YouVersion Logo
Search Icon

Ayub 27

27
27–BOB
Ayubning soʻnggi nutqi: oʻzini nohaqlikdan saqlashi haqida
1Ayub yana gap boshlab shunday dedi:
2“Menga adolat qilmay,
Qalbimni yaralagan Qodir Xudo shohid!
3Tanamda Xudo ato qilgan jon bor ekan,
Soʻnggi nafasimgacha,
4Ogʻzimdan fisqu fasod eshitilmas,
Tilimdan yolgʻon soʻzlar chiqmas.
5Hech qachon sizlarni haq deb tan olmayman,
Oʻlgunimcha aybsiz ekanligimni rad qilmayman.
6Ikkilanmay oʻzim haqligimni aytaveraman,
Hayot ekanman, vijdonim toza mening.
7Dushmanim fosiqlarday jazo olsin,
Raqiblarim yovuzlarday jazolansin.
8Xudosiz odam hayotdan mahrum boʻlganda,
Unda qanday umid qoladi?
Xudo uni yoʻq qilganda umidi boʻladimi?
9Xudosizlarning boshiga kulfat tushganda,
Xudo ularning faryodiga quloq tutarmikin?
10Axir, ular Qodir Xudodan zavq topmaydilar–ku!
Ular har doim ham Xudoga iltijo qilmaydilar–ku!
11Xudoning qudrati haqida sizlarga oʻrgataman.
Qodir Xudoning yoʻllarini sizlardan yashirmayman.
12Axir, oʻzingiz bularning hammasini koʻrgansiz–ku!
Shunda ham bekorchi gaplarni qoʻymaysiz.
13Fosiqlarning taqdiri quyidagichadir,
Qodir Xudo zolimlarning boshiga solgani mana shudir:
14Ularning farzandlari koʻpaysa ham,
Baribir urushda halok boʻladi.
Zurriyoti hech qachon nonga toʻymaydi.
15Tirik qolganlarini oʻlat nobud qiladi,
Bevalari esa aza ham tutolmaydi#27:15 …Bevalari esa aza ham tutolmaydi — urush va oʻlat dastidan ayollar erlari va koʻplab farzandlaridan judo boʻladilar, chuqur qaygʻuga botadilar. Buning oqibatida ular dafn marosimlari va aza tutish rasm–rusumlarini toʻliq bajara olmaydilar..
16Kumushlari changday koʻp boʻlsa ham,
Kiyim–kechaklari uyum–uyum boʻlsa ham,
17Oʻsha kiyimlarni solihlar kiyadi,
Kumushlarini esa aybsizlar boʻlib oladi.
18Fosiqlarning uylari qush iniday#27:18 qush ini — yoki ipak qurtining pillasi yoxud oʻrgimchak ini. moʻrt boʻladi,
Dala qorovullarining kapalari singari boʻladi.
19Fosiqlar kechqurun yostiqqa bosh qoʻyganda boy boʻlsa,
Koʻzlarini ochib qaraganda, bor boyliklari yoʻqolib ketgan boʻladi.
20Vahima ularni suv toshqiniday bosadi,
Tunda boʻronlar ularni uchirib ketadi.
21Sharq shamoli ularni olib ketadi,
Fosiqlarni oʻz joylaridan supurib tashlaydi.
22Bu shamol shafqatsizlarcha ularga tashlanadi,
Fosiqlar shamolning kuchidan qochishga urinadi.
23Shamol ularning ustidan kuladi,
Hushtak chalib, ularni dahshatga soladi.

Currently Selected:

Ayub 27: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in