Levilar 21
21
21–BOB
Ruhoniylarning muqaddasligi
1Egamiz Muso orqali Horunning ruhoniy oʻgʻillariga shunday dedi: “Ruhoniy qazo qilgan qarindoshining jasadiga tegib oʻzini bulgʻamasin. 2Bordi–yu, marhum ruhoniyning eng yaqin qarindoshi, yaʼni ota–onasi, oʻgʻil–qizi, aka–ukasi, 3shuningdek, turmushga chiqmagan opa–singlisi boʻlsa, ular tufayli bulgʻanishi mumkin. 4Lekin xotini tomonidan birov qazo qilsa, u tufayli oʻzini bulgʻab, murdor boʻlmasin. 5Ruhoniy aza tutganda sochini qirmasin, soqolining uchini qirqmasin, badanini tilmasin#21:5 …sochini qirmasin…badanini tilmasin — 19:27-28 ga va oʻsha oyatlarning izohiga qarang.. 6U Mening oldimda muqaddas boʻlsin, Meni badnom etmasin. Men, Egasiga olovda kuydiriladigan taom nazrlarini keltirgani uchun u muqaddas boʻlsin. 7Fohishalik qilib bulgʻangan yoki eridan ajralgan ayolga uylanmasin. Zotan, ruhoniy Mening oldimda muqaddasdir. 8Xalq ham ruhoniyni muqaddas deb bilsin, chunki Men, Xudoyingizga non keltiradigan oʻshadir. U odamlar uchun muqaddas boʻlsin, zotan, Men, Egangiz, muqaddasman. Xalqimni muqaddas qiladigan Menman. 9Agar ruhoniyning qizi fohishalik qilib oʻzini bulgʻasa, u otasini ham bulgʻagan boʻladi. Unday qizni tiriklayin kuydirish lozim.
10Aka–ukalari orasidan boshiga moy surtib tanlangan oliy ruhoniy ruhoniylik liboslarini kiyish uchun bagʻishlangandir. Shuning uchun u qaygʻudan sochini toʻzitmasin#21:10 …sochini toʻzitmasin… — yoki …bosh yalang yurmasin…., liboslarini ham yirtmasin. 11Jasadning yaqiniga bormasin, hatto vafot etgan ota–onasi tufayli ham oʻzini bulgʻamasin. 12U ota–onasini dafn qilish uchun Muqaddas chodirdan chiqmasin, shu tufayli Mening Chodirimni bulgʻamasin. Zotan, Mening muqaddas qiladigan moyim#21:12 muqaddas qiladigan moy — 8:2 izohiga qarang. uning ustidadir, u Menga bagʻishlangandir. Men Egangizman. 13Oliy ruhoniy faqat bokira qizga uylansin. 14Beva, eridan ajralgan yoki fohishalik qilib bulgʻangan ayolni xotinlikka olmasin. Oʻz qavmidagi bokira qizga uylansin, 15shu tariqa muqaddas naslini haromlikdan asrasin. Men, Egangiz, uni muqaddas qilganman.”
16Egamiz Muso orqali 17Horunga shunday dedi: “Avlodingdan nuqsoni bor biror odam Menga qurbonliklarni keltirmasin. Bunga avlodlar osha rioya qilinglar. 18Nuqsoni bor hech kim yaqinimga kelmasin: koʻr, choʻloq, yuzi shikastlangan, mayib, 19qoʻl–oyogʻi singan, 20bukur, pakana, koʻzida nuqsoni bor, yiringlagan yaralari yoki qoʻtiri bor, moyagi ezilgan odam qurbongohning yaqiniga bormasin. 21Ruhoniy Horun naslidan nuqsoni bor birontasi ham olovda kuydiriladigan nazrlarni Men, Egangizga keltirmoqchi boʻlib yaqinlashmasin. Nuqsoni boʻlgani uchun u Menga taom nazrlarini keltirish uchun yaqinlashmasin. 22U Mening qurbonliklarimni, eng muqaddas va muqaddas nazrlarimni tanovul qilishi mumkin. 23Lekin nuqsoni borligi uchun u Muqaddas xonadagi ichki pardaga va qurbongohga aslo yaqinlashmasin. Aks holda, u muqaddas makonimni bulgʻagan boʻladi. Makonimni muqaddas qiladigan Egangiz Menman.”
24Shunday qilib, Muso bularning hammasini Horun va uning oʻgʻillariga hamda butun Isroil xalqiga aytdi.
Currently Selected:
Levilar 21: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: