Yoqub 1
1
1–BOB
Duoyi salom
1Men — Xudoning va Rabbimiz Iso Masihning quli Yoqubdan#1:1 Yoqub — Isoning ukasi, u Quddusdagi jamoatning yetakchisi boʻlgan (Mark 6:3, Havoriylar 15:13, 21:18, Galatiyaliklar 1:18-19 ga qarang). oʻzga yurtlarga tarqalib ketgan oʻn ikki qabilaga#1:1 oʻzga yurtlarga tarqalib ketgan oʻn ikki qabila — Iso Masihga imon keltirgan va Quddusdan uzoq joylarda yashaydigan yahudiylar nazarda tutilgan. Bu imonlilar quvgʻinlar oqibatida tarqalib ketgan boʻlishlari mumkin (Havoriylar 8:1, 11:19 ga qarang). salom!
Sinov va vasvasalar
2Ey birodarlarim, turli sinovlarga duchor boʻlganingizda oʻzingizni baxtli deb bilinglar. 3Axir, imoningiz sinalganda, sizlar sabr–toqat qilishni oʻrganasizlar. Bu oʻzingizga ham ayon. 4Har qanday vaziyatda sabr qilishni oʻrganinglar, shunda yetuk, bekamu koʻst, komil inson boʻlasizlar.
5Agar birortangizga donolik yetishmasa, Xudodan soʻrang, U beradi. Chunki soʻraganlarning hammasiga Xudo saxiylik bilan, beminnat beradi. 6Shu bois umidingizni faqatgina Xudoga bogʻlab, imon bilan soʻrang. Ikkilanmang, chunki Xudoga sidqidildan ishonmagan kishi goʻyo dengiz toʻlqiniga oʻxshaydi, shamol qaysi tomonga essa, toʻlqin oʻsha tomonga qarab yoʻnaladi. 7Bunday odam Egamizdan biror narsa olaman deb umid qilmasin. 8U Xudoga tayanmagani uchun hayotida beqaror, oʻzgaruvchan boʻladi.
9Nochor ahvoldagi birodar Xudoning nazarida yuksak ekanligidan xursand boʻlsin. 10Boy birodar esa Xudoga muhtoj ekanligidan shodlansin. Chunki oʻz boyligiga tayangan kishi dasht guliday xazon boʻladi. 11Quyosh jazirama issigʻi bilan dashtning oʻt–oʻlanlarini qovjiratib yuboradi. Gullarning goʻzalligi yoʻqolib, xazon boʻladi. Boylik orqasidan quvib, davlatiga tayanganlar ham xuddi shu singari nobud boʻlishadi.
12Sinovlarga bardosh bergan odam baxtlidir. Chunki u sinovdan oʻtgach, hayot toji bilan taqdirlanadi. Bunday tojni Xudo Oʻzini sevganlarga vaʼda qilgan. 13Vasvasaga tushganingizda Xudoni ayblamang! Chunki Xudo hech qachon vasvasaga tushmaydi va hech kimni vasvasaga solmaydi. 14Lekin har kim oʻz ehtirosi dastidan vasvasaga duchor boʻlib, nafs tuzogʻiga ilinadi. 15Keyin ehtiros homilador boʻlib gunohni tugʻadi, gunoh esa yetilib, oʻlimga olib boradi.
16Ey aziz birodarlarim, aldanmanglar! 17Har bir yaxshi va mukammal hadya samodan keladi. Bu hadyalarni osmondagi jamiki yoritqichlarni yaratgan Xudo#1:17 osmondagi jamiki yoritqichlarni yaratgan Xudo — yunoncha matnda osmondagi jamiki yoritqichlarning otasi. Bu oʻrinda otasi soʻzi ularning manbai yoki yaratuvchisi degan maʼnoni bildiradi. beradi. Yoritqichlarning nuri paydo boʻlib, gʻoyib boʻladi, Xudoning ezguligi esa yoʻqolmaydi. Zero, Xudo hech qachon oʻzgarmaydi. 18Xudo kelajakda butun borliqni yangilaydi. Biz bu yangilanishning ilk hosili#1:18 ilk hosil — birinchi pishgan ilk hosil oʻsha yili yigʻishtiriladigan yalpi hosilning moʻl boʻlishidan dalolat beradi. Xuddi shu singari, Masih orqali yangi hayotga erishgan masihiylar ham ilk hosilday, Xudo butun borliqni yangilashidan dalolat beradi (2 Butrus 3:13, Rimliklar 8:19-21, Vahiy 21:1-5 ga qarang). boʻlishimiz uchun, Xudo Oʻz xohishiga koʻra, bizga haqiqat kalomi orqali yangi hayot berdi.
Xudoning soʻzini eshitib, unga amal qilish haqida
19Ey aziz birodarlarim, shuni esingizda tutinglar: har bir odam eshitishda chaqqon, gapirishda vazmin, gʻazab kelganda bosiq boʻlsin. 20Chunki insoniy gʻazabingiz Xudoga manzur boʻlgan solih hayot kechirishingizga yoʻl qoʻymaydi. 21Shunday ekan, har qanday jirkanch va yomon ishlarni bas qilinglar! Xudoning qalbingizga ekkan kalomini kamtarlik bilan qabul qilinglar. Axir, bu kalom joningizni qutqarishga qodir.
22Xudoning kalomiga rioya qilinglar! Kalomni eshitsam bas, deb oʻzingizni oʻzingiz aldamanglar. 23Kalomni tinglab, amalda rioya qilmagan odam oʻz yuzini koʻzguda koʻrgan kishiga oʻxshaydi. 24U oʻziga qaradi–yu, ketdi va oʻsha zahoti oʻzining qanday ekanligini unutib yubordi. 25Sizlar esa Xudoning ozodlik beruvchi mukammal qonuniga#1:25 Xudoning ozodlik beruvchi mukammal qonuni — Iso Masih oʻrgatgan va Oʻz hayotida namunali ravishda bajargan Xudoning qonuniga ishora (2:8 ga va Matto 5:17, 43-48, 22:36-40, Luqo 10:25-37, Yuhanno 8:31-36, Galatiyaliklar 5:13-14, 6:2, 1 Korinfliklar 9:21 ga qarang). doim sinchiklab qaranglar. Qonunni shunchaki eshitib, unutib yubormanglar, unga qatʼiy amal qilinglar. Bu ishingiz uchun Xudo sizga baraka beradi.
26Agar siz oʻzingizni dindor hisoblab, tilingizni tiymasangiz, oʻzingizni oʻzingiz aldagan boʻlasiz va sizning bunday din–diyonatingiz befoydadir. 27Otamiz Xudoning nazarida pok va begʻubor din–diyonatga ega boʻlgan inson yetim–yesiru bevalarni qaygʻuli kunlarida yoʻqlab boradi, u bu dunyo dastidan bulgʻanmaydi.
Currently Selected:
Yoqub 1: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: