Yoshua 16
16
16–BOB
Yusuf avlodining ulushi
1Yusuf avlodlariga#16:1 Yusuf avlodlari — Yusufning ikkala oʻgʻli — Efrayim va Manashening avlodlariga ishora (14:3-4 ga qarang). berilgan ulushning janubiy chegarasi Yerixo shahrining yonidagi Iordan daryosidan, Yerixo bulogʻining sharqidagi joydan boshlanadi. Keyin chegara Yerixoning oldidan oʻtib, shimoli–gʻarbdagi Yahudo adirlari orqali qirlardagi Baytil shahrigacha choʻziladi. 2Keyin Baytil, yaʼni Luzdan ham oʻtib#16:2 …Baytil, yaʼni Luzdan ham oʻtib… — qadimiy yunoncha tarjimadan (yana 18:13 ga qarang). Ibroniycha matnda …Baytildan Luzga oʻtib…., Orux xalqiga tegishli boʻlgan Otroʻt–Adargacha#16:2 Otroʻt–Adar — ibroniycha matnda Otroʻt. Otroʻt — Otroʻt–Adarning qisqa shakli. boradi. 3Chegara u yerdan gʻarbdagi Yaflet avlodining yerigacha choʻzilib, Pastki Bayt–Xoʻrongacha boradi. Keyin chegara Gezer shahrigacha borib, Oʻrta yer dengizining oldida tugaydi.
4Yusuf avlodlari boʻlgan Manashe va Efrayim qabilalari mana shu yerlarni ulush qilib oldilar.
Efrayim qabilasiga berilgan yerlar
5Efrayim qabilasining urugʻlariga quyidagi yerlar berildi: bu yerlarning janubiy chegarasi Otroʻt–Adarda boshlanadi–da, gʻarb tomonga, Tepadagi Bayt–Xoʻrongacha choʻzilib, 6-7Oʻrta yer dengizining oldida tugaydi. Sharqiy chegarasi Mixmatitdan janub tomonga boradi, Tanat–Shiloʻ, Yonox, Otaroʻt, Naro shaharlaridan oʻtib, Iordan daryosining Yerixoga yaqin boʻlgan joyida tugaydi. 8Shimoliy chegarasi esa Tappuxdan gʻarbga boradi. Keyin Kanax soyligi boʻylab choʻzilib, Oʻrta yer dengizida tugaydi. Mana shu yerlarni Efrayim qabilasi ulush qilib oldi.
9Efrayim qabilasiga yana Manashe hududida joylashgan bir nechta shaharlar va ularning atrofidagi qishloqlar ham berildi. 10Ammo Efrayim qabilasi Gezerda yashayotgan Kanʼon xalqini quvib chiqarmadi. Bu xalq bugungi kungacha#16:10 bugungi kungacha — shu kitob yozilgan vaqtga ishora. Efrayim qabilasi orasida yashaydi, lekin ular qarol boʻlib xizmat qilishga majbur qilinganlar.
Currently Selected:
Yoshua 16: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020