Levilar 10
10
10–BOB
Nadov va Abihuning gunohi
1Horunning oʻgʻillari Nadov va Abihu oʻz olovkuraklarini olib, ichiga choʻgʻ soldilar, choʻgʻ ustiga xushboʻy tutatqi tashladilar. Ular Egamiz amr etmagan begona olovni Uning huzuriga olib kirdilar. 2Toʻsatdan Egamizning huzuridan olov otilib chiqib, ularni kuydirib yubordi. Ikkovi ham oʻsha yerda, Egamizning huzurida halok boʻldilar. 3Shunda Muso Horunga dedi:
— Egamizning, “Yonimda boʻlganlar orqali Men muqaddasligimni koʻrsataman, butun xalq oldida ulugʻlanaman”, deb aytgani mana shudir.
Horun indamadi. 4Muso Horunning amakisi Uziyol oʻgʻillari Mishail va Elzafanni chaqirtirib, ularga dedi: “Boringlar, qarindoshlaringizning jasadlarini Muqaddas chodirning oldidan olib ketib, qarorgohning tashqarisiga olib chiqinglar.”
5Mishail va Elzafan Musoning aytganini qilib, qarindoshlarining jasadlarini koʻylaklaridan ushlab, qarorgoh tashqarisiga olib chiqdilar. 6Soʻng Muso Horunga va uning oʻgʻillari Elazar bilan Itamarga aytdi: “Qaygʻudan sochingizni toʻzitmanglar#10:6 …sochingizni toʻzitmanglar… — yoki …bosh yalang yurmanglar…., liboslaringizni yirtmanglar, aks holda, sizlar ham nobud boʻlasizlar va butun jamoa Xudoning gʻazabiga uchraydi. Ammo qarindoshlaringiz, butun Isroil nasli Egamiz kuydirib nobud qilgan Nadov va Abihu uchun aza tutishlari mumkin. 7Sizlar esa Uchrashuv chodiriga kiraverishdan nariga jilmang. Aks holda, nobud boʻlasizlar. Sizning ustingizga Egamizning muqaddas qiladigan moyi#10:7 muqaddas qiladigan moy — 8:2 izohiga qarang. surtilgan.”
Ular Musoning aytgani boʻyicha ish tutdilar.
Ruhoniylarga berilgan nizom
8Egamiz Horunga shunday dedi: 9“Sen va oʻgʻillaring Uchrashuv chodiriga kirishdan oldin sharob yoki boshqa oʻtkir ichimliklar ichmanglar. Ichsangiz, nobud boʻlasizlar. Bu avlodlaringiz osha doimiy qonun–qoida boʻlsin. 10Sizlar muqaddas narsalarni oddiy narsalardan, haromni haloldan ajrata olishlaring shart. 11Muso orqali Men aytgan hamma qonunlarni Isroil xalqiga oʻrgatishlaring lozim.”
12Muso Horunga va uning omon qolgan oʻgʻillari Elazar bilan Itamarga dedi: “Egamizga atab, olovda kuydiriladigan don nazrlarining ortib qolganini olib, xamirturushsiz nonlar yopinglar. Bu nonlarni qurbongoh yonida tanovul qilinglar, chunki bu nazr gʻoyat muqaddasdir. 13Egamizga atab, olovda kuydiriladigan nazrlardan senga va sening oʻgʻillaringga tegadigan ulush mana shudir. Shuning uchun buni muqaddas joyda tanovul qilinglar. Egam menga shuni amr qildi. 14Yuqoriga koʻtarilgan toʻsh bilan nazr qilingan sonni esa sen va sening oʻgʻil–qizlaring har qanday halol joyda tanovul qilishlaring mumkin. Bu narsalar Isroil xalqining tinchlik qurbonliklaridan senga va farzandlaringga ulush qilib berilgandir. 15Isroil xalqi qurbonlikning olovda kuydiriladigan yogʻi bilan birga qurbonlikning toʻshi va sonini olib kelsinlar. Ular toʻsh va sonni Egamizga bagʻishlaganini koʻrsatish uchun yuqoriga koʻtarganlaridan keyin, bular senga va farzandlaringga beriladi. Egamizning amriga koʻra, sizlarga tegadigan doimiy ulush shudir.”
16Soʻng Muso gunoh qurbonligi qilingan echki haqida soʻradi, bilsaki, u qurbonlik kuydirilib boʻlibdi. Muso Horunning qolgan ikkala oʻgʻli Elazar bilan Itamardan qattiq gʻazablanib, ularga dedi:
17— Nimaga gunoh qurbonligining goʻshtini muqaddas joyda yemadinglar?! Bu juda muqaddas qurbonlik–ku! Axir, oʻsha qurbonlik jamoaning aybini yuvishingiz va Egamiz huzurida ularni gunohdan poklashingiz uchun sizlarga berilgan–ku! 18Bu qurbonlikning qoni Muqaddas xonaga olib kirilmagan. Bunday qurbonlikni muqaddas joyda yenglar, deb sizlarga amr qilmaganmidim?!
19Shunda Horun Musoga dedi:
— Mana, bugun oʻgʻillarim Egamizga gunoh qurbonligini va kuydiriladigan qurbonlikni keltirdilar. Ammo shoʻrim quridi–ku! Agar bugun gunoh qurbonligi goʻshtidan yeganimda, Egam mendan mamnun boʻlarmidi?!
20Muso bu gapni eshitib, maʼqul topdi.
Currently Selected:
Levilar 10: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: