Levilar 15
15
15–BOB
Odamni harom qiladigan narsalar
1Egamiz Muso va Horun orqali 2Isroil xalqiga quyidagi qoidalarni berdi: kasallik tufayli biror erkakning jinsiy aʼzosidan ajralmalar oqsa, u odam harom boʻladi. 3Ajralma oqishi davom etsa ham, yoʻli yopilgandan tana ichida qolsa ham, odam harom hisoblanadi. 4Bunday odam toʻshakka yotsa, toʻshak harom boʻladi, u oʻtirgan har qanday joy ham harom hisoblanadi. 5Uning toʻshagiga tekkan har qanday odam kiyimlarini yuvsin, oʻzi ham yuvinsin, u kechgacha harom boʻladi. 6Ajralmasi oqqan odam oʻtirgan joyga kim oʻtirsa, kiyimlarini yuvsin, oʻzi ham yuvinsin, u kechgacha harom boʻladi. 7Ajralmasi oqqan odamga tekkan har kim kiyimlarini yuvsin, oʻzi ham yuvinsin, u kechgacha harom boʻladi. 8Ajralmasi oqqan odam pok odamga tupursa, pok odam kiyimlarini yuvsin, oʻzi ham yuvinsin, u kechgacha harom boʻladi. 9Ajralmasi oqqan odam egarda oʻtirgan boʻlsa, egar harom hisoblanadi. 10Bunday odamning oʻtirgan narsasiga tekkan har kim kechgacha harom boʻladi. Kim oʻsha narsani koʻtarib borsa, kiyimlarini yuvsin, oʻzi ham yuvinsin, u kechgacha harom boʻladi. 11Ajralmasi oqqan odam qoʻlini yuvmasdan kimga tegsa, oʻsha odam kiyimlarini yuvsin, oʻzi ham yuvinsin, u kechgacha harom boʻladi. 12Ajralmasi oqqan odam tekkan har qanday sopol idish sindirib tashlansin, yogʻoch idish esa yuvilsin.
13Ajralmasi oqqan odam kasalligidan xalos boʻlgach, yetti kun kutsin. Soʻng kiyimlarini yuvib, buloq suvida yuvinsin va u pok boʻladi. 14Sakkizinchi kuni u ikkita kaptar yoki ikkita musichani Egamizning huzuriga, Uchrashuv chodiri kiraverishiga olib kelib, ruhoniyga bersin. 15Ruhoniy qushlarning bittasini gunoh qurbonligi, ikkinchisini esa kuydiriladigan qurbonlik qilsin. Shu tariqa ruhoniy ajralmasi oqqan odamni Egamizning huzurida haromligidan poklasin.
16Agar biror erkakdan maniy oqsa, u butun badanini yuvsin. U kechgacha harom boʻladi. 17Maniy tekkan har qanday kiyim va charm yuvilsin, oʻsha narsalar kechgacha harom boʻladi. 18Erkak ayol bilan yotgandan keyin, erkakdan maniy oqsa, ikkovi ham yuvinishsin. Ular kechgacha harom boʻladilar.
19Ayol kishi hayz koʻrib, badanidan qon oqqanda, u yetti kun davomida harom hisoblanadi. Unga tekkan odam ham kechgacha harom boʻladi. 20Ayol haromligida yotgan va oʻtirgan hamma narsa haromdir. 21Uning toʻshagiga tekkan odam kiyimlarini yuvsin, oʻzi ham yuvinsin. U kechgacha harom boʻladi. 22Ayol oʻtirgan buyumga tekkan odam ham kiyimlarini yuvib, oʻzi ham yuvinsin. U kechgacha harom boʻladi. 23Bordi–yu, ayolning toʻshagi yoki oʻtirgan buyumi ustida biron narsa boʻlsa, oʻsha narsaga tekkan odam ham kechgacha harom boʻladi. 24Agar erkak hayz koʻrgan ayol bilan yotsa, ayolning haromligi erkakka oʻtgan boʻladi. Erkak ham yetti kun davomida harom boʻlib, u yotgan har bir toʻshak harom hisoblanadi.
25Agar ayolning hayz koʻrgan paytdan tashqari qoni kelsa va bu ahvol uzoq vaqt davom etsa yoki hayz koʻrgan davri choʻzilib ketsa, qon toʻxtaguncha ayol harom hisoblanadi. U hayz koʻrgan kunlariday harom boʻladi. 26Oʻsha vaqt davomida ayol yotgan har qanday toʻshak va oʻtirgan har qanday buyum, hayz koʻrgan kunlariday, harom boʻladi. 27Oʻsha narsalarga tekkan odam harom hisoblanadi. U kiyimlarini yuvib, oʻzi ham yuvinsin, u kechgacha harom boʻladi. 28Ayolning qoni toʻxtasa, oradan yetti kun oʻtsin. Shundan keyin u pok boʻladi. 29Sakkizinchi kuni u ikkita kaptar yoki ikkita musichani Uchrashuv chodirining kiraverishiga olib kelib, ruhoniyga bersin. 30Ruhoniy qushlardan bittasini gunoh qurbonligi, ikkinchisini kuydiriladigan qurbonlik qilsin. Shu yoʻsin ruhoniy hayz koʻrgan ayolni Egamizning huzurida haromligidan poklasin.
31Xullas, Isroil xalqini haromlikdan saqlanglar. Tagʻin ular haromligi bilan oralaridagi Muqaddas chodirimni bulgʻab qoʻyib, nobud boʻlmasinlar. 32Bu qoidalar jinsiy aʼzosidan maniy oqqan erkaklarga, 33hayz koʻrgan ayollarga, har qanday ajralmasi oqqan erkagu ayollarga va ayolning haromligi davrida u bilan yotgan erkaklarga taalluqlidir.
Currently Selected:
Levilar 15: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: