YouVersion Logo
Search Icon

Yunus 2

2
2–BOB
Yunus baliq qornida ibodat qiladi
1Yunusni yutsin deb, Egamiz nahang baliqni yubordi. Yunus uch kechayu uch kunduz baliq qornida qoldi.
2Yunus baliqning qornida ekan, oʻzining Egasi Xudoga shunday deb ibodat qildi:
3“Ey Egam, qaygʻuli damlarimda
Senga qildim iltijo,
Iltijolarimni Sen eshitding.
Oʻliklar diyorining#2:3 Oʻliklar diyori — ibroniycha matnda Sheoʻl. Qadimda Isroil xalqi Sheoʻlni yer ostidagi tubsiz chuqurlik, marhumlar boradigan qorongʻi joy deb tushunardi. qaʼridan faryod koʻtardim,
Sen eshitding ovozlarimni.
4Meni otganding tubsiz chuqurga,
Dengiz bagʻriga,
Meni qurshab olgandi suvning girdobi.
Sening toʻlqinlaring
Oʻtgandilar ustimdan bosib.
5Sening huzuringdan quvilganman,
Dedim oʻshanda,
Lekin muqaddas Maʼbadingni
Yana koʻraman!
6Suvlar meni boʻgʻzimgacha koʻmgandi,
Tubsiz dengiz atrofimni oʻradi.
Dengiz oʻtlari boshimga oʻralib qoldi.
7Togʻlarning tubiga#2:7 Togʻlarning tubiga… — qadimda odamlar, togʻlarning poydevori yer ostidagi ulkan dengiz tubiga tayanadi, degan tasavvurga ega edi. choʻkkandim —
Zanjirlari bilan to abad menga toʻsiq qoʻygan joyga#2:7 …Zanjirlari bilan to abad menga toʻsiq qoʻygan joyga Sheoʻl, yaʼni oʻliklar diyori nazarda tutilgan. Shu bobning 3–oyati izohiga qarang..
Sen esa, ey Egam Xudo,
Jonimni oʻsha joydan qutqarding!
8Ey Egam, hayotim onlari tugay deganda,
Men Seni esladim.
Iltijolarim Sengacha,
Muqaddas Maʼbadinggacha yetib bordi.
9Soxta, bemaʼni butlarga sigʻinadiganlar
Senga boʻlgan sadoqatidan voz kechdilar!
10Men esa shukrona aytib,
Senga qurbonlik keltiraman.
Atagan nazrlarimni ado etaman.
Ey Egam, najot faqat Sendandir!”
11Egamiz shundan keyin nahang baliqqa amr bergan edi, nahang baliq Yunusni quruqlikka chiqarib qoʻydi.

Currently Selected:

Yunus 2: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in