YouVersion Logo
Search Icon

Ayub Kirish

Kirish
Ayub kitobida bayon qilingan voqealar taxminan Ibrohim, Isʼhoq va Yoqub paygʻambarlar davrlarida yuz beradi. Mazkur kitob zamirida barcha zamonlar uchun dolzarb boʻlgan quyidagicha savol yotadi: “Nima uchun Xudo solih kishilarning bu hayotda azob tortishlariga yoʻl qoʻyadi?”
Ayub gʻoyat boy kishi edi. U chin dildan Xudoga sajda qiladi. U nafaqat yaxshi inson, balki Xudoga sodiq, solih kishi boʻladi. Lekin shayton Xudoga Ayubni yomonlab, Ayub Xudodan olayotgan baraka tufayligina Unga xizmat qilayotganini aytadi. Shundan keyin Xudo shaytonga Ayubni sinab koʻrishga ijozat beradi. U shaytonga Ayubni boyligidan, farzandlaridan va nihoyat sogʻligidan mahrum qilishga ruxsat beradi. Shunda ham Ayub Xudoga sodiq boʻlib qoladi.
Ayubning boshiga kulfat tushganda, uch doʻsti uni yupatishga keladi. Ular, sogʻlik va farovonlik — Xudo marhamatining belgisi, deb ishonadilar. Ayub sogʻligidan ham, farovon hayotidan ham ayrilgani uchun, ular Ayubga, Xudo seni qandaydir gunohing uchun jazolayapti, deb aytadilar. Ayub esa oʻzining aybsizligini taʼkidlab, doʻstlarining gaplarini oʻrinsiz deb biladi. Ayub doʻstlari bilan koʻp bahslashadi, ammo ikkala tomon ham bir–birining gaplari notoʻgʻri ekanini isbotlay olmaydi. Nihoyat, ular bahslashishni toʻxtatadilar.
Bahs davomida qattiq azob chekayotgan Ayub bir necha marta Xudoga yolvoradi. “Nima sababdan qiynalayotganimni tushuntir”, deb Undan talab qiladi. Lekin Xudo uning bu savoliga javob bermaydi. Aksincha, Ayubga zohir boʻlib, Oʻzining buyuk ishlari haqida soʻz yuritadi, Ayubni soʻroqqa tutadi. Ayub Xudoning buyukligi va donoligiga tan beradi. Ayub kam bilsa ham koʻp gapirgani uchun Xudo unga tanbeh beradi. Biroq sodiqligi uchun uni maqtaydi, unga koʻp baraka beradi. Kitob yakunida Ayubning farovonligi, yana farzandlar koʻrgani va oldingidan ikki baravar koʻproq boylik orttirgani haqida bayon qilinadi.
Xullas, azob–uqubatlar orqali Ayub Xudoning butun borliq ustidan yagona Hukmdor ekanini bilib oladi, har qanday vaziyatda ham faqat Xudoga sajda qilish kerakligini tan oladi. Mazkur kitob bizga hayotimizning eng ogʻir damlarida ham umidimizni Xudoga bogʻlashni va faqat Unga suyanib yashashni oʻrgatadi.

Currently Selected:

Ayub Kirish: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy