YouVersion Logo
Search Icon

Yuhanno 2

2
2–BOB
Isoning dastlabki moʻjizasi
1Ikki kundan keyin Jaliladagi Kaʼna qishlogʻida nikoh toʻyi boʻldi. Isoning onasi oʻsha yerda edi. 2Iso bilan shogirdlari ham toʻyga taklif qilingan edilar.
3Sharob tugay deb qolganda, onasi Isoga:
— Ularda sharob qolmabdi, — dedi.
4— Buning Menga nima daxli bor?! Mening vaqt–soatim hali kelgani yoʻq, — dedi Iso. 5Shunda onasi xizmatkorlarga:
— U sizlarga nima desa, shuni qilinglar, — dedi.
6Oʻsha yerda yahudiylarning poklanish marosimlarida ishlatiladigan oltita tosh xum bor edi. Har bir xum ichiga oʻn–oʻn ikki chelak#2:6 oʻn–oʻn ikki chelak — yunoncha matnda ikki–uch oʻlchov, taxminan 80-120 litrga toʻgʻri keladi. suv sigʻardi.
7Iso xizmatkorlarga:
— Xumlarni suvga toʻldiringlar, — dedi. Ular xumlarni limmo–lim qilib suvga toʻldirishdi. 8Iso ularga:
— Endi xumdagi suvdan ozgina olib, toʻyboshiga olib boringlar, — dedi. Ular olib borishdi.
9Toʻyboshi sharobga aylangan suvni tatib koʻrdi. Bu sharobning qayerdan kelganligini u bilmas edi, faqat olib kelgan xizmatkorlar bilishar edi. Toʻyboshi kuyovni chaqirtirib, 10unga dedi:
— Dasturxonga avval yaxshi sharob tortiladi. Mehmonlar ichib toʻyganlaridan keyin, yomonrogʻi tortiladi. Sen esa yaxshi sharobni shu paytgacha saqlab kelibsan!
11Bu Isoning qilgan birinchi moʻjizasi edi. Iso bu moʻjizali alomatni Jaliladagi Kaʼna qishlogʻida namoyish etib, Oʻzining ulugʻvorligini zohir qildi. Shogirdlari Unga ishondilar.
12Shundan keyin Iso, onasi, ukalari va shogirdlari Kafarnahum shahriga bordilar va u yerda bir necha kun turdilar.
Iso savdogarlarni Maʼbaddan quvadi
13Yahudiylarning Fisih bayrami#2:13 Fisih bayrami — Fisih ziyofatiga va undan keyin yetti kun davomida nishonlanadigan Xamirturushsiz non bayramiga ishora. Bu bayramlar Isroil xalqining Misrdagi qullikdan ozod boʻlishi munosabati bilan nishonlanar edi (Chiqish 12:1-42, 13:3-10 ga qarang). yaqinlashib qolgani uchun Iso Quddus shahriga bordi. 14Maʼbad hovlisiga kirganda, u yerda mol–qoʻy, kaptar sotayotganlarni va xontaxtalar yonida oʻtirgan sarroflarni#2:14 sarroflar — pul ayirboshlovchilar. Ular Rim va Yunon tangalarini yahudiylarning shaqaliga almashtirganlar. Maʼbad soligʻini toʻlash va qurbonlik qilinadigan hayvonlarni sotib olish uchun shaqal ishlatilgan. koʻrdi. 15Iso arqondan qamchi yasadi–da, Maʼbaddan hammani mol–qoʻylari bilan birga quvib chiqardi. Sarroflarning xontaxtalarini agʻdarib, pullarini sochib yubordi. 16Kaptar sotuvchilarga:
— Bularni yoʻqotinglar bu yerdan! Otamning uyini bozor qilmanglar! — dedi. 17Shunda Uning shogirdlari Muqaddas bitiklardagi: “Sening uyingga boʻlgan sevgim ichimni yondirar”#2:17 Zabur 68:10 ga qarang. degan soʻzlarni esladilar.
18— Bunday qilishga nima haqing bor?! Bordi–yu, haqing boʻlsa, bironta alomat koʻrsatib, buni isbotla! — deb talab qila boshladi yahudiylar.
19Iso shunday javob berdi:
— Mana bu Maʼbadni buzinglar, Men uch kun ichida uni tiklayman.
20Bunga javoban yahudiylar dedilar:
— Bu Maʼbad qirq olti yildan beri qurilyapti#2:20 Bu Maʼbad qirq olti yildan beri qurilyapti… — Buyuk Hirod (miloddan oldingi 37-4 yillarda hukmronlik qilgan) Maʼbadni miloddan oldingi 19 yilda qayta qurishni boshlagan va qurilish ishlari Iso Masih davrida ham davom etayotgan edi., Sen esa uni uch kunda tiklamoqchimisan–a?!
21Holbuki, Iso Maʼbad deb Oʻzining badanini nazarda tutgan edi. 22Iso oʻlib tirilgandan keyin, shogirdlari Uning bu gapini esladilar. Shunda Muqaddas bitiklarga va Isoning soʻzlariga ishondilar.
23Iso Quddusda Fisih bayramida boʻlganda, koʻp odamlar Uning qilayotgan moʻjizali alomatlarini koʻrib, Unga imon keltirdilar. 24Ammo Iso odamlarning qanaqaligini bilgani uchun Oʻzini ularga ishonmas edi. 25Inson haqida Unga biron gap aytishning hojati yoʻq edi. Chunki inson dilida nima borligini U bilar edi.

Currently Selected:

Yuhanno 2: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy