YouVersion Logo
Search Icon

Matto 4

4
4–BOB
Isoni iblis vasvasaga soladi
1Iblisning sinovidan oʻtishi uchun Muqaddas Ruh Isoni sahroga boshlab ketdi. 2Iso qirq kun va qirq kecha roʻza tutdi, oxiri och qoldi. 3Shunda iblis#4:3 iblis — yunoncha matnda vasvasaga soluvchi, iblisga nisbatan aytilgan ibora. kelib, Isoni vasvasaga solmoqchi boʻlib dedi:
— Agar Sen Xudoning Oʻgʻli#4:3 Xudoning Oʻgʻli — Iso Masihning unvoni. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi XUDONING OʻGʻLI iborasiga qarang. boʻlsang, bu toshlarga buyur, nonga aylansin!
4Iso unga javoban dedi:
— Yozilganki: “Inson faqat non bilan emas, balki Xudoning ogʻzidan chiqqan har bir soʻz bilan yashaydi.”#4:4 Qonunlar 8:3 ga qarang.
5Keyin iblis Isoni muqaddas shahar Quddusga olib bordi. Uni Maʼbadning eng yuqori joyiga chiqarib, 6shunday dedi:
— Agar Sen Xudoning Oʻgʻli boʻlsang, Oʻzingni pastga tashla. Axir, yozilgan–ku:
“U Sen toʻgʻringda farishtalariga amr beradi,
Oyogʻing toshga qoqilib ketmasin deya,
Farishtalar qoʻllarida Seni koʻtarib boradi.”#4:6 Zabur 90:11-12 ga qarang.
7Iblisga Iso dedi:
— “Egang Xudoni sinama”#4:7 Qonunlar 6:16 ga qarang., deb ham yozilgan.
8Soʻng Isoni iblis baland bir toqqa olib chiqdi. Unga olamning barcha shohliklarini hamda ularning hashamatini koʻrsatib, 9dedi:
— Agar tiz choʻkib menga sajda qilsang, bularning hammasini Senga beraman.
10Shunda Iso dedi:
— Yoʻqol koʻzimdan, shayton! Axir: “Egang Xudoga sajda qil, faqat Unga xizmat qil”#4:10 Qonunlar 6:13 ga qarang., deb yozilgan–ku!
11Shundan keyin Isoni iblis tark etdi. Farishtalar kelib, Isoga xizmat qildilar.
Iso Jalilada xizmatini boshlaydi
12Iso Yahyoning hibsga olinganini#4:12 Yahyoning hibsga olingani — 14:3-5 ga qarang. eshitgach, Jalila hududiga qaytib bordi. 13U Nosira shahrida qolmay, Kafarnahumga borib oʻrnashdi. Kafarnahum shahri Zabulun va Naftali hududidagi#4:13 Zabulun va Naftali hududi — qadimgi Falastinning shimolida boʻlib, Eski Ahd davrida Zabulun va Naftali qabilalari shu yerlarda yashardi, Iso davrida esa u yerlarda koʻplab gʻayriyahudiylar istiqomat qilardi. Jalila koʻli boʻyida joylashgan edi. 14Shunday qilib, Ishayo paygʻambarning aytgan quyidagi soʻzlari bajo boʻldi:
15“Ey Zabulun va Naftali yurti!
Ey dengiz boʻyidagi yerlar va Iordanning narigi tomonidagi oʻlka!
Ey gʻayriyahudiylar Jalilasi!
16Zulmatda yurgan xalq yorqin ziyoni koʻrdi,
Oʻlim soya solgan yurt aholisi ustiga nur sochildi.”#4:15-16 Ishayo 9:1-2 oyatlarga va Ishayo 9:1 ning izohlariga qarang.
17Shu kundan boshlab Iso: “Tavba qilinglar, chunki Osmon Shohligi yaqinlashdi”, deb vaʼz qiladigan boʻldi.
Isoning dastlabki shogirdlari
18Iso Jalila koʻli boʻylab ketayotgan edi, ikki aka–ukani koʻrib qoldi. Birining ismi Butrus deb ataluvchi Shimoʻn, ukasiniki Endrus edi. Ular baliqchi boʻlib, koʻlga toʻr tashlayotgan edilar. 19Iso ularga dedi: “Ortimdan yuringlar, Men sizlarga odamlarni ovlashni oʻrgataman.” 20Ular oʻsha zahotiyoq toʻrlarini tashlab, Isoga ergashdilar.
21Iso bir oz yurgandan keyin, Yoqub va Yuhanno degan ikki aka–ukani koʻrib qoldi. Ular otasi Zabadiyo bilan birga qayiqda toʻr yamayotgan edilar. Iso ularni ham chaqirdi. 22Ular ham darhol qayiqni va otasini qoldirib, Isoning orqasidan ergashdilar.
Iso xalqqa taʼlim beradi va xastalarni sogʻaytiradi
23Iso butun Jalila hududini kezib yurardi. U sinagogalarda taʼlim berib, Osmon Shohligi toʻgʻrisidagi Xushxabarni eʼlon qilardi, odamlarning har xil xastaliklari va dardlariga shifo berar edi. 24Iso haqidagi xabar butun Suriyaga#4:24 Suriya — Rim imperiyasiga qarashli boʻlib, Jalila hududining shimolida, chegaradosh viloyat edi. yoyildi. Turli–tuman dardu illatlardan qiynalib yurganlarni, jinga chalinganlarni, tutqanoq va shol kasaliga yoʻliqqanlarning hammasini Isoning oldiga keltirishardi. Iso ularning hammasiga shifo berardi. 25Jaliladan, Dekapolis hududidan#4:25 Dekapolis hududi — Samariya va Jaliladan sharqda joylashgan. Yunonchada Dekapolis nomining maʼnosi — oʻnta shahar. Dekapolis hududida Yunon va Rim madaniyatlarining markazi boʻlgan oʻnta shahar bor edi., Quddusdan, Yahudiyadan va Iordanning narigi tomonidagi yerlardan koʻplab odamlar Isoga ergashib kelardi.

Currently Selected:

Matto 4: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy