Ayub 41
41
41–BOB
1Ha, maxluq Levitanni#41:1 Levitan — 40:20 izohiga qarang. ushlamoqchi boʻlganlar oʻzini oʻzi aldaydi,
Uning koʻrinishi odamni dahshatga tushiradi.
2Uni qoʻzgʻatishga hech kimning yuragi dov bermaydi.
Shunday ekan, kim Menga qarshi chiqa oladi?!
3Xoʻsh, kimdan qarzim borki, hisobini talab qilsa?!
Axir, falak ostidagi hamma narsa Meniki–ku!
4Men Levitanning qoʻlu oyoqlari,
Beqiyos kuchi va ajoyib tanasi haqida aytib beray.
5Kim uning terisini shila oladi?
Zirhga oʻxshagan terisini kim teshishi mumkin?#41:5 Zirhga oʻxshagan terisini kim teshishi mumkin? — yoki Kim uni jilovlash uchun yaqinlasha oladi?
6Uning ogʻzini kim ochib koʻra oladi?
Axir, uning tishlari qoʻrqinchli–ku!
7Uning beli qator tizilgan qalqonlardaydir#41:7 Uning beli qator tizilgan qalqonlardaydir… — qadimiy yunoncha va lotincha tarjimalardan. Ibroniycha matnda Qator–qator qalqonlari uning gʻururidir….,
Ular bir–biriga yopishtirib mahkamlangan.
8Bir–biriga shunchalik yaqinki,
Hatto orasidan havo ham oʻtolmaydi.
9Ular bir–biriga yopishgan,
Birga mahkamlangan, ajratib boʻlmaydi.
10Levitan aksirganda uchqun chiqadi,
Koʻzlari tong nuriga oʻxshab chaqnaydi.
11Ogʻzidan alanga chiqadi,
Olov uchqunlari otiladi.
12Yonayotgan qamish ustida qaynayotgan qozondan bugʻ chiqqanday,
Uning ham burnidan tutun chiqadi.
13Uning nafasi koʻmirni yondiradi,
Ogʻzidan alanga chiqadi.
14Boʻyni shu qadar baquvvatki,
Koʻrganlar vahimaga tushadi.
15Eti qatlam–qatlam boʻlib, bir–biriga yopishib ketgan,
Ular shunchalik qattiqki, qimirlatib boʻlmaydi.
16Yuragi toshday qattiq,
Ha, tegirmon toshiday qattiq.
17Levitan qoʻzgʻalganda, kuchlilar ham qoʻrqadi,
Levitan tashlanganda, ular gʻujanak boʻladi.
18Unga tekkan qilich, nayza, yoy oʻqiyu
Xanjar hech taʼsir qilmaydi.
19Temir unga somon kabidir,
Bronza esa chirigan yogʻoch kabidir.
20Yoy oʻqi uni qochirolmaydi,
Palaxmon toshi somonchalik taʼsir qilmaydi.
21Tayoq unga xashakday tuyuladi,
Nayzalarning shuvullashidan u kuladi.
22Qornidagi tangachalari sopol parchasiday oʻtkir,
Loydan yursa, yerni yorib oʻtadi.
23Levitan harakatlaridan dengiz qaynaydi,
Chuqur suvlarni qaynagan moyday qiladi.
24U suzgan joylarda yaltiragan iz qoladi,
Dengiz oq sochlar bilan qoplanganga oʻxshaydi.
25Yer yuzida unga teng keladigani yoʻq,
Bu jonivorda qoʻrquv degan narsa yoʻq.
26Barcha takabbur jonzotga u past nazar bilan qaraydi,
Magʻrur yovvoyi hayvonlarning shohi Levitandir.”
Currently Selected:
Ayub 41: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020