YouVersion Logo
Search Icon

Mixo 5

5
5–BOB
Xudo Baytlahmlik Hukmdorni vaʼda qiladi
1Ey Quddus, yiqqin lashkaringni!
Gʻanimlar bizni qurshovga oldi!#5:1 Gʻanimlar bizni qurshovga oldi! — 4:10 ning ikkinchi izohiga qarang.
Ular Isroil hukmdorining betiga tayoq bilan uradi#5:1 …betiga tayoq bilan uradi — yoki …betiga saltanat hassasi bilan uradi. Saltanat hassasi kuch–qudrat va hukmronlik ramzi edi. Bu oʻrinda Dovud zurriyotidan boʻlgan shohning butunlay magʻlub boʻlishi va xor qilinishi anglashiladi..
2Ammo Egamiz demoqda:
“Ey Efratdagi Baytlahm,
Sen Yahudoning mitti shahri boʻlsang ham,
Isroilni Men uchun boshqaradigan zot sendan chiqadi#5:2 …sendan chiqadi — Xudo vaʼda qilgan hukmdor, yaʼni Masih, shoh Dovud zurriyotidan kelib chiqadi. Shoh Dovud ham Baytlahmda tavallud topgan edi (1 Shohlar 17:12 ga qarang). Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi MASIH soʻziga qarang..
Uning nasabi qadimlarga borib taqaladi.”
3Ha, Egamiz Isroil xalqini bir muddatga dushmanlarga taslim qiladi,
Ammo bu hol uzoq davom etmaydi.
Homilador ayolning koʻzi yoriganda,
Boʻlgʻusi hukmdorning birodarlari surgundan qaytadi.
Ular Isroil xalqi bilan birlashadi.
4Egamizning qudrati ila oʻsha hukmdor suruvini boqadi,
Oʻz Egasi Xudoning ulugʻvorligi ila ularni boshqaradi.
Isroil xalqi xatarsiz yashaydi,
Axir, hukmdorining dovrugʻi butun dunyoga yoyiladi.
5-6Oʻsha zot tinchlik oʻrnatuvchi boʻladi.
Mabodo Ossuriyaliklar#5:5-6 Ossuriya — qadimgi qudratli shohlik. Uning poytaxti Naynavo shahri hozirgi Iroqning shimolida joylashgan edi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi OSSURIYA soʻziga qarang. Bu oyatda Mixo paygʻambar aynan Ossuriya shohligini emas, balki ramziy maʼnoda Xudoga va Uning aziz xalqiga qarshi chiqqan dushmanlarni nazarda tutgan boʻlishi mumkin. Mixo Ossuriyani Nimroʻdning yeri deb atashi ham shundan dalolat beradi, chunki Nimroʻd sharqda asos solgan qudratli shohlik doim Isroil yurtiga tajovuz qilib kelgan (Ibtido 10:8-12 ga qarang).
Yurtimizga bostirib kelsa,
Chegaramizga qadam bossa,
Hukmdorimiz bizni himoya qiladi.
Ha, Ossuriyaliklar
Yurtimizga bostirib kelsa,
Qalʼalarni ular yorib oʻtsa,
Biz ularga qarshi yetti yoʻlboshchini tanlaymiz,
Hatto sakkiz rahnamoni tayinlaymiz.
Ular qilich koʻtarib, Ossuriya ustidan hukmronlik qilishadi,
Nimroʻdning yerida oʻz hukmini oʻtkazishadi.
7Koʻp xalqlar orasida
Yoqub naslining#5:7 Yoqub nasli — 2:12 izohiga qarang. omon qolganlari
Egamiz osmondan tushiradigan
Shudringday boʻlishadi,
Maysalarni sugʻoradigan
Yomgʻirga oʻxshagan boʻlishadi.
Ularni hech kim toʻxtata olmaydi,
Ular dushmanlari ustiga bostirib borishadi.
8Ha, koʻp xalqlar orasida
Yoqub naslining omon qolganlari
Oʻrmon hayvonlari orasidagi
Arslonday boʻlishadi,
Qoʻy suruvi orasiga kirib qolgan
Sher bolasiga oʻxshagan boʻlishadi.
Yurgan yoʻllarida hammaga tashlanib gʻajishadi,
Ularga hech kim bas kela olmaydi.
9Ey Isroil, sening qoʻling yovlardan baland keladi,
Barcha dushmanlaring qirilib ketadi.
Egamiz Oʻz xalqini poklaydi
10Egamizning kalomi shudir:
“Oʻsha kuni otlaringizni Men yoʻq qilaman,
Jang aravalaringizni parcha–parcha etaman.
11Vayron qilaman yurtingiz shaharlarini,
Yakson etaman jamiki qalʼalaringizni.
12Yurtingizda sehr–joduga barham beraman,
Orangizda bironta folbinni qoldirmayman.
13Tasviru butsimon toshlaringizni yoʻq qilaman,
Boshqa sajda qilmaysiz qoʻlingiz ijodiga.
14Asheraga#5:14 Ashera — Kanʼondagi xalqlar sajda qilgan hosildorlik xudosi boʻlib, ayol qiyofasida tasavvur qilingan. Uning erkak jufti Baal edi. Asheraning tasvirlari baland ustun shaklida boʻlib, yogʻochdan yasalgan edi. atalgan ustunlarni qoʻporib tashlayman,
Shaharlaringiz kulini koʻkka sovuraman.
15Menga itoat qilmagan
Xalqlar ustiga qahru gʻazabimni yogʻdirib,
Qasos olaman.”

Currently Selected:

Mixo 5: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in