Ayub 28
28
28–BOB
Donolik
1Mana, kumush qazib olinadigan konlar bor,
Tilla tozalanadigan joylar ham bor.
2Temirni yerdan qazib olishadi,
Toshlarni eritib, mis ajratib olishadi.
3Inson qorongʻi konlarga chiroq bilan kiradi,
Hatto yer ostining eng chet joylarini ham qaziydi.
Yerning qop–qorongʻi joylarigacha borib,
Temir va mis qidiradi.
4U odamzod yashaydigan joylardan uzoqda,
Inson qadam bosmaydigan yerlarda konlar qaziydi.
Odamzoddan uzoq joylarda arqonlarga osilib, chuqurlarga tushadi.
5Mana, donu non yerdan unib chiqadi,
Ammo yer osti esa yondirilganday algʻov–dalgʻov boʻlib yotibdi.
6Yerdagi toshlardan zangori yoqutlar chiqadi,
Tuprogʻida tilla bor.
7Hech bir quzgʻun konlarning yashirin soʻqmoqlarini bilmaydi,
Hech bir burgutning koʻzlari u joylarni koʻrmagan.
8Yovvoyi hayvonlar u yerlarga oyoq bosmagan,
Sherlar ham u yerlardan yurmagan.
9Inson qoyalarni oʻyadi,
Togʻlarni tag–tugi bilan qoʻporib tashlaydi.
10Qoyalar orasidan yoʻllar ochadi,
Inson koʻzlari hamma bebaho xazinalarni koʻradi.
11Inson daryolarning manbaini topadi#28:11 …daryolarning manbaini topadi… — qadimiy yunoncha va lotincha tarjimalardan. Ibroniycha matnda …daryolarni toʻsadi….,
Yashirin xazinalarni yorugʻlikka olib chiqadi.
12Ammo donolikni qayerdan topsa boʻladi?!
Idrokning manbai qayerda ekan?!
13Odamzod donolikning qayerda ekanligini#28:13 …donolikning qayerda ekanligini… — yoki …donolikning qadrini…. bilmaydi,
Chunki yorugʻ yer yuzida donolik topilmaydi.
14Tubsiz suvlar, donolik bizda emas, deydilar,
Dengiz ham, mening ichimda u yoʻq, deb aytar.
15Donolikni tillaga sotib olib boʻlmaydi,
Uning narxini kumush bilan oʻlchab boʻlmaydi.
16Donolik Ofir tillasiyu aqiq toshlar,
Zangori yoqutlar bilan ham sotib olinmaydi.
17Tilla ham, billur ham donolikka teng kelmaydi,
Donolikni toza tilla taqinchoqlarga almashtirib boʻlmaydi.
18Donolikning qadri gavhardan ham balanddir,
Marjon va javohirlar uning oldida qadrsizdir.
19Habashistonning#28:19 Habashiston — ibroniycha matnda Kush. Bu joy Misrdan janubda boʻlib, hozirgi Sudan va Efiopiya mamlakatlarining bir qismini oʻz ichiga olgan edi. javohiri ham unga teng kelolmaydi,
Eng sof tilla bilan ham donolikni sotib olib boʻlmaydi.
20Shunday ekan, donolik qayerdan kelib chiqadi?
Idrokning manbai qayerda?
21U barcha jonzotlarning koʻzlaridan yashirilgan,
Hatto osmondagi qushlardan ham berkitilgan.
22Hatto Halokat#28:22 Halokat — ibroniycha matnda Abaddoʻn. Bu soʻz Sheoʻlni, yaʼni oʻliklar diyorini bildiradi. va Oʻlim#28:22 Oʻlim — Sheoʻl, yaʼni oʻliklar diyori nazarda tutilgan. 7:9 izohiga qarang. ham,
Biz donolik haqida faqat eshitganmiz, deb aytadi.
23Donolikka olib boradigan yoʻlni Xudo biladi,
Donolikning maskanini faqatgina U biladi.
24Zotan, Xudo yerning toʻrt tomonini ham koʻrib turadi,
Falak ostidagi hamma narsani kuzatib turadi.
25Xudo shamolga kuch bergan,
Dengizning hajmini belgilagan.
26Yomgʻirning qayerga yogʻishini U koʻrsatib bergan,
Chaqmoq uchun yoʻllarni belgilagan.
27Oʻshanda Xudo donolikka qaradi–da,
Donolikning qadrini belgiladi.
Uni tekshirib koʻrib, barqaror qildi.
28Xudo odamzodga shunday dedi:
«Men, Rabbingizdan qoʻrqish donolikdir,
Fosiqlikdan yuz oʻgirish idrokdandir.»”
Currently Selected:
Ayub 28: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020