Ayub 7
7
7–BOB
1Insonning yerdagi mehnati mashaqqatli–ku!
Uning kunlari mardikorning kuniga oʻxshaydi–ku!
2Ha, inson soyani qoʻmsagan qulga oʻxshaydi!
Oʻz haqini kutgan mardikordaydir u!
3Menga ham maqsadsiz oylar,
Qaygʻuga toʻla tunlar berilgan.
4Yotganimda: «Qachon tong otarkan?» — deyman,
Lekin tun juda choʻzilib ketadi,
Tong otguncha agʻnab chiqaman.
5Tanamni qurt va yara bosib ketgan,
Terim yorilib, yiringlab ketgan.
6Kunlarim boʻzchining mokisidan#7:6 moki — gazlama toʻqish jarayonida ishlatiladigan kichkina yogʻoch gʻaltak. Moki dastgohga tortilgan iplar orasidan tez oʻtib, gazlamaning arqogʻini oʻtkazadi. ham tezroq oʻtadi,
Aslo umid bagʻishlamay oʻtib ketaveradi.
Ayub Xudoga yolvoradi
7Ey Xudoyim, hayotim bir nafasday ekanligini yodingda tut,
Koʻzlarim endi hech qachon yaxshilikni koʻrmaydi.
8Hozir meni koʻrib turibsan, lekin bu uzoqqa choʻzilmas,
Meni qidirasan, lekin men oʻshanda boʻlmayman.
9Bulut tarqalib, yoʻq boʻlib ketadi.
Xuddi shunga oʻxshab, oʻliklar diyoriga#7:9 oʻliklar diyori — ibroniycha matnda Sheoʻl. Qadimgi paytlarda odamlar Sheoʻlni yer ostidagi tubsiz chuqurlik, marhumlar boradigan qorongʻi joy deb tushunardi. ketganlar qaytib kelmaydi.
10Ular uylariga qaytib kelmaydilar,
Oʻz yashagan joylarida ularni bilmaydilar.
11Shuning uchun jim boʻlmay,
Oʻz dardimni bayon qilaman,
Alam–hasratda shikoyat qilaman.
12Ey Xudoyim! Nima uchun ustimdan qoʻriqchi qoʻyding?
Men dengizmanmi yoki dengiz maxluqimanmi?#7:12 Men dengizmanmi yoki dengiz maxluqimanmi? — qadimgi afsonalarga koʻra, dengiz va dengiz maxluqi buzgʻunchi kuchlarning ramzi boʻlib, oʻrnatilgan barcha tartibga tahdid solar edi. Xudo dunyodagi tartibni saqlab turish uchun bunday kuchlarni jilovlab turadi (38:8-11 ga qarang).
13«Toʻshagim menga tasalli berar,
Uyqu dardimni yengillashtirar», — desam,
14Tushlar orqali meni qoʻrqitasan,
Vahiylar orqali dahshatga solasan.
15Shunda men, qani endi boʻgʻilib qoʻya qolsam, deyman,
Axir, shu jismimda yashashdan koʻra, oʻlim afzalroq.
16Hayotimdan nafratlanyapman, abadiy yashamayman.
Hayotim bir nafasday boʻlsa oʻzi, meni tinch qoʻygin, axir!
17Inson kim boʻlibdiki,
Unga shunchalik eʼtibor bersang?!
Odam kim boʻlibdiki,
U haqda oʻylasang?!
18Har tong uni tekshirib,
Har lahzada sinasang?!
19Bir lahzaga mendan yuz oʻgirgin,
Tinch qoʻygin, hech boʻlmasa bir yutinay.
20Gunoh qilgan boʻlsam, Senga nima, ey odamzod Qoʻriqchisi?!
Nima uchun meni Oʻzingga nishon qilib olding?!
Sening menda qasding bormi?!#7:20 Sening menda qasding bormi?! — baʼzi ibroniy qoʻlyozmalaridan va qadimiy yunoncha tarjimadan olingan (mazkur matndagi iboraning soʻzma–soʻz tarjimasi Senga ogʻirligim tushib qoldimi?!). Ibroniycha matnda Oʻzimga oʻzim ogʻir yuk boʻldim.
21Nima uchun gunohimni kechirib,
Aybimdan forigʻ qilmaysan?
Axir, yaqinda tuproqqa qaytaman–ku!
Meni qidirganingda esa yoʻq boʻlib ketgan boʻlaman.”
Currently Selected:
Ayub 7: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: