Matto 23
23
23–BOB
Soxta va chin taqvodorlik
1Shundan keyin Iso olomonga va shogirdlariga gapirdi: 2“Qonunni izohlash huquqi Tavrot tafsirchilari va farziylarga berilgan. 3Shu bois ularga quloq solinglar, aytganini qilinglar, ammo qilganini qilmanglar! Chunki ular oʻzlari aytganlarni qilmaydilar. 4Ular koʻtarib boʻlmaydigan ogʻir yukni birovlarga yuklaydilar, oʻzlari esa yordam berish uchun hatto barmogʻini ham qimirlatmaydilar. 5Hamma ishlarini boshqalar koʻrsin deb qiladilar. Peshanalariga taqqan nishonalarini kattaroq, kiyimlarining popuklarini#23:5 Peshanalariga taqqan nishonalari…kiyimlarining popuklari… — bu nishona va popuklarni erkaklar oʻzlarining Xudoga bagʻishlanganlarini koʻrsatish uchun taqib yurardilar. Nishona odatda teridan tikilgan kichkina quti boʻlib, uning ichida Tavrotdan yozib olingan muhim oyatlar bor edi. Xudo Oʻz xalqiga, Mening amrlarimni yodda tutib, ularga rioya qilinglar, amrlarimni farzandlaringizga oʻrgatinglar, deb popuklar osib yurishni va nishonalar taqib yurishni buyurgan edi (Sahroda 15:37-40, Qonunlar 6:8, 11:18 ga qarang). Iso Masih bu amrga itoat etishni emas, balki inson yuragidagi magʻrurlikni, gunohga moyil boʻlgan oʻy–xayollarni ayb deb bilardi. uzunroq qiladilar. 6Shuningdek, ziyofatlarda toʻrga chiqishni va sinagogalarda yaxshi joylarda oʻtirishni yoqtiradilar. 7Bozorlarda odamlar ularga salom berishlarini, «ustoz» deb murojaat etishlarini yaxshi koʻradilar.
8Ammo sizlarni hech kim «ustoz» deb chaqirmasin, chunki hammangizning bitta Ustozingiz bor. Sizlar esa bir teng birodaru opa–singilsizlar. 9Yer yuzida hech kimni ota deb aytmang, chunki sizlarning samoda yagona Otangiz bor. 10Hech kim sizlarni «yoʻlboshchi» deb ham aytmasin, chunki sizlarning yakkayu yagona yoʻlboshchingiz Masihdir. 11Orangizda kim bosh boʻlsa, sizlarga xizmat qilsin. 12Zotan, oʻzini oʻzi yuksaltirgan kamsitiladi, oʻzini past tutgan esa yuksaltiriladi.
Iso Tavrot tafsirchilariga va farziylarga taʼna qiladi
13-14Holingizga voy, ey tafsirchilar va farziylar! Sizlar ikkiyuzlamachisizlar! Axir, sizlar odamlar kirmasin deb, Osmon Shohligi eshiklarini berkitib qoʻyyapsizlar. U yerga oʻzlaringiz ham kirmayapsizlar, kirmoqchi boʻlganlarni ham kirgizmayapsizlar#23:13-14 Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻzlar 14–oyatni tashkil etib, qoʻshimcha qilingan: Holingizga voy, ey tafsirchilar va farziylar! Sizlar ikkiyuzlamachisizlar! Axir, sizlar bevalarning uy–joylarini tortib olasizlar, xoʻja koʻrsinga uzoq duo oʻqiysizlar. Shuning uchun nihoyatda qattiq jazoga mubtalo boʻlasizlar..
15Holingizga voy, ey tafsirchilar va farziylar! Sizlar ikkiyuzlamachisizlar! Axir, sizlar hech boʻlmasa bir kishini oʻz diningizga kiritish uchun dengizu quruqlikni kezib chiqasizlar. Niyatingizga erishganingizda esa, uni oʻzingizdan besh battar doʻzaxi odam qilasizlar.
16Ey koʻr yetakchilar, holingizga voy! Sizlar: «Kim Maʼbad haqi deb qasam ichsa, u qasamini bajarmasa ham boʻladi, ammo kim Maʼbad oltini haqi deb qasam ichsa, oʻz qasamini bajarishi shart», deysiz. 17Hoy koʻr nodonlar! Qaysi biri buyukroq: Maʼbadning oltinimi yoki oltinni muqaddas qilgan Maʼbadning oʻzimi?! 18Yana sizlar shunday deb aytasizlar: «Kim qurbongoh haqi deb qasam ichsa, u qasamini bajarmasa ham boʻladi, ammo kim qurbongohdagi qurbonlik haqi deb qasam ichsa, qasamini bajarishi shart», deysizlar. 19Shu qadar koʻr boʻlmasangiz–a! Qaysi biri buyukroq: qurbonlikmi yoki qurbonlikni muqaddas qilgan qurbongohmi? 20Axir, qurbongoh haqi deb qasam ichgan, ham qurbongohning oʻzi, ham undagi barcha qurbonliklar haqi qasam ichgan boʻladi–ku! 21Maʼbad haqi deb qasam ichgan esa, ham Maʼbadning oʻzi, ham Maʼbadda yashaydigan Xudo haqi qasam ichgan boʻladi. 22Osmon haqi deb qasam ichgan esa, osmondagi Xudoning taxti va taxtda oʻtirgan Xudoning Oʻzi haqi qasam ichgan boʻladi.
23Holingizga voy, ey tafsirchilar va farziylar! Sizlar ikkiyuzlamachisizlar! Sizlar yalpiz, ukrop va ziradan ushr#23:23 ushr — har qanday daromadning oʻndan bir qismi. Levilar 27:30-33, Qonunlar 14:22-29, 26:12-13 ga qarang. berasizlar, ammo qonunning adolat, shafqat va imon kabi eng muhim taʼlimotlarini pisand qilmaysizlar. Bularning birini bajara turib, ikkinchisini ham tashlab qoʻymasligingiz kerak edi. 24Hoy koʻr yetakchilar! Sizlar ichimligingizdan chivinni suzib olasizlar#23:24 …ichimligingizdan chivinni suzib olasizlar… — harom boʻlib qolmaslik uchun ular hatto eng kichkina hasharotni suzib olardilar (Levilar 11:20-23 ga qarang), ammo harom boʻlgan tuyani butunligicha yutib yuborardilar (Levilar 11:4 ga qarang)., ammo tuyani butunligicha yutib yuborasizlar!
25Holingizga voy, ey tafsirchilar va farziylar! Sizlar ikkiyuzlamachisizlar! Sizlar piyolayu laganingizning sirtini tozalaysizlar–u, ammo ichi ochkoʻzlik va xudbinlikka toʻla. 26Ey koʻr farziy! Sen, avvalo, piyola va laganning ichini tozalab ol, shunda ularning sirti ham toza boʻladi.
27Holingizga voy, ey tafsirchilar va farziylar! Sizlar ikkiyuzlamachisizlar! Chunki sizlar ohaklangan qabrlarga#23:27 …ohaklangan qabrlarga oʻxshaysizlar… — yahudiylar qabrlarni harom deb bilishardi, shuning uchun qabrga tegib ketgan odam ham harom boʻlardi (Sahroda 19:16 ga qarang). Farziylar tashqi tozalik, diniy poklikka rioya qilib, haqiqiy solihlikka eʼtiborsiz boʻlganlari uchun Xudoning nazarida nopok edilar. Ularning urf–odatlari nafaqat oʻzlarini, balki ularning urf–odatlariga rioya qilgan hamma odamni bulgʻar edi. oʻxshaysizlar: qabrlarning tashqi tomoni chiroyli, ammo ichi murdalarning suyaklariga va har xil iflosliklarga toʻla. 28Shu singari, sizlar ham tashqi tomondan boshqalarga taqvodor boʻlib koʻrinasiz, ammo ichingiz ikkiyuzlamachilikka va gunohga toʻla.
Soxta taqvodorlar oladigan jazo
29Holingizga voy, ey tafsirchilar va farziylar! Sizlar ikkiyuzlamachisizlar! Axir, sizlar paygʻambarlarga maqbaralar qurib, taqvodorlarning qabrlarini bezatib, 30shunday deysizlar: «Agar ota–bobolarimiz davrida biz ham yashaganimizda edi, ularga qoʻshilishib paygʻambarlarning qonini toʻkmagan boʻlardik.» 31Bu bilan sizlar paygʻambarlarni qatl qilganlarning oʻgʻillari ekaningizni tan olyapsizlar. 32Ota–bobolaringiz boshlagan ishni oxiriga yetkazinglar endi!
33Hoy ilonlar, zaharli ilonlar zoti! Sizlar doʻzax jazosidan qanday qochib qutulasiz?! 34Ana shu sababdan Men oldingizga paygʻambarlarni, donishmandu ustozlarni yuboraman. Ammo sizlar ularning baʼzilarini oʻldirasizlar, baʼzilarini xochga mixlaysizlar, boshqalarini esa sinagogalaringizda qamchilab, shaharma–shahar quvgʻin qilasizlar. 35Natijada oʻldirilgan hamma begunoh odamlarning qoni uchun sizlar jazolanasizlar. Aybsiz Hobilning toʻkilgan qonidan tortib, qurbongoh bilan Maʼbad orasida siz oʻldirgan Barxiyo oʻgʻli Zakariyoning#23:35 …Hobil…Zakariyo… — Eski Ahdda bayon qilingan voqealarga koʻra, birinchi oʻldirilgan inson — Hobil, oxirgi oʻldirilgan inson esa Zakariyo edi (Ibtido 4:8, 2 Solnomalar 24:20-22 ga qarang). qoni sizning gardaningizda boʻladi. 36Ha, sizlarga chinini aytaman: bu nasl hamma qotilliklar uchun jazo oladi.
Isoning Quddus uchun nolasi
37Eh Quddus, Quddus! Paygʻambarlarni qatl etib, huzuriga yuborilganlarni toshboʻron qiluvchi shahar! Tovuq oʻz joʻjalarini qanotlari ostiga qanday toʻplasa, Men ham sening xalqingni bir necha marta shunday toʻplamoqchi boʻldim. Lekin sen istamading. 38Ey Quddus aholisi, sizning Maʼbadingiz huvullab qoladi. 39Sizga shuni aytay: «Egamiz nomidan keladigan Inson baraka topsin»#23:39 Zabur 117:26 ga qarang., deb aytmaguningizcha, Meni koʻrmaysizlar.”
Currently Selected:
Matto 23: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: