Mixo 7
7
7–BOB
Mixoning marsiyasi
1Shoʻrim quridi!
Yozgi mevalar yigʻib olingach,
Uzumzor hosili yigʻishtirilgach,
Toklardan bir bosh uzum ham topa olmagan,
Bir dona anjirga zor boʻlgan odamdayman men.
2Xudojoʻy yoʻq boʻldi bu yurtda,
Toʻgʻri odam qolmadi insonlar orasida.
Qon toʻkaman deb, odamlar bir–birini poylaydi,
Hattoki qarindosh qarindoshiga tuzoq qoʻyadi.
3Yomonlik qilishga ustadir ular.
Amaldoru qozilari pora olishadi,
Boylari xohlaganini qildirishadi,
Birgalikda ular haqiqatni buzib koʻrsatishadi.
4Ularning himmatlisi yantoqqa oʻxshaydi,
Vijdonlisi bir uyum tikandan qolishmaydi.
Ey xalqim,
Soqchilar#7:4 Soqchilar — Xudo Oʻz xalqini ogohlantirib, tavba qilishga undash uchun yuborgan paygʻambarlar nazarda tutilgan. sizlarga eʼlon qilgan kun yaqinlashdi,
Ha, jazo oladigan kuningiz yetib keldi.
Hammangiz sarosimaga tushadigan vaqt boʻldi.
5Doʻstingizga suyanmang,
Sherigingizga ishonmang,
Quchogʻingizda xotiningiz yotganda,
Qulf soling ogʻzingizga.
6Oʻgʻil oʻz otasini xoʻrlaydi,
Qiz onasining yuziga sapchiydi,
Kelin qaynanasiga dushmanlik qilar.
Sizning dushmanlaringiz — oʻz uyingizdagilar.
7Men esa Egamga tikaman koʻzlarimni,
Umid ila kutaman najotkorim Xudoni,
Albatta eshitar Xudoyim meni.
Xalq Egamizga yuz buradi
8Holimni koʻrib shod boʻlmangiz, ey gʻanimlar!
Yiqilganimda oʻzim turib olarman.
Zulmatda oʻtirganimda,
Menga nur sochar Egam.
9Gunoh qildim men Egamga qarshi,
Uning qahriga dosh beraman endi.
Bir kun kelib, U mening tarafimni oladi,
Mening haqligimni isbot etadi.
Yorugʻlikka olib chiqadi U meni,
Men koʻraman Xudoning adolatini.
10Ey dushmanlarim, albatta buni koʻrasiz.
“Egang Xudo qani?!” deb meni masxara qildingiz,
Endi siz sharmandayi sharmisor boʻlasiz.
Men koʻzlarim bilan koʻraman sizning qulashingizni,
Oyoq osti boʻlasizlar koʻchadagi loy kabi.
Isroilning qayta tiklanishi haqida bashorat
11Ey Quddus, kelar shunday zamonlar:
Sening devorlaring qayta qurilar,
Kengayib ketadi sening hududing.
12Oʻsha kuni xalqing qaytib keladi#7:12 Oʻsha kuni xalqing qaytib keladi — Ishayo 11:11-12, 27:12-13, Zakariyo 10:8-10 ga qarang..
Ular Ossuriyadan Misrgacha,
Misrdan Furot daryosigacha boʻlgan
Barcha oʻzga yurtlardan,
Uzoq dengiz sohillaridan,
Olis togʻlar bagʻridan kelishadi.
13Boshqa xalqlarning yurtlari esa
Oʻz qilmishlari dastidan xarobazorga aylanadi.
Mixoning iltijosi va Egamizning javobi
14Ey Egam, Oʻz xalqingning choʻponi boʻlgin,
Oʻz suruvingni tayogʻing bilan boshqargin,
Ularning yon–atrofi koʻm–koʻk yaylovlar,
Ular esa chakalakzorda yashayaptilar#7:14 …chakalakzorda yashayaptilar — vayronaga aylangan shohlikning majoziy ifodasi (3:12 ga qarang)..
Uzoq oʻtmishdagiday ularni oʻtlatgin,
Bashan va Gilad#7:14 Bashan va Gilad — Iordan daryosining sharq tomonidagi yerlar boʻlib, oʻzining koʻm–koʻk yaylovlari va nasldor, sogʻlom chorvasi bilan mashhur edi. yaylovlarida ularni toʻygʻazgin.
15Egamiz demoqda:
“Men sizlarni Misrdan olib chiqqan kunlarimday,
Sizlarga Oʻz ajoyibotlarimni yana koʻrsataman.”
16Ey Egam, ajoyibotlaring oldida
Xalqlar buyuk lashkarlarining ojizligini koʻrib,
Oʻzlari sharmanda boʻladilar.
Qoʻllari bilan yuzlarini berkitadilar.
Ularning quloqlari garang boʻlib qoladi.
17Ilon kabi ular tuproq yalaydi,
Sudraluvchi maxluqlar kabi tuproq oshaydi.
Ey Egamiz Xudo, ular titrab–qaqshab,
Oʻz uyalaridan Sening oldingga chiqadilar.
Sening huzuringda dahshatga tushadilar.
18Ey Xudo, Senga oʻxshashi bormikan?!
Xalqingdan omon qolganlarning
Gunohlarini Sen kechirasan,
Ularning itoatsizligini afv etasan.
To abad gʻazablanmassan xalqingdan,
Zavq olasan Oʻzing mehr–shafqat koʻrsatishdan.
19Sen bizga yana rahm qilasan.
Ayblarimizni yerga koʻmib yuborasan,
Gunohlarimizni dengiz tubiga uloqtirasan.
20Qadimda ota–bobolarimizga ont ichganingday#7:20 …ota–bobolarimizga ont ichganingday… — Ibtido 12:1-3, 18:18-19, 22:15-18, 28:10-15 ga qarang.,
Sen Yoqub avlodiga sadoqatli boʻlasan,
Ibrohim nasliga soʻnmas sevgingni koʻrsatasan.
Currently Selected:
Mixo 7: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

:
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020