U sizga!
Ey Yahudo xalqi#1:15 Yahudo xalqi — janubiy shohlik nazarda tutilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi YAHUDO soʻziga qarang., nishonlagin bayramlaringni,
Olib kel ont ichib atagan nazrlaringni.
Yurtingga tajovuz qilmas endi qabihlar,
Zero, tamomila yoʻq boʻldi ular.
Currently Selected:
Noxum 1: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020