Levilar 18
18
18–BOB
Man qilingan jinsiy aloqalar
1Egamiz Muso orqali 2Isroil xalqiga shunday dedi: “Men Egangiz Xudoman. 3Sizlar yashab yurgan Misr xalqining odatlariga va Men sizlarni olib borayotgan Kanʼon yurtidagi xalqlarning odatlariga taqlid qilmanglar. Ularning udumlariga ergashmanglar. 4Faqat Mening qonunlarimga itoat etinglar, qoidalarimni bitta qoldirmay bajaringlar. Zotan, Men Egangiz Xudoman. 5Qonun–qoidalarimga amal qilinglar. Ularga rioya qilgan odam hayotdan bahramand boʻladi. Men Egangizman.
6Tugʻishgan yaqin qarindoshingiz bilan yotmang. Men Egangizman. 7Onangiz bilan yotib, otangizning shaʼniga dogʻ tushirmang. Onangiz boʻlgani uchun u bilan yotmang. 8Otangizning xotini bilan yotmang, bunday qilib otangizning shaʼniga dogʻ tushirmang. 9Tugʻishgan yoki oʻgay opa–singlingiz bilan yotmang. U otangizning qizi yoki onangizning qizi boʻlishidan qatʼi nazar, siz bilan bir uyda katta boʻlgan yoki boshqa joyda oʻsganidan qatʼi nazar, u bilan yotmang. 10Oʻz nevarangiz — oʻgʻlingizning qizi yoki qizingizning qizi bilan yotmang. Bunday qilib oʻz shaʼningizga dogʻ tushirmang. 11Otangizdan tugʻilgan, oʻgay onangizning qizi bilan yotmang, chunki u sizning oʻgay singlingizdir. 12Ammangiz bilan yotmang, chunki u otangizning jigaridir. 13Xolangiz bilan yotmang, chunki u onangizning jigaridir. 14Amakingizning shaʼniga dogʻ tushirib, uning xotini bilan yotmang. Axir, u sizning kelin oyingizdir. 15Keliningiz bilan yotmang. U oʻgʻlingizning xotinidir. 16Aka–ukangizning xotini bilan yotmang. Bunday qilib akangizning shaʼniga dogʻ tushirmang. 17Siz biror ayol bilan yotgan boʻlsangiz, oʻsha ayolning qizi yoki qiz nevarasi bilan yotmang. U oʻgʻlining qizi boʻlsa ham yoki qizining qizi boʻlsa ham u bilan yotmang, ular qondoshdir. Bunday qilish buzuqlikdir. 18Xotiningizning singlisini xotiningizga kundosh qilmang. Xotiningiz tirik ekan, uning singlisi bilan yotmang.
19Hayz koʻrib harom boʻlgan ayol bilan yotmang. 20Qoʻshningizning xotini bilan jinsiy aloqa qilib, oʻzingizni bulgʻamang. 21Bolalaringizning birortasini Moʻlaxga qurbonlik qilmang#18:21 Bolalaringizning birortasini Moʻlaxga qurbonlik qilmang… — ibroniycha matndan. Qadimiy yunoncha tarjimada Bolalaringizning birortasini Moʻlaxga xizmat qildirmang…., axir, Men Egangizman. Bunday qilmish bilan Men, Xudoyingizni badnom qilmang. 22Ayol bilan yotganday, erkak kishi bilan yotmang. Bu jirkanchdir. 23Hayvon bilan jinsiy aloqa qilib, oʻzingizni bulgʻamang. Ayol kishi ham oʻzini hayvonga qoʻyib berib, u bilan jinsiy aloqa qilmasin. Bu oʻtaketgan razillikdir.
24Bunday ishlar qilib oʻzingizni bulgʻamang. Men oldingizdan haydayotgan xalqlar mana shunday ishlari tufayli bulgʻangan edilar. 25Natijada butun yurt harom boʻlib ketdi. Men yurtni jazoladim, yurt esa u yerning xalqlarini qusib yubordi. 26Sizlar Mening qonun–qoidalarimga rioya qilinglar. Isroil xalqidan boʻlganlar va orangizda yashayotgan musofirlar bunday jirkanch ishlarni qilmasin. 27Zotan, sizlardan oldin mana shu yurtda yashagan xalqlar bu jirkanch ishlarning hammasini qilib, yurtni bulgʻagan edilar. 28Agar sizlar ham yurtni bulgʻasangiz, bu yurt oldingi xalqlarni qusib yuborganday sizlarni ham qusib yuboradi. 29Bunday jirkanch ishni qilgan har qanday odam xalq orasidan yoʻq qilinsin.
30Xullas, talablarimni bajaringlar. Sizlardan oldin bu yurtda qilingan jirkanch ishlarni qilib, oʻzingizni bulgʻamanglar. Zotan, Men Egangiz Xudoman.”
Currently Selected:
Levilar 18: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: