Levilar 7
7
7–BOB
Ayb qurbonligi
1Ayb qurbonligi gʻoyat muqaddasdir. Uni keltirganda quyidagi qoidaga rioya qilinsin: 2ayb qurbonligi uchun keltiriladigan jonivorni kuydiriladigan qurbonlik boʻgʻizlanadigan joyda soʻyishsin. Uning qonini qurbongohning toʻrtala yon tomoniga sepib chiqishsin. 3Jonivor yogʻining hammasi keltirilsin: dumbasi, ichak–chovoqlarini qoplab turgan yogʻlari, 4ikkala buyragi, buyrak atrofidagi yogʻlari va jigarning aʼlo qismi#7:4 jigarning aʼlo qismi — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi jigarning turtib chiqqan joyi. 3:4 izohiga qarang.. Jigarning aʼlo qismi buyraklar bilan birga ajratib olinsin. 5Ruhoniy bularni olovda kuydirib, Egamizga nazr qilsin. Bu ayb qurbonligidir. 6Ruhoniylar urugʻiga mansub boʻlgan har bir erkak zoti qurbonlikni tanovul qilsa boʻladi. Uni muqaddas joyda tanovul qilishsin#7:6 Uni muqaddas joyda tanovul qilishsin… — 6:16 ga qarang., chunki bu qurbonlik gʻoyat muqaddasdir.
7Ayb qurbonligi uchun ham, gunoh qurbonligi uchun ham qoida bir: qurbonlikning goʻshti gunohdan poklash marosimini olib borgan ruhoniyga tegishli boʻlsin. 8Birovning kuydiriladigan qurbonligini keltirgan ruhoniy oʻziga qurbonlikning terisini olsin. 9Tandirda yopilgan, qozonda yoki tovada tayyorlangan har qanday don nazri ham, uni keltirgan ruhoniyga tegishli boʻlsin. 10Lekin boshqa turdagi don nazrlari, zaytun moyi aralashtirilgan yoki aralashtirilmaganidan qatʼi nazar, Horunning hamma oʻgʻillariga birday tegishli boʻlsin.
Tinchlik qurbonligi
11Egamizga tinchlik qurbonligini keltirganingizda quyidagi qoidaga rioya qiling: 12agar qurbonlikni shukrona aytish uchun keltirayotgan boʻlsangiz, qurbonlik bilan birga zaytun moyi aralashtirilgan xamirturushsiz nonlarni, zaytun moyi surtilgan xamirturushsiz chalpaklarni hamda sifatli un va zaytun moyidan qorib tayyorlangan kulchalarni keltiring. 13Shukrona qurbonligi qatorida xamirturushli nonlarni ham olib keling. 14Nonlarning har bir turidan bittasini Egamizga hadya sifatida taqdim qiling. Bu nonlar tinchlik qurbonligi qonini qurbongohga sepgan ruhoniyniki boʻlsin. 15Shukrona aytish uchun keltirilgan tinchlik qurbonligining goʻshtini oʻsha kuniyoq tanovul qiling. Qurbonlik goʻshtidan ertalabgacha qoldirmang.
16Bordi–yu, qurbonlikni ichgan ontingiz boʻyicha keltirsangiz, yoki koʻngildan chiqarib bersangiz, goʻshtini qurbonlik qilgan kuningiz va qolganini ikkinchi kuni ham yesangiz boʻladi. 17Uchinchi kuni esa qurbonlikning qolgan hamma goʻshtini kuydirib tashlang. 18Agar qilgan tinchlik qurbonligingizning goʻshti uchinchi kuni tanovul qilinsa, qurbonligingiz qabul boʻlmaydi va hisobga oʻtmaydi. Qurbonligingiz bulgʻangan hisoblanib, uning goʻshtidan yegan odam jazoga tortiladi.
19Har qanday nopok narsaga tekkan qurbonlik goʻshti yeyilmasin. Uni kuydirib tashlang. Goʻshtning qolganini esa har bir pok odam tanovul qilishi mumkin. 20Bordi–yu, biror odam harom boʻla turib, Egamizga keltirilgan tinchlik qurbonligining goʻshtidan yesa, oʻz xalqi orasidan yoʻq qilinsin. 21Agar birortangiz odamning nopokligiga, harom hayvonga yoki har qanday jirkanch jonzotga tegib, Egamizning tinchlik qurbonligi goʻshtidan tanovul qilsangiz, xalqingiz orasidan yoʻq qilinasiz.
22Egamiz Muso orqali 23Isroil xalqiga quyidagi qoidalarni berdi: mol, qoʻy va echkining yogʻini aslo yemang. 24Harom oʻlgan yoki yovvoyi hayvon gʻajib tashlagan jonivorning yogʻini har qanday ehtiyojlarga ishlatishingiz mumkin, lekin uni aslo tanovul qilmang. 25Bordi–yu, birortangiz Egamizga atab, olovda kuydiriladigan qurbonlikning yogʻidan yesangiz, xalqingiz orasidan yoʻq qilinasiz. 26Qush yoki hayvonning qonini isteʼmol qilmang. Qayerda yashashingizdan qatʼi nazar, bu amrimga rioya qiling. 27Bordi–yu, birortangiz qon isteʼmol qilsangiz, xalqingiz orasidan yoʻq qilinasiz.
28Egamiz Muso orqali 29Isroil xalqiga quyidagi qoidalarni berdi: tinchlik qurbonligini keltirganingizda, qurbonlikning bir qismini Egamizga taqdim qiling. 30Olovda kuydiriladigan bu nazrni oʻz qoʻlingiz bilan olib keling. Qurbonlikning yogʻi va toʻshini keltiring. Toʻshni Egamizga bagʻishlaganingizni koʻrsatish uchun yuqoriga koʻtaring. 31Ruhoniy yogʻni qurbongoh ustida kuydirsin, toʻsh esa Horun va uning oʻgʻillariniki boʻlsin. 32Tinchlik qurbonligining oʻng sonini ruhoniyga hadya qiling. 33Qurbonlikning qonini keltirgan va yogʻini kuydirgan Horunning oʻgʻliga oʻshani ulush qilib bering. 34Zotan, Isroil xalqi qilgan tinchlik qurbonligining yuqoriga koʻtarilgan toʻshini va hadya qilingan sonini Egamiz Horunga va uning oʻgʻillariga berdi. Bu Isroil xalqidan ularga beriladigan doimiy ulushdir.
35Horun va uning oʻgʻillari Egamiz huzurida ruhoniy boʻlib xizmat qilishlari uchun tayinlangan kundan boshlab, olovda kuydiriladigan qurbonliklardan ularga tegadigan ulush ana shudir. 36Horun va uning oʻgʻillariga moy surtilgan kuni Isroil xalqi bu ulushni ularga berishini Egamiz amr etdi. Avlodlar osha bu ularning doimiy ulushidir.
37Xullas, kuydiriladigan qurbonlik, don nazri, gunoh qurbonligi, ayb qurbonligi, ruhoniylikka tayinlash marosimida keltiriladigan qurbonlik va tinchlik qurbonligiga oid qoidalar shulardan iboratdir. 38Muso Isroil xalqi bilan Sinay togʻi yon bagʻridagi sahroda turgan paytlarida Egamiz ularga bu qurbonliklarni keltira boshlashni buyurgan edi.
Currently Selected:
Levilar 7: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: