Yoqub 3:14-18
Yoqub 3:14-18 O‘ZBMK
Bordi–yu, yuragingizda achchiq hasad va xudbinlik boʻlsa, donoman, deb maqtanmang. Oʻzingizni shunday tutayotgan boʻlsangiz, haqiqatni rad etgan boʻlasiz. Dunyoga va moddiyatga xos boʻlgan bunday “donolik” Xudodan emas, shaytondandir. Chunki hasadgoʻylik va xudbinlik bor joyda janjal va yovuzlik hukm suradi. Xudodan kelgan donolik esa, avvalo pokdir. Shuningdek, bu asl donolik tinchliksevar, muloyim, haqiqatga boʻysunadigan, mehr–shafqatli, xayrli ishlarga boy, tarafkashlik qilmaydigan, oʻta samimiydir. Tinchlik oʻrnatuvchilar tinchlikni ekib, solihlikni oʻrib oladilar.