Yoqub 2
2
2–BOB
Yuz–xotirchilik qilmanglar
1Ey birodarlarim, ulugʻvor Rabbimiz Iso Masihga ishonar ekansiz, yuz–xotirchilik qilmanglar. 2Sizlarning yigʻilishingizga oltin uzuk taqqan, bashang kiyingan bir boy bilan ust–boshi juldur bir gadoy kirdi deb faraz qilaylik. 3Agar sizlar bashang kiyinganga qarab: “Marhamat qilib toʻrga chiqing”, gadoyga esa: “Sen ostonada tur” yoki “Shu yerda, poygakda oʻtir”, desangiz, 4sizlar bir odamni boshqasidan ustun qoʻygan boʻlmaysizlarmi?! Bu bilan sizlar yomon niyatli qozilarga oʻxshab qolasizlar–ku!
5Ey aziz birodarlarim, quloq solinglar: Xudo bu dunyodagi kambagʻallarni imonda boy qilish uchun tanladi! U Oʻzini sevganlarga vaʼda qilganday, ularga Oʻz Shohligini meros qilib berdi. 6Ammo sizlar–chi, kambagʻalni beobroʻ qilib tashladingiz! Sizlarga jabr–zulm qilgan boylar emasmi?! Sizlarni mahkamalarga sudrab olib borgan ular emasmi?! 7Sizlar Rabbimiz Isoga tegishlisizlar. Ammo bu boylar Rabbimizning ezgu nomini haqorat qilyaptilar!
8Agar sizlar Muqaddas bitiklardagi: “Oʻzgani oʻzingizni sevganday seving”#2:8 Levilar 19:18 ga qarang. degan Xudoning Shohligiga oid qonunga amal qilayotgan boʻlsangiz, toʻgʻri qilayotgan boʻlasizlar. 9Biroq yuz–xotirchilik qilayotgan boʻlsangiz, gunoh qilyapsiz va qonunbuzar sifatida hukm qilinasiz. 10Kimki qonunning hammasiga rioya qilsa–yu, faqat bir narsada gunoh qilsa, u butun qonunni buzgan hisoblanadi. 11Chunki “Zino qilmang” degan Xudo “Qotillik qilmang”#2:11 Chiqish 20:13-14 ga qarang. deb ham aytgan. Agar siz zino qilmasangiz–u, ammo odam oʻldirsangiz, qonunni buzgan boʻlasiz.
12Shuning uchun har bir gapingiz va ishingiz Xudoning ozodlik beruvchi qonuniga#2:12 Xudoning ozodlik beruvchi qonuni — 1:25 izohiga qarang. muvofiq boʻlsin. Zero, Xudo har bir odamni oʻsha qonun boʻyicha hukm qiladi. 13U shafqatsiz odamga rahm qilmaydi. Rahmdil inson esa hukm paytida Xudodan shafqat topadi.
Imon va amal
14Ey birodarlarim, agar biror kishi imonim bor, desa–yu, xayrli ishlar qilmasa, nima foydasi bor?! Bunday imon uni qutqararmidi?! 15Faraz qiling, imonli birodaringiz och–yalangʻoch boʻlsa–yu, 16siz unga: “Yaxshi bor! Isinib, qorningni toʻydirib yur”, desangiz–u, ehtiyojini qondirmasangiz, bundan nima foyda?! 17Shunga oʻxshab quruq imonning oʻzi amalsiz oʻlikdir.
18Kimdir:
— Baʼzilarning xayrli ishlari, boshqalarning esa imoni bor–ku, — deb noroziligini bildirishi mumkin. Unday odamga men shunday javob bergan boʻlardim:
— Kel, senga imonimni xayrli ishlarim orqali koʻrsatay. Sen esa imoning samimiyligini qaysi dalil bilan isbotlay olasan? Axir, sen xayrli ishlar qilmaysan–ku!
19U odam:
— Men Xudoning yagonaligiga ishonaman! — deb aytishi aniq. Men esa unga:
— Ishonib, yaxshi qilasan! — deyman. — Ammo sening bu ishonching jinlarning ishonchidan aslo farq qilmaydi. Zero, jinlar ham Xudoning yagonaligiga ishonib, dahshatdan titraydi. 20Ey ahmoq, amalsiz imoning foydasiz ekanligini nahotki tushunmasang?! 21Otamiz Ibrohim#2:21 Ibrohim — Ibtido 22:1-18 ga qarang. oʻz oʻgʻli Isʼhoqni qurbon qilmoqchi boʻlgani uchun Xudo uni solih deb bildi! 22Ana, koʻrdingmi?! Ibrohimning bu ishiga imon asos boʻldi. Uning qilgan ishi imonining chinligini koʻrsatdi. 23Shu tariqa Tavrotdagi: “Ibrohim Xudoga ishondi, Xudo uni ishonchi uchun, solih deb bildi”#2:23 Ibtido 15:6 ga qarang., — deya yozilgan soʻz amalga oshdi. Ibrohim Xudoning doʻsti deb ataldi#2:23 Ibrohim Xudoning doʻsti deb ataldi — 2 Solnomalar 20:7, Ishayo 41:8 ga qarang..
24Ey birodarlarim, koʻrdingizmi, inson quruq imoni uchun emas, balki qilgan ishlari uchun solih deb tan olinadi.
25Fohisha Rahoba#2:25 Rahoba — Yoshua 2:1-21, 6:23-24 ga qarang. ham buning yana bir misolidir. Nima uchun Xudo uni solih deb tan oldi? Rahoba Isroil xalqining aygʻoqchilarini uyiga kirgizib, bexatar yoʻl bilan qochib ketishlariga yordam bergani uchun Xudo uni solih deb bildi.
26Xullas, amalsiz imon jonsiz tanaday oʻlikdir.
Currently Selected:
Yoqub 2: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020