Ayub 25
25
25–BOB
Bildad uchinchi marta gapiradi: inson zoti solih boʻla olmasligi haqida
1Shunda Shuvaxlik#25:1 Shuvaxlik — 2:11 izohiga qarang. Bildad dedi:
2“Xudo haybatli hukmrondir!
Samolarda U tinchlik oʻrnatadi.
3Uning lashkarlarini kim sanay oladi?!
Axir, Uning nuri butun yer yuzini yoritadi–ku!
4Shunday ekan, inson zoti qanday qilib
Xudo oldida solihlikka daʼvo qila oladi?!
Ayoldan tugʻilganlar qanday qilib pok boʻla oladi?!
5Xudoning nazarida hatto oy ham yorugʻmas,
Yulduzlar ham pok emas.
6Shunday ekan, inson kim boʻlibdi?!
Axir, u bir qurt–ku,
Odamzod bir pashshaday–ku!”
Currently Selected:
Ayub 25: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020