Mark 1
1
1–BOB
Yahyo choʻmdiruvchining vaʼzi
1Xudoning Oʻgʻli#1:1 Xudoning Oʻgʻli — Iso Masihning unvoni. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi XUDONING OʻGʻLI iborasiga qarang. Iso Masih toʻgʻrisidagi Xushxabar shunday boshlanadi. 2Ishayo paygʻambarning kitobida yozilganki:
“Mana, Sendan oldin Men Oʻz elchimni yuboryapman,
U Sen uchun yoʻlni hozirlaydi#1:2 Mana…yoʻlni hozirlaydi — Malaki 3:1 ga qarang..
3Choʻlda bir ovoz yangramoqda:
«Egamizga yoʻl hozirlang,
Unga toʻgʻri yoʻl oching!»”#1:3 Muallif bu oʻrinda Ishayo 40:3 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan.
4Darvoqe, Yahyo choʻmdiruvchi choʻlda#1:4 choʻl — Iordan daryosining Oʻlik dengizga quyiladigan joyiga yaqin boʻlgan, daryodan gʻarbda joylashgan yerlar. odamlarga: “Gunohlaringizdan tavba qilib, suvga choʻminglar, shunda Xudo gunohlaringizni kechiradi”, deb vaʼz qila boshladi#1:4 …vaʼz qila boshladi — milodiy 28 yoki 29 yilda (Luqo 3:1-3 oyatlarga va Luqo 3:1 ning ikkinchi izohiga qarang).. 5Quddus aholisi va Yahudiya oʻlkasining qolgan hamma joylaridan kelgan odamlar Yahyoning oldiga borishardi. Ular gunohlarini eʼtirof etishar, Yahyo ularni Iordan daryosida choʻmdirar edi.
6Yahyoning kiyimlari tuya junidan toʻqilgan boʻlib, beliga charm kamar#1:6 Yahyoning kiyimlari tuya junidan toʻqilgan…charm kamar… — Ilyos paygʻambar va boshqa paygʻambarlar kiygan kiyimlar (4 Shohlar 1:8, Zakariyo 13:4 ga qarang). bogʻlagan edi. U chigirtka va yovvoyi asal yerdi. 7U xalqqa shunday deb eʼlon qilardi: “Mendan ham qudratliroq boʻlgan bir Zot ortimdan kelmoqda. Men engashib Uning choriq iplarini yechishga ham arzimayman. 8Men sizlarni suvga choʻmdiryapman, U esa sizlarni Muqaddas Ruhga choʻmdiradi.”
Iso suvga choʻmdiriladi
9Oʻsha kunlari Iso Jalila hududining Nosira shahridan Yahyo oldiga keldi. Yahyo Uni Iordan daryosida choʻmdirdi. 10Suvdan chiqishi bilanoq Iso osmonning ochilib ketganini va Muqaddas Ruh Uning ustiga kaptarday tushib kelganini koʻrdi. 11Osmondan esa: “Sen Mening sevikli Oʻgʻlimsan#1:11 Sen Mening sevikli Oʻgʻlimsan — Zabur 2:7 ga qarang., Sendan nihoyatda mamnunman#1:11 Sendan nihoyatda mamnunman — Ishayo 42:1 ga qarang.” degan ovoz eshitildi.
Iso vasvasaga solinadi
12Muqaddas Ruh Isoni darhol sahroga boshlab ketdi. 13Iso sahroda qirq kun boʻlib, shayton tomonidan vasvasaga solindi. Iso yovvoyi hayvonlar orasida yashab, farishtalar Unga xizmat qilishardi.
14Yahyo hibsga olingandan keyin#1:14 Yahyo hibsga olingandan keyin… — 6:17-18 ga qarang., Iso Jalilaga borib, Xudoning Xushxabarini vaʼz qildi: 15“Vaqt–soati yetdi. Xudoning Shohligi#1:15 Xudoning Shohligi — Xudoning hozirgi paytda insonlar hayotidagi hukmronligi va oxiratda har bir yaratilgan mavjudotning yangilanishiga ishora. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi XUDONING SHOHLIGI iborasiga qarang. yaqinlashdi! Tavba qilinglar, Xushxabarga ishoninglar!”
Isoning dastlabki shogirdlari
16Iso Jalila koʻli boʻylab oʻtayotib, Shimoʻn#1:16 Shimoʻn — Butrus ismi bilan ham tanilgan, Butrus ismini unga Iso qoʻygan edi (3:16 ga qarang). va uning ukasi Endrusni koʻrib qoldi. Ular baliqchi boʻlib, koʻlga toʻr tashlayotgan edilar. 17Iso ularga dedi: “Ortimdan yuringlar. Men sizlarga odamlarni ovlashni oʻrgataman.” 18Ular oʻsha zahotiyoq toʻrlarini tashlab, Isoga ergashdilar.
19Iso bir oz nari yurgach, Zabadiyoning oʻgʻillari Yoqub va Yuhannoni koʻrib qoldi. Ular qayiqda toʻrlarini yamab oʻtirishgan edi. 20Iso shu onda ularni ham chaqirdi. Ular otalari Zabadiyoni va yollanma ishchilarni qayiqda qoldirib, Isoga ergashdilar.
Jinga chalingan odam
21Ular Kafarnahum shahriga kirib borishdi. Shabbat kuni Iso sinagogaga kirib, taʼlim bera boshladi. 22Xaloyiq Isoning taʼlimotini eshitib, hayratda qoldi, chunki U odamlarga Tavrot tafsirchilariday#1:22 Tavrot tafsirchilari — Musoning qonunini juda yaxshi bilgan ziyoli odamlar. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi TAVROT TAFSIRCHISI iborasiga qarang. emas, balki hokimiyat egasi kabi taʼlim berar edi#1:22 …U odamlarga Tavrot tafsirchilariday emas, balki hokimiyat egasi kabi taʼlim berar edi — odatda Tavrot tafsirchilari taʼlim berganda oʻz taʼlimotlarini asoslab berish maqsadida avval yashab oʻtgan eʼtiborli, obroʻli muallimlarning soʻzlarini misol qilib keltirar edilar, ammo Iso bunday qilmagan..
23Oʻsha sinagogada yovuz ruhga chalingan bir odam bor edi. U toʻsatdan qichqirib yubordi:
24— Ey Nosiralik Iso! Bizni tinch qoʻy! Sen bizni halok qilgani keldingmi? Sening kimligingni bilaman: Sen Xudoning Azizisan!
25Biroq Iso jinga doʻq urib:
— Jim boʻl! Undan chiqib ket! — dedi.
26Yovuz ruh u odamni qattiq siltadi, ovozi boricha baqirib, uning ichidan chiqib ketdi. 27Odamlar hayratlanib, bir–birlaridan soʻray boshladilar:
— Bu nimasi? Hokimiyatga ega boʻlgan yangi taʼlimot–ku! U yovuz ruhlarga buyruq beradi, yovuz ruhlar esa Unga boʻysunadi–ya!
28Shunday qilib, Isoning shuhrati butun Jalila hududi boʻylab yoyila boshladi.
Iso koʻp odamlarni sogʻaytiradi
29Iso, Shimoʻn, Endrus, Yoqub, Yuhanno sinagogadan chiqib, toʻgʻri Shimoʻn va Endrusning uyiga bordilar. 30Shimoʻnning qaynanasi isitmalab, toʻshakda yotgan edi. Iso kelishi bilanoq Unga bu haqda aytishdi. 31Iso ayolning yoniga bordi, qoʻlidan tutib, oʻtirgʻizib qoʻydi. Shunda ayolning isitmasi tushdi, u mehmonlarga xizmat qila boshladi.
32Quyosh botib kech kirgan paytda#1:32 Quyosh botib kech kirgan paytda… — yahudiylarning urf–odatiga koʻra, yangi kun quyosh botgandan keyin boshlanar edi. Matnda tasvirlangan payt Shabbat kunining yakuni va yakshanba kunining boshlanishi edi. Yahudiylarda yakshanba haftaning birinchi kuni hisoblanar edi., odamlar xastalarni va jinga chalinganlarni Isoning oldiga olib kelishdi. 33Butun shahar aholisi eshik oldiga yigʻildi. 34Iso turli dardu illatlardan qiynalgan koʻp odamlarni sogʻaytirdi. Koʻplarning ichidan jinlarni quvib chiqardi. Jinlarning gapirishiga ijozat bermasdi, chunki jinlar Isoning kimligini bilishardi.
Iso Jaliladagi sinagogalarda vaʼz qiladi
35Ertasi kuni saharda, tong yorishmasdan oldin, Iso oʻrnidan turib, uydan chiqib ketdi. Kimsasiz joyga borib, ibodat qildi. 36Shimoʻn va boshqalar Isoni qidirib ketdilar. 37Isoni topib:
— Hamma Sizni izlab yuribdi! — dedilar. 38Iso ularga:
— Yaqin atrofdagi qishloqlarga boraylik, Men u yerlarda ham voizlik qilay, chunki Men ana shu maqsadda kelganman, — dedi.
39Shunday qilib, Iso butun Jalila hududini kezib, u yerdagi sinagogalarda voizlik qilar va odamlarning ichidan jinlarni quvib chiqarar edi.
Teri kasalligiga chalingan odamni Iso sogʻaytiradi
40Teri kasalligiga#1:40 Teri kasalligi — bu ibora yunonchada har xil teri kasalliklariga nisbatan ishlatilgan soʻzning tarjimasidir. Odatda bu ibora moxov kasalligiga ishora deb tushuniladi. Teri kasalliklaridan birortasiga yoʻliqqan kishi harom hisoblanar edi. Xasta odam kasalligini boshqalarga yuqtirmasligi va ularni harom qilmasligi uchun, boshqalardan ajratib qoʻyilar edi (Levilar 13:45-46 ga qarang). chalingan bir odam Isoning oldiga keldi. U tiz choʻkib, yalindi:
— Bilaman, agar istasangiz, meni bu kasallikdan poklay olasiz.
41Isoning unga rahmi kelib, qoʻlini uzatdi va unga tekkizib:
— Istayman, pok boʻl! — dedi.
42Shu zahoti oʻsha odam kasalligidan forigʻ boʻlib, poklandi. 43-44Iso uni qatʼiy ogohlantirib dedi:
— Menga qara! Bu toʻgʻrida birovga ogʻiz ocha koʻrma. Borib, oʻzingni ruhoniyga#1:43-44 ruhoniy — Quddusdagi Maʼbadda xizmat qiladigan eʼtiborli din rahnamosi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi RUHONIY soʻziga qarang. koʻrsat. Poklanganingni hammaga isbot qilish uchun#1:43-44 Poklanganingni hammaga isbot qilish uchun… — yoki Men Xudoning qonuniga jiddiy qarashimni ruhoniylar koʻrishlari uchun…. Muso amr qilgan qurbonliklarni keltir#1:43-44 …oʻzingni ruhoniyga koʻrsat…Muso amr qilgan qurbonliklarni keltir — Levilar 14:1-32 ga qarang..
Shu soʻzlar bilan Iso uni darhol joʻnatib yubordi.
45Oʻsha odam esa ketayotib, roʻy bergan hodisani bemalol har yoqqa yoya boshladi. Shu bois Iso biror shaharga ochiqchasiga bora olmay qoldi. Aksincha, shahardan tashqarida, kimsasiz joylarda yashaydigan boʻldi. Shunga qaramay, xaloyiq har tomondan Uning oldiga kelar edi.
Currently Selected:
Mark 1: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020