Hakamlar 10
10
10–BOB
Toʻlo
1Abumalekning oʻlimidan soʻng Puvax oʻgʻli Toʻlo Isroil xalqini dushmanlardan ozod qildi. U Issaxor qabilasidan boʻlgan Doʻdoʻning nabirasi boʻlib, Efrayim qirlaridagi Shomir shahrida istiqomat qilardi. 2U Isroil xalqiga yigirma uch yil davomida hakam#10:2 hakam — 2:16 izohiga qarang. boʻlib xizmat qildi. Soʻngra olamdan koʻz yumib, Shomirda dafn qilindi.
Yovir
3Undan keyin Giladlik Yovir hakam boʻldi. U yigirma ikki yil davomida Isroilga rahnamolik qildi. 4Uning oʻttizta oʻgʻli bor edi. Ular oʻttizta eshakni minishar va Gilad oʻlkasidagi oʻttizta shaharga egalik qilishardi#10:4 …oʻttizta eshakni minishar…oʻttizta shaharga egalik qilishardi — bu ularning boyligi va baland lavozimga ega ekanliklarining belgilaridir.. Bu shaharlar bugunga qadar#10:4 bugunga qadar — shu kitob yozilgan vaqtga ishora. Yovir shaharlari#10:4 Yovir shaharlari — ibroniycha matnda Xavot–Yovir, maʼnosi Yovir shaharlari. deb ataladi. 5Yovir olamdan oʻtib, Kamonda dafn qilindi.
Yiftox
6Isroil xalqi yana Egamizning oldida qabihliklar qilib, Baal va Ashtaretning tasvirlariga sigʻinish bilan bir qatorda, Oram, Sidon, Moʻab, Ommon va Filist xalqlarining xudolariga sajda qildi. Egamizdan yuz oʻgirib, Unga sajda qilmay qoʻydi. 7Bundan nihoyatda gʻazablangan Egamiz Isroil xalqini Filist va Ommon xalqlarining qoʻliga berdi. 8Oʻsha yili ular Isroil xalqiga zulm qilib, rosa ezdilar. Iordanning sharqida, yaʼni Gilad oʻlkasida istiqomat qilgan Isroil xalqiga ular oʻn sakkiz yil davomida zulmini oʻtkazib keldilar. Ilgarilari bu yerlar Amor xalqiga tegishli edi. 9Shunisi yetmaganday, Ommon xalqi Yahudo, Benyamin va Efrayim qabilalariga ham hujum qilmoqchi boʻlib, Iordan daryosining narigi qirgʻogʻiga oʻtib olgan edi.
Bundan qattiq tashvishga tushgan 10Isroil xalqi:
— Biz gunoh qildik! — deya Egamizga faryod qildi. — Biz oʻz Xudoyimizdan yuz oʻgirib, Baalning tasvirlariga sigʻindik.
11Egamiz esa ularga shunday dedi:
— Men sizlarni Misr, Amor, Ommon va Filist xalqlarining zulmidan qutqardim. 12Sidonliklarning, Omolek va Moyun#10:12 Moyun — ibroniycha matndan. Qadimiy yunoncha tarjimaning baʼzi qoʻlyozmalarida Midiyon. Moyun Mavun xalqining yana bir nomi boʻlishi mumkin. Mavun xalqi Midiyon xalqi yashaydigan joyda yashardi. Ular Midiyon xalqidan kelib chiqqan bir guruh boʻlishi ham mumkin. xalqlarining jabru zulmidan nolib, Menga yolvorganingizda, sizlarga najot berdim. 13Shunga qaramay, sizlar Mendan yuz oʻgirib, boshqa xudolarga sigʻindingizlar. Boʻldi, yetar! Endi sizlarni qutqarmayman! 14Borib, oʻzlaringiz tanlab olgan xudolaringizga iltijo qilinglar. Qiynalganingizda ular sizlarga najot berishsin.
15— Biz gunoh qildik! Bizga xohlaganingni qil, ammo bugun bizni dushmanlarimizdan qutqargin, — deya oʻtindi Isroil xalqi Egamizdan.
16Shunday qilib, ular begona xudolarning tasvirlarini yoʻq qilib, Egamizga sajda qildilar. Isroil xalqining chekkan azob–uqubatlarini koʻrgan Egamiz ularga nihoyatda achindi.
17Ommon xalqi odamlarini jangga safarbar qilib, qarorgohini Gilad oʻlkasida joylashtirdi. Isroil xalqi esa toʻplanib, qarorgohini Mispaxda#10:17 Mispax — 10-12–boblarda Mispax soʻzi Giladdagi bir shaharga nisbatan ishlatilgan (11:29 ga qarang), Gilad oʻlkasi Iordan daryosining sharqida, Oʻlik dengizning shimolida joylashgan. Keyinroq 20-21–boblarda Mispax deb boshqa shahar haqida aytilgan. joylashtirdi. 18Isroil qabilalarining rahnamolari: “Ommon xalqiga kim birinchi boʻlib hujum qilar ekan?” — deya bir–birlariga qarab olishdi. Soʻng: “Jangni boshqargan odam Giladga hokim boʻladi” degan qarorga kelishdi.
Currently Selected:
Hakamlar 10: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020