YouVersion Logo
Search Icon

Matto 7

7
7–BOB
Boshqalarni hukm qilmanglar
1Boshqalarni hukm qilishni bas qilinglar, shunda Xudo ham sizlarni hukm qilmaydi. 2Sizlar boshqalarni qanday hukm qilsangizlar, Xudo ham sizlarni xuddi shunday hukm qiladi. Sizlar boshqalarni hukm qilganda qanday oʻlchovdan foydalansangizlar, Xudo ham sizni hukm qilganda xuddi oʻshanday oʻlchovdan foydalanadi. 3Nega sen birodaringning koʻzidagi zirapchani koʻrasan–u, oʻz koʻzingdagi xodani sezmaysan? 4Oʻz koʻzingda xoda boʻla turib, qanday qilib birodaringga: «Kel, koʻzingdagi zirapchani olib tashlay», deb aytasan? 5Hoy, ikkiyuzlamachi! Oldin koʻzingdagi xodani chiqarib ol, shunda koʻzing tiniq koʻradi va birodaringning koʻzidan zirapchani chiqara olasan.
6Muqaddas boʻlgan narsani koʻppaklarga bermang, marvaridlaringizni choʻchqalar oldiga tashlamang. Aks holda, ular muqaddas narsalaringizni oyoq osti qilib, oʻzingizni ham tilka–pora qiladilar!
Xudodan soʻranglar
7Soʻrang, sizga beriladi. Izlang, topasizlar. Taqillating, eshik ochiladi. 8Chunki soʻragan har bir odam oladi, izlagan topadi, taqillatganga eshik ochiladi. 9Orangizdan qaysi bir ota oʻgʻli non soʻraganda, unga non oʻrniga tosh beradi? 10Yoki baliq soʻraganda, unga baliq oʻrniga ilon beradi? 11Sizlar gunohkor boʻla turib bolalaringizga yaxshi hadyalar bera olar ekansiz, osmondagi Otangiz ham Undan soʻraganlarga aʼlo neʼmatlar berishga qanchalar tayyor!
12Odamlar sizlarga nima qilishlarini istasangiz, sizlar ham ularga oʻshani qilinglar. Tavrot va paygʻambarlar taʼlimotining#7:12 Tavrot va paygʻambarlar taʼlimoti — 5:17 izohiga qarang. magʻzi shundadir.
Najot eshigi tordir
13Tor eshikdan kiringlar! Chunki halokatga olib boradigan darvoza enli, yoʻli ham kengdir. Bu yoʻldan yurayotganlar koʻp. 14Hayotga olib boradigan eshik esa juda tor, yoʻli ensizdir. Bu yoʻlni topadiganlar oz.
Daraxt va uning mevasi
15Soxta paygʻambarlardan ehtiyot boʻlinglar! Ular sizning oldingizga qoʻy poʻstinida keladilar, lekin ichlaridan yirtqich boʻrilardir. 16Ularning kimligini qilgan ishlaridan bilib olasiz. Axir, tikanzordan uzumni, yantoqdan anjirni terib boʻlmaydi–ku! 17Har bir yaxshi daraxt yaxshi meva beradi, yomon daraxt esa yomon meva beradi. 18Yaxshi daraxt yomon meva berolmaydi, yomon daraxt ham yaxshi meva berolmaydi. 19Yaxshi meva bermaydigan har bir daraxt esa kesilib, olovga tashlanadi. 20Shunday qilib, soxta paygʻambarlarni mevalaridan bilib olasiz.
21Meni «Yo Rabbiy, yo Rabbiy!» deb chaqirgan har kim Osmon Shohligiga kiravermaydi. U yerga faqat osmondagi Otamning irodasini bajargan odamlargina kiradi. 22Qiyomat kunida koʻplar Menga shunday deydilar: «Yo Rabbiy, yo Rabbiy, biz Sening noming bilan vaʼz qilgan edik! Sening noming bilan jinlarni quvib chiqargandik! Sening noming bilan koʻp moʻjizalar qilgan edik–ku!» 23Men esa ularga deyman: «Men sizlarni aslo tanimayman! Yoʻqolinglar, ey badkirdorlar!»
Dono va ahmoq binokor
24Kim Mening bu soʻzlarimni eshitib, ularga amal qilsa, uyini tosh ustiga qurgan dono odamga oʻxshaydi. 25Yomgʻir yogʻib, sellar toshib, shamollar esib, oʻsha uyni bosib qolibdi. Lekin tosh ustiga oʻrnatilgani uchun uy qulamabdi. 26Biroq kim Mening bu soʻzlarimni eshitib, ularga amal qilmasa, oʻz uyini qum ustiga qurgan ahmoq odamga oʻxshaydi. 27Yomgʻir yogʻib, sellar toshib, shamollar esib, oʻsha uyni bosib qolibdi. Uy qulab, butunlay vayron boʻlibdi!”
28Iso bu gaplarini aytib boʻlgandan keyin, olomon Uning taʼlimotidan hayratga tushdi. 29Chunki Iso Tavrot tafsirchilariday#7:29 Tavrot tafsirchilari — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Tavrot tafsirchilari va farziylar. emas#7:29 …Tavrot tafsirchilariday emas… — odatda bu odamlar taʼlim berganda oʻz taʼlimotlarini asoslab berish maqsadida avval yashab oʻtgan eʼtiborli, obroʻli muallimlarning soʻzlarini misol qilib keltirar edilar, ammo Iso bunday qilmagan., balki hokimiyat egasi kabi taʼlim berar edi.

Currently Selected:

Matto 7: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy