Ayub 13
13
13–BOB
Ayub Xudo bilan daʼvolashmoqchi boʻladi
1Bularning hammasini oʻz koʻzlarim bilan koʻrganman.
Oʻz qulogʻim bilan eshitib, anglab olganman.
2Sizlar bilganlarni men ham bilaman,
Sizlar mendan ustun emassizlar.
3Qani endi, Qodir Xudo bilan gaplasha olsam!
Xudoga oʻz daʼvoimni bildirishni xohlayman.
4Sizlar esa yolgʻonlar toʻqiysizlar,
Hech foyda keltirmaydigan tabibdaysizlar.
5Qaniydi, jim oʻtirsangiz,
Ana oʻshanda dono ish qilgan boʻlardingiz.
6Endi mening arzimga quloq solinglar,
Shikoyatlarimga diqqat qilinglar.
7Yolgʻon soʻzlaringiz, nohaq gaplaringiz bilan
Xudoni himoya qilyapmiz, deb oʻylayapsizlarmi?!
8Xudoning tarafini olib, Unga yon bosasizlarmi?!
Sizlar Xudoning daʼvosini himoya qilasizmi?!
9Qilayotganlaringizni U tekshirib koʻrsa, yaxshi boʻladimi?
Yoki insonni aldaganday Uni ham aldaysizlarmi?!
10Agar hatto xayolingizda ham tarafkashlik qilsangiz,
U sizlarga albatta tanbeh beradi.
11Uning ulugʻvorligi yuragingizga vahima solmaydimi?!
Undan qoʻrqib, dahshatga tushmaysizmi?!
12Sizlarning gapingiz kulday foydasiz,
Himoyangiz loy idishday kuchsizdir.
13Endi jim boʻlinglar! Men gapiray.
Mayli, keyin nima boʻlsa, boʻlsin.
14Jonimni xavf ostiga qoʻyib boʻlsa ham,
Ichimdagilarni aytaman.
15Mayli, U meni oʻldirsin. Boshqa umidim yoʻq–ku!#13:15 Mayli, U meni oʻldirsin. Boshqa umidim yoʻq–ku! — yoki U meni oʻldirishi mumkin, lekin men baribir umidimni Unga bogʻlayman.
Oʻz ishlarimni Uning oldida himoya qilaman.
16Uning oldiga borishga jurʼat qilganim mening najotim boʻladi,
Axir, betavfiq odam Xudoning oldiga bora olmaydi–ku!
17Mening soʻzlarimga quloq solinglar,
Gaplarim quloqlaringizga kirsin.
18Men oʻz arzimni tayyorlab qoʻydim,
Bilaman, aybsizligim isbot boʻladi.
19Xoʻsh, kim men bilan bahslashadi?
Agar meni aybdor deb topsangiz,
Ovozimni oʻchiraman–u, oʻlaman.
Ayubning ibodati
20Sendan ikki narsa soʻrayman, ey Xudo,
Shuni qilsang yuzimni Sendan yashirmayman.
21Endi qiynoqlaringni bas qilgin,
Vahimang bilan meni qoʻrquvga solma.
22Shundan keyin meni chaqir, javob beraman,
Yoki men gapiray, Sen esa menga javob ber.
23Mening qancha aybu gunohlarim bor ekan?
Itoatsizliklarimni, gunohlarimni bildirgin menga.
24Nima uchun mendan yuz oʻgirasan,
Meni Oʻz dushmaning deb hisoblaysan?
25U yoqdan–bu yoqqa uchib yurgan bargni qoʻrqitasanmi,
Quruq somonni taʼqib qilasanmi?
26Menga qarshi achchiq ayblar keltiryapsan,
Yoshligimdagi gunohlarimni eslatyapsan.
27Oyoqlarimni kishanlab,
Yurgan yoʻllarimni poylaysan,
Hatto har bir qadamimni oʻlchaysan.
28Evoh, inson chirik narsaday,
Kuya yegan kiyimday yoʻq boʻlib ketadi.
Currently Selected:
Ayub 13: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020